Adidas tarixi: Korporatsiyaga aylangan oilaviy biznes haqida
Download 0.61 Mb.
|
1 2
Bog'liqAdidas tarixi
Adidas tarixi: Korporatsiyaga aylangan oilaviy biznes haqida Adidas 1920-yillarda aka-uka Dasslerlar egalik qilgan nemis kompaniyasidan chiqqan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Dasslerlar noma'lum sabab tufayli urishib qolishadi va biznesni alohida yurita boshlashdi: Dassler Rudolf boshqargan Puma va Adidas — Adolf kompaniyasiga ajraldi. Foto: Adidas Adolf Dassler kashfiyotchi va dizayner edi: 1925 yilda u “tikonli” futbol butsilarini o‘ylab topdi va ilk marta tikdi. 1949 yilda Adidas logotipi - uchta chiziqni patentlatdi va yechiladigan rezina “tikonli” ilk futbol butsilarini yaratdi. 1950 yilda u qorda va muzda futbol o‘ynash uchun oyoq kiyimni o‘ylab topdi. Adolf Dassler Foto: Adidas Puma va Adidas o‘rtasidagi munosabat murakkab edi: fabrikalar kichik Xersogenaurax shahrida yonma-yon turardi. Uning aholisi ham Puma tarafdorlari va Adidas ishqibozlariga ajralgandi. Mojarolarning asosiy manbai brendlar orasida oyoq kiyim tayyorlash texnologiyasi va uni targ‘ib etish edi: aka-ukalar umumiy ishlanmalardan foydalanmaslik va alohida-alohida rivojlanishga qaror qilishdi, biroq ba'zida bir-birlarini g‘oyalarni o‘g‘irlashda ayblashardi. Puma va Adidas «Pele Pakti»ni imzolashdi, u fabrikalarga targ‘ib uchun Peledan foydalanishni ma'n etardi. Puma bu shartnomani buzdi. Pele Foto: Adidas 1970 yili Futbol bo‘yicha jahon chempionatida Pele o‘yin boshlanishidan oldin hakamdan butsi bog‘ichini bog‘lash uchun vaqt so‘radi. Kameralar uni yirik planda ko‘rsatdi, u maydon markazida sekin tizzasiga o‘tirib, Puma yozuvi tushirilgan butsisi bog‘ichini bog‘ladi. Puma o‘yingacha u bilan shartnoma imzolagani ma'lum bo‘ldi. 1978 yil Adolf Dassler vafotidan keyin Adidas inqirozni boshdan kechirdi. Kompaniya dastlab Adolfning rafiqasi Katarina va o‘g‘li Xorst boshqaruviga o‘tdi. 1985 yilda Katarina, undan keyin Xorst vafotidan so‘ng kompaniyani uning singillari boshqarishga harakat qilishdi. Natijada ular 80 foiz aksiyalarni tadbirkor, fransuz futbol klubi “Olimpik Marsel”ga egalik qilgan Bernard Tapiga sotib yuborishdi. 1993 yilda Tapi Adidas targ‘iboti strategiyasi ustida ishlashlari uchun raqobatchi kompaniyalar Nike va Reebok mutaxassislarini yolladi. Aynan o‘sha yili kompaniyaning egasi yana o‘zgardi – Tapi kompaniyani do‘sti Robert Lui-Dreyfusga sotdi. Adidas’ga ko‘ra, Lui-Dreyfus kompaniyaga inqirozdan chiqishda yordam berdi va keskin o‘zgarishlar qilishga undamaydigan shior o‘ylab topdi: “Biz avval ham bilardik. Biz hozir ham bilamiz”. 2009 yilda Puma va Adidas yarashish sari ilk marta qadam qo‘yishdi: 21 sentyabrda “Xalqaro tinchlik kuni” munosabati bilan xodimlar Xersogenauraxda futbol bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishdi. Robert Lui-Dreyfus Foto: Adidas Hozirda Adidas Germaniyada sakkizta korxona va boshqa mamlakatlardagi 25dan ortiq sho‘'ba korxonalarga ega: Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va JARdagi korxonalar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, Reebok, xokkey uchun anjomlar ishlab chiqaruvchi CCM va golf uchun anjomlar ishlab chiqaruvchi Taylor Made Golf unga tegishli. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling