Adilov farxod abduvaliyevich


To‘qqizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil


Download 384.96 Kb.
bet23/84
Sana18.06.2023
Hajmi384.96 Kb.
#1560274
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84
Bog'liq
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)

To‘qqizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil- mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishdir. O‘zbekistonda o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bo‘lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitutsiyaning 99-104-moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzish tartiblari belgilangan. 105- moddada: „Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi“, deb belgilab qo‘yilgan.
O‘ninchi Konstitutsiyaviy tamoyil- odil sudlov, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligidir. Sudya faqat qonunga bo‘ysunadi. Konstitutsiyaning 106-116- moddalarida O‘zbekistonda sud tizimi va ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada sudya deputatlikka saylana olmasligi, siyosiy partiyalar va harakatlarning a’zosi bo‘la olmasligi qonuniylashtirilgan. Sud majlisi ochiq va oshkora olib boriladi, sud ishlari davlat tilida yuritiladi va zarur holda boshqa tilda yuritilishi ham mumkin. Sud hokimiyati davlat hokimiyatining muhim bir tarmog‘i bo‘lib, Konstitutsiyada sudning hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxs va fuqarolar uchun majburiy ekanligi qonunlashtirib qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarning huquqiy asoslari belgilab berilgan.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U mamlakatimizda qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun asos bo‘lib qoldi. Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq muhokamasidan o‘tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal qilinmoqda. O‘zbekiston Konstitutsiyasi davlatimiz suverenitetini ro‘yobga chiqardi. O‘zbekistonni dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, ular bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, madaniy, aloqalar o‘rnatildi.



Download 384.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling