“Adiblar xiyoboni” mavzusida slayd Adiblar xiyoboni


Download 0.66 Mb.
Sana09.11.2021
Hajmi0.66 Mb.
#172006
Bog'liq
adiblar xiyoboni

Adiblar xiyobonimavzusida slayd

Adiblar xiyoboni

  • Bu boradagi reja 2017 yil 3 fevral kuni mazkur boqqa tashrif chog‘ida begilangan edi. O‘sha yili 18 aprelda davlat rahbarining tegishli qarori qabul qilinib, xiyobonning me’moriy-g‘oyaviy loyihasi ishlab chiqildi.
  • Adiblar xiyobonini g‘oyaviy-badiiy jihatdan yanada boyitish maqsadida Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar xotirasiga bag‘ishlangan yangi yodgorlik majmualari ham yaratildi.
  • Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
  • Adiblar xiyobonini adabiyot, ma’rifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan oliy o‘quv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Xiyobon bilangina cheklanib qolmasdan, adiblar ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish muhimligi ta’kidlandi.
  • Alisher Navoiy haykali atrofida 20 dan ziyod atoqli shoir va adiblarning haykallari yaxlit me’moriy va badiiy kompozitsiyada, mantiqiy yechim asosida joylashtirildi. Davlat rahbari bu yerga tashrif buyurib, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydi. Xiyobonda amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling