Adilov farxod abduvaliyevich


Download 384.96 Kb.
bet2/84
Sana18.06.2023
Hajmi384.96 Kb.
#1560274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)

SO‘Z BOSHI
Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar negizida inson hayotining ajralmas qismini tashkil etadigan tarixiy bilimlarni egallash har birimizning jamiyat oldidagi dolzarb vazifamizdir. Har bir fanda jamiyatda hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangilik va kashfiyotlar yaratilishining asosida farovon hayotni barpo etish turadi. Shu bilan birga, bugungi va kelajagimiz haqida so’z yuritishda tarix fanining o’rni beqiyosdir.Ushbu uslubiy qo‘llanmada Vatanimizning mustaqillik davri tarixini yoritishga bag’ishlangan.
1991 yil 31 avgust - Oʻzbekiston oʻzining davlat mustaqilligini qoʻlga kiritdi, xalqimizning asriy orzusi ushaldi, oʻz taqdirini va kelajagini oʻz qoʻli bilan yaratadigan boʻldi.
Mamlakatimiz tarixida yangi davr – mustaqil taraqqiyot davri boshlandi. Xalqimiz demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish yoʻlida dastlabki sinovlardan oʻtdi. Demokratik islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda.
Yangi jamiyat qurish, avvalo, yoshlarga, ularning ma’naviy dunyosi, kasb mahoratiga bog‘liq. Yosh avlodda milliy g‘oyani, yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda, milliy ong va sog‘lom fikrni uyg‘otish, ularni Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun faol kurashchi, komil inson qilib tarbiyalashda tarixiy xotira va tafakkurning ahamiyati katta.
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixini oʻrganish, uni oʻqitishga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgardi. Oliy oʻquv yurtlarida hozirgi kunda «Oʻzbekistonning ehg yangi tarixi» fanini oʻqitish yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekistonning ehg yangi tarixi oʻrganish va oʻqitishning yagona kontseptsiyasi yaratildi,oʻquv dasturlari, darsliklar, qoʻllanmalar tayyorlandi.Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma «Oʻzbekistonning ehg yangi tarixi» fanini o‘qitish bo‘yicha talabalar mustaqil ta’limini rivojlantirishga mo‘ljallangan bo‘lib, u kirish, o‘quv fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmaning konseptual asoslari, ma’ruzalar bo‘yicha reja va topshiriqlar hamda mavzuga oid testlardan iborat.
O‘quv-uslubiy qo‘llanmaning konseptual asoslari bo‘limida «Oʻzbekistonning ehg yangi tarixi» fanini o‘qitishning dolzarbligi hamda ahamiyati bayon etilishi bilan birga, mazkur fanning tuzilishi, mazmuni hamda fan bo‘yicha o‘qitishning mohiyati ochib berilgan. Shu bilan birga fanning o‘quv dasturi ma’ruza va amaliy mashg'ulotlarining mazmunlari, rejasi hamda mashg'ulotlar jarayonida foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan. Bu nazariy va amaliy mashg'ulotlar, mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha o‘zlashtirishni nazorat qilish hamda baholash tartiblari ko‘rsatilgan.
Qo‘llanmadagi nazorat savollari talabalarda mustaqil fikrlashni, o‘z fikrlarini asosli ravishda himoya qilishni, bahslashish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun bahs-munozara olib borishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Ma’lumki, bugungi kunda o‘quv fanlarini yangi pedagogik texnologiyalar va yangicha o‘quv-uslubiy yondashuvlar asosida olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan Oʻzbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalaming o‘rni hamda ahamiyati, O‘zbekistonning umumjahon taraqqiyoti o‘choqlaridan biri ekanligi, O‘zbekiston tarixining jamiyatimiz uchun har tomonlama yetuk yoshlami milliy g'oya ruhida tarbiyalashdagi o‘mi katta ekanligining o‘ziyoq ushbu o‘quv- uslubiy qo‘llanmaning o‘rni va ahamiyati muhim ekanligini ko‘rsatib turibdi.
«Oʻzbekistonning ehg yangi tarixi» fani yoshlarga Vatanimiz tarixi, madaniyati, xalqimizning mustaqillk yillarida bosib o‘tgan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyot yo‘li xususida, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz va urf-odatlarimiz haqida chuqur ma’lumotlar beradi. O‘zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ulaming strategik yo‘nalishlari, mustaqil davlatimizning jahon maydonida olib borayotgan ichki va tashqi siyosati xususidagi bilimlarini yanada mustahkamlash maqsad qilingan. Talabalarni Vatanimiz, xalqimiz o‘tmishidan xabardor qilish, bugungi kundagi amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘la anglab yetishlari uchun mustahkam poydevor bo‘lishi shubhasiz. Shu ma’noda yoshlarda O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat ekanligiga ishonchini yanada mustahkamlashda, ularda tarixiy xotira, milliy g'urur va iftixor tuyg’ularini shakllantirishda mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning o‘mi va ahamiyati katta.



Download 384.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling