Mavzuga doir kompozitsiyada badiiy uslub va badiiy obraz yaratish
Download 34.64 Kb.
|
MAVZUGA DOIR KOMPOZITSIYADA BADIIY USLUB VA BADIIY OBRAZ YARATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Ana shu saboq-kompozitsiyaning bosh qonunidir
- Asar sarlavhasi.
MAVZUGA DOIR KOMPOZITSIYADA BADIIY USLUB VA BADIIY OBRAZ YARATISH Reja: Kompozitsiya san’ati Kompozision vositalar: asar sarlavhasi, epigraf, lirik chekinish, qistirma epizod, qoliplash, asar annotasiyasi. Syujet va kompozitsiyaning dialektik aloqasi Tayanch tushunchalar: Kompozitsiya atamasi. Uning vazifasi. Kompozision markaz. Muvofiqlik. Me’yor. Asar sarlavhasi. Epigraf, lirik chekinish, qistirma epizod, badiiy qoliplash, asar annotasiyasi. Syujet va kompozitsiya aloqasi. Kompozitsiya (lat. Compositio - tarkib, qurilish, tuzilish) deganda, tasvirlanayotgan birliklarning va nutq vositalarining badiiy asar matnidagi o’zaro bog’liqligi va joylashish (o’rinlishish) tartibi tushuniladi. U o’zida personajlar (sistemasi)ni joylashtirishni, syujet epizod (gr. epesodion-begona, aloqasiz)larini taqqoslashni, voqea haqidagi tartibli xabarni tasvirlash usullarining o’zgarishini, tasvirlanayotgan detallar va ifoda-tasvir vositalarining muvofiqligini, asarning qism, bob, bo’lim, band, parda, ko’rinish va sh.k. bo’linishini jamg’aradi. Darvoqye, “kompozitsiya-badiiy asarni tashkil etuvchi va intizomga bo’ysindiruvchi kuch. Uning vazifasi biron bir narsaning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik, ayni chog’da, uning birbutunlikka birikishini nazorat qilishdir... Uning maqsadi barcha bo’laklar (parchalar)ni shunday joylashtirishki, ular alal-oqibat asar g’oyasini to’liq ifodalashga qodir bo’lsinlar”1. Bu fikrlardan ko’rinadiki, asar g’oyasini ochishga xizmat qilmaydigan bironta obraz, bironta ko’rinish, bironta hatti-harakat, bironta so’z bo’lmasligini badiiy kompozitsiya nazorat qiladi va shu xislati bilan go’zallikda yagona bo’lgan olamni – badiiy asarni yuzaga kelishiga sababkor bo’ladi. har qanday asardagi bosh g’oya (Mas., “O’tgan kunlar”ning bosh g’oyasi XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayot tariximizning eng kirlik, qora kunlaridir) – kompozitsiyaning markazi sanaladi. Ana shu markazga asardagi hamma unsurlar(boblar, obrazlar, detallar, vositalar, so’zlar...) bo’ysinadi va uning talabiga ko’ra asar to’qimasidan o’z o’rnini oladi. Ayni paytda bosh g’oyaning maqsadini ochish uchun xizmat qiladi. Jumladan, birgina misolga murojat qilaylik: “O’tgan kunlar”da Kumushning ko’zyorishi (tug’ishi)ga oz vaqt qolganda buvisi Oyshabibi vafot etadi. Natijada Oftob oyim va Mirzakarim qutidor – azadorliklari tufayli Kumushning tug’ishi arafasiga yetib borolmaydilar (holbuki, o’zbek odatiga binoan qizning birinchi tug’ishida onasi uning oldida bo’lishi kerak). Bu holat - Kumushning zaharlanishini (Oftob oyim bo’lganida zaharlanish yuz bermagan bo’larmidi?) va halok bo’lishini asoslaydi. Kumushning shu tarzdagi fojeasi esa XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayotni – eng kirlik, qora kunlar ekanligini (ko’rsatish orqali) isbotlaydi. Kompozitsiya, bundan tashqari, tasvirdagi me’yor va muvofiqlikni ham yuzaga chiqaradi, sayozlikka, bayonchilikka, bayondagi ezmalikka, takrorga yo’l bermaydi. Agar kompozitsiyaning bu talabiga rioya etmasa, “Yozuvchi sayoz joyda cho’kadi” (A.Muxtor), bayonchilikka yo’l qo’ysa – jurnalist, publisistga aylanadi, ezmalik qilsa – san’atining qusurini namoyish etadi, takrorlarga ko’plab yo’l qo’ysa-yozuvchilik qismatini oddiy hunarmand qismatiga aylantiradi, xalos. Mana, ikkita isbot: “O’zbeknoma”dagi markaziy fikr “Bu – o’zbek xalqi buyuk xalq, u o’tmishda buyuk qadriyatlar yaratgan, buyuk shaharlar qurgan, uning ichidan buyuk zotlar yetishib chiqqan, bugun uning buyuk yurtboshisi bor, bugun o’zbek xalqi ana shu rahbari boshchiligida buyuk kelajak sari odimlamoqda, degan fikrdir... Albatta, bu fikr juda to’g’ri fikr. Lekin san’atning san’atligi shundaki, har qanday to’g’ri fikr undagi tasvirdan, asarning badiiy to’qimasidan o’zi mustaqil kelib chiqmog’i zarur, tashqaridan yopishtirilishi kerak emas. Afsuski, “O’zbeknoma”da bu fikr hali poetik g’oya darajasiga o’sib chiqmagan. “O’zbeknoma”day asar yozib, bugungi kitobxonga bu fikrni tavsiflab berishning o’zi g’alati... Shoir esa tavsiflash doirasidan chiqolmay, hayotga maddohlik ko’zi bilan qaragan, maddohlik tafakkuri bilan fikrlagan. Shu holat asarni semirtirib ham yuborgan, uni o’qishni, hatto qabul qilishni ham qiyinlashtirgan. Axir, asal juda yaxshi, juda zarur shifobaxsh narsa, lekin ko’p bo’lganda-chi? Masalan, o’zingizni bir bochka asal ichida o’tirgandek his qiling. Xuddi shunga o’xshash me’yorsiz, o’lchovsiz, oxir-keti yo’q madhiya ham teskari natija beradi-odamni entiktirib, damini qaytaradi. Kitobning bir joyida shoir madhiyabozlikni oqlash uchun hadisdan shunday dalil keltiradi: “Odil podshoni hurmatlash tangrini ulug’lash bilan barobardir”. Juda dono gap. Lekin hurmatlash boshqa, madhiya o’qish boshqa. Menimcha, odil podsho har qanday madhiyadan ko’ra adolat yo’lida qo’yilgan bitta amaliy qadamni afzal biladi. Maddohlikning nojoyiz tomonlaridan yana biri shundaki, hamisha uning zamirida manfaatparastlik, ta’ma yashirinib yotadi”(O.Sharafiddinov. “Mag’zi puch so’zlardan bir tosh nari qochh” O’zAS, 15 sentyabr, 2000-yil). Kompozitsiya estetik didning teranligini talab qiladi. Chunki u, albatta, badiiy kompozitsiyada ham o’zligini topadi. “Masalan ,ikki sevishgan yigit va qiz maysazorda uchrashib, g’aroyib his-tuyg’ularini bir-birlariga izhor etayotganda ma’shuqaning oyoqlari daf’atan toshbaqaga tegib ketishi mumkin. Ammo o’sha g’aroyib his-tuyg’ularni tasvirlaydigan she’rga toshbaqaning kirishga haqqi yo’q,”-deydi A.Oripov. Ba’zida bu mulohazalarning teskari isbotini ko’rganingda [Jonrid Abdullaxanovning “Yo’l” (O’zadabiynashr,T.,1964,100-101 betlar) romanida Gulchiroyga Qudratning muhabbati tasvirlanarkan, o’rinsiz tarzda loy-pishtak o’ynayotgan bolalar, qoqolab qochgan ikki-uch tovuq, hangrab yuborgan eshak... ham qatnashadi], kompozitsiya yaratish - did san’ati ham ekanligini ta’kidlashga, yozuvchi-san’atkorning har bir tasviri, so’zi o’lchangan, go’zallikka o’rangan, qalblarga bexato kiradigan ezgulik nuri bo’lishi shartligini eslatishga majburiyat sezasan. Demak, “hikoyaga taalluqli bo’lmagan hamma narsani shafqatsizlik bilan chizib tashlash lozim. Agar siz birinchi bobda devorda miltiq osilib turibdi desangiz, ikkinchi yoki uchinchi bobda o’sha miltig’ingiz, albatta, otilishi kerak” (A.P.Chexov). Ana shu saboq-kompozitsiyaning bosh qonunidir, unga bo’ysingan yozuvchi o’z g’oyaviy-estetik niyatiga xizmat qilmaydigan bironta tasvirni, bironta tafsilotni, bironta detalni, bironta so’zni, hattoki, bironta tinish belgisini kiritmaydi. Ma’lumki, kompozitsiya syujetdan kengroq hodisa sanaladi, chunki u syujetni ham, syujetdan tashqarida qoluvchi vositalarni ham o’zida jamg’aradi. Syujetdan tashqarida qolgan badiiy unsurlar - kompozision vositalar deb yuritiladi va ularning barchasi asarning birbutun va mukammal bo’lishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kompozitsiyani adabiy asarga tugallik va yaxlitlik baxshida etuvchi, yakunlovchi adabiy-badiiy shakl deb yuritadilar. Kompozision vositalardan ba’zilarini hukmingizga havola qilamiz. 1. Asar sarlavhasi. “Aniqlik va qisqalik nasrning birinchi ustunligidir. U fikrni, fikrni talab etadi, busiz go’zal ifoda hyech narsaga xizmat qilmaydi” ekan, asar sarlavhasi bir yoki bir necha so’zda ifodalanishi, yuzlab sahifalarga sochilgan mazmunni o’zida aniq jamg’arishi, nomlanishidanoq o’quvchini o’ziga jalb qilishi lozim. Bu judayam azobli ish, ayni chog’da, rohatbaxsh hamdir. “Qutlug’ qon” (Oybek), “Ulug’bek xazinasi” (O.Yoqubov), “Yulduzli tunlar”, “Ona lochin vidosi” (P.Qodirov), “O’g’ri”, “Bemor” (A.Qahhor), “Chinor” (A.Muxtor), “Iymon” (I.Sulton), “Qudratli to’lqin” (Sh.Rashidov), “Shaytanat” (T.Malik), “Lolazor” (Murod Muhammad Do’st), “Egilgan bosh” (O.Muxtor), “Oq qushlar, oppoq qushlar” (O.Yoqubov), “Otamdan qolgan dalalar” (Tog’ay Murod), “Ikki eshik orasida” (O’.hoshimov) kabi asar nomlarining tarixini o’rganishning o’zidayoq ko’pgina saboq va o’gitlarning beradi. Jumladan, “dunyo hikmatlarini mo’jizalar tarzida tuya oladigan va shunga monand ifoda qila oladigan” san’atkorning iqrornomasiga quloq osaylik: “Keyingi vaqtda-keksalik, xastalik sabab-juda kam uyqu bo’lib qoldim. Uyqu qochganda bosh-keti yo’q, uzuq-yuluq o’y-xayol qalashib kelaverarkan. Shunda tunchiroq ostida turgan daftarga ba’zi tasodifiy fikrlarni yozib qo’yadigan bo’ldim. Daftarimni “tundalik” deb atadim. Bu “janr”ning “kundalik”dan farqi shuki, unda xronologik tartibdagi voqealar bo’lmaydi. Bu gaplar, biri bog’dan, biri tog’dan bo’lsa ham, kimnidir fikri yo sa’y-harakatiga turtki bo’lishi mumkin. Qolaversa, ular muallifning ruhiy holatidan darak, zero biz hammamiz ma’naviy olamga hamisha qandaydir bir tarzda ulush qo’shib yashaymiz”. Darvoqye “Tundaliklar” nomini eshitganingizdanoq, sizda qiziqish uyg’onadi, uning mazmuni bilan tanishishga oshiqasiz. Asqad Muxtorning ikki daftardan iborat bu so’nggi asari – umri yakunidagi Yozuvchining sir-asroridan, uning Odam va Olam haqidagi kashflaridan xabar beradi, kitobxonni o’yga toldiradi, harakatga shoshiltiradi, hayratga ko’madi. Eng asosiysi nom asardagi bosh g’oyani, demakki, bosh mazmunni ifodalay oldi, ya’ni A.Muxtor kasalligiga, og’ir kasalligiga qaramay, tungi bedorlik paytlarida ham yaratish bilan band bo’ldi, o’z aql-zakovati bilan ko’pni hayajonlantira oladigan insoniy dardlarni, mushohadalarni, yangi izlanishlarga asos bo’la oladigan ilmiy va badiiy asoslarni kashf etdi. haqiqiy ijodkor inson qiynalib so’zlasa-da, qiynalib yozsa-da, shunday holatda ham ko’p uchun qayg’uradigan, ko’pning dilidagini aytadigan, ko’p uchun yashaydigan, ijod qiladigan Odam bo’lish kerakligini isbot qildi. Tiriklikning har bir daqiqasi o’zlikni, demakki, Ollohni bilishga sarflanishini lozimligini ko’rsatdi. Shu yo’l bilan eng ohirgi daqiqalarda ham ikkinchi umrining mazmunini (“Ijod – o’limni o’ldirmoq”dir), yanada boyitdi, uning boqiyligini ta’minladi. “Tundaliklar”da: “Shamol shamni o’chiradi. Shunga o’xshab, ayriliq ham shunchaki xushtorlikni sovutishi mumkin, chin muhabbat esa o’t oldiradi”, - degan haqiqat ham yozilgan. Asqad Muxtorga, uning ijodiga xalqimiz muhabbati ortib boraverishi, shubhasizdirh Ko’pgina asarlarning nomlari ulardagi bosh qahramonlarning ismlari bilan ataladi. “Zaynab va Omon” (h.Olimjon), “Navoiy” (Oybek), “Mirzo Ulug’bek” (M.Shayxzoda), “Amir Temur” (Olimjon Bo’riyev), “Fotima va Zuhra” (U.Umarbekov), “Ibn Sino” (M.Qoriyev), “hamza” (K.Yashin) kabi asarlar buni isbotlaydi va asar syujetini bevosita shu obrazlar bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Shu asos tufayli bu nomlar ham aniq asarning birbutunligiga hissa bo’lib qo’shiladi. 2. Epigraf (yun. Epigraphe-yozuv). Dastavval, u qadimgi Gresiyada qabr toshlariga yozilgan she’rlarning janri bo’lgan. Keyinchalik va hozir ham xalq og’zaki ijodi yoki yozma adabiyotdan olingan hikmatli so’z, maqol, parcha yoki iboralarning boshqa bir asar (uning sarlavhasidan keyin, qismi va bobining boshlanishi)da bittasini yoki bir nechtasini keltirilishiga epigraf atamasi ishlatiladi. Epiraf hamma asarlarda bo’lavermaydi, lekin u doimo qisqa, sodda bo’lishi, ibratli mazmunni o’zida jamg’arishi lozim. Eng asosiysi, muayyan asarning mazmunini o’zida tashishi yoki shu mazmun qanday bo’lishiga urg’u berishi (ba’zida isbotlashi) talab qilinadi. Jumladan, H.Olimjonning: Download 34.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling