Adilov farxod abduvaliyevich


Download 384.96 Kb.
bet8/84
Sana18.06.2023
Hajmi384.96 Kb.
#1560274
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
Bog'liq
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)

Savol va topshiriqlar.
1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti va obyekti nimalardan iborat?
2. “Tarix- xalq ma’naviyatining asosidir” iborasini qanday tushunasiz?
3. O’zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi?
4. O’zbekistonning eng yangi tarixi qaysi davrdan boshlangan tarixiy jarayonlarni o’z ichiga oladi?
5. O‘zbekistonning eng yangi tarixi materiallari, tarixiy jarayonlarning talqini sobiq tuzum davrida an’anaga aylangan-sinfiylik, partiyaviylik kabi soxta tamoyillardan qaysi jihatlari farq qilishi lozim?
6. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-nazariy o’zida nimalarni qamrab oladi?
7. O’zbekistonning eng yangi tarixining metodologik (uslubiy), ilmiy usul va tamoyillariga nimalar kiradi?
8. O’zbekistonda nechanchi yildan keng qamrovli stretegik tadqiqotlarga asoslangan davr boshlandi?
9. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining “O‘zbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish to‘g‘risida qarorining mohiyati nimalardan iborat?
10. Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2018 yil 18 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida gumanitar soha hodimlari oldiga qanday ustuvor vazifalarni qo’ydi?
2-MAVZU.MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR.


Reja:
1. XX asrning 80-yillari oxirida O‘zbekistonda yuzaga kelgan keskin va jiddiy vaziyat.
2. O‘zbekistonda qatag‘onlikning yangi bosqichi. “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” nomli soxta ishlar.
3. I.Karimovning O‘zKompartiyasi Markaziy Kengashining birinchi kotibi etib tayinlanishi.
4. O’zbekistonda prezidentlik lavozimining joriy etilishi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: sovet tuzumi, “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi”, “Sharqiy front”, “qayta qurish”, panturkizm, erkin yoshlar uyushmasi, Orol fojeasi.


1. XX asrning 80-yillari oxirida O‘zbekistonda yuzaga kelgan keskin va jiddiy vaziyat.
SSSRdagi "qayta qurish" jarayoni avval boshdanoq siyosiy sohani qamrab oldi. Iqtisodiy islohotlar esa unga bo‘ysunuvchan ahamiyat kasb etdi. Oradan ko‘p o‘tmay, jadallashib borayotgan siyosiy jarayonlar (oshkoralik, demokratiya) bilan sust rivojlanayotgan iqtisodiyot o‘rtasida katta farq ko‘zga tashlana boshladi. Bu paytda SSSRning tarkibiy qismi bo‘lgan O‘zbekiston SSR ham qayta qurish girdobiga tortildi, uning qonuniyatlariga amal qildi.
Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985-1986 yillar) asosan ma’muriy-tashkiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borilishi bilan xarakterlanadi. Mazkur bosqichda kun tartibiga qo‘yilgan vazifalardan biri ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uniig asnosida inson omilini faollashtirishdan iborat bo‘ldi.
Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e’tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga qaratildi. SHuning uchun ham 1986 yil 1 mart kuni KPSS XXVII s’ezdining KPSS Markaziy Komiteti siyosiy ma’ruzasi yuzasidan qabul qilingan rezolyusiyada fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish masalasiga katta e’tibor qaratilgan edi.
Xullas, qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e’tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratildi. Ammo, bunday jarayonni ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirmasdan amalga oshirish mumkin emasligi tezda ayon bo‘ldi. SHuning uchun 1986 yilda qayta qurish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e’tibor qaratishga majbur bo‘lindi. Bunday siyosatning markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, ma’muriy-buyruqbozlik va byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi qurash turar edi.
Bu davrda butun Sovet Ittifoqida bo‘lgani singari O‘zbekistonda ham dastlab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda ma’lum o‘zgarishlar yuz bera boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari ayrim qadamlar tashlandi, milliy o‘zlikni anglash jarayoni boshlandi. Ammo, tub o‘zgarishlar va barcha sohalarda haqiqiy islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi o‘rinishlar muvaffaqiyat qozonmadi. Statistik ko‘rsatkichdarda qayd etilishicha, 1986 yildan boshlab mamlakat iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987 yil yanvardan ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaya bordi, iqtisodiyotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi shu tarzda mag‘lubiyatga uchradi.
Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987-1990 yillar) jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. Bunday vazifa kommunistik mafkura tomonidan 1987 yil yanvarda yanada aniqlashtirildi. Moskva shahrida 1987 yil 27-28 yanvarda bo‘lib o‘tgan KPSS MK Plenumida KPSS Markaziy Komitetining Bosh sekretari M.S.Gorbachyov "Qayta qurish va partiyaning kadrlar siyosati to‘g‘risida" ma’ruza qildi. Unda siyosiy islohotlarning acociy maqsadi oshkoralik va kadrlar siyosatini to‘g‘ri yuritish asosida sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirishga e’tibor qaratildi. Keyinchalik M.S.Gorbachyov o‘zining qayta qurish haqidagi mashhur kitobida bu g‘oyalarini davom ettirdi. Biroq siyosiy tuzumni isloh qilish va demokratlashtirish, keng xalq ommasining siyosiy va tarixiy jarayonlarda ishtirok etishi Markaz uchun qutilmagan oqibatlarga olib kelishi natijasida Moskva tomonidan siyosiy va iqtisodiy islohotlar boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yildi. Oqibatda 1990 yil nafaqat qayta qurishning ikkinchi bosqichi, balki SSSR aholisi, balki butun dunyo umid ko‘zi bilan qarayotgan qayta qurish siyosati butunlay mag‘lubiyatga uchradi. Bu holat ham SSSR inqirozini tezlashtirdi va uning parchalanishiga olib keldi.
Mamlakatda tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarii ohiriga etkazish mumkin bo‘lmadi. Bu quyidagi uch sabab bilan izohlanadi: birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan strategiya va taktikasi hamda yagona dasturi yo‘q edi. Ikkinchidan, kommunistik partiya rahbarlari (partokratiya) qayta qurish g‘alabasidan manfaatdor emas edi. Ular har qanday demokratiya va oshkoralik totalitar tuzumning kushandasi ekanligini yaxshi bilishardi. Uchinchidan, M.S.Gorbachyov g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emas edi. Sotsializmga hos sinfiy munosabatlar, davlat mulkchiligi, milliyva ijtimoiy sohadagi siyosat yakkapartiyaviy rahbarlik, kommunistik mafkura, mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya bilan kelisha olmas edi.
Ma’lumki, qayta qurish yuqoridan boshlandi. Mazkur jarayonning boshlanish paytida jamiyat a’zolari unga juda katta umid bog‘ladilar. Ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ayrim siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar kishilarda ertangi kun va porloq kelajakka ishonch ruhini yana uyg‘otdi. Dastlabki davrda qayta qurish rahnamolari, ya’ni, yuqorining quyi bilan munosabatlarida ma’lum kelishuvchilik, xayrixohlik sezildi.
Lekin, keyinchalik vaziyat butkul o‘zgardi. 1986-1987 yillardan boshlangan iqtisodiy inqirozning kuchayishi, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi o‘quvsizlik demokratik jarayonlar va oshkoralikning yarim yo‘lda qolib ketishi - bularning barchasi jamiyat a’zolarida qayta qurishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirdi. Qayta qurishning uchinchi yilida uning to‘liq mag‘lub bo‘lishi aniqko‘zga tashlanib qoldi. Amaliy ishlar, foydali tadbirlar o‘rniga siyosiy jabhadagi turli tadbirlar: siyosiy safsatabozlik, quruq va’dalar, so‘z bilan ish birligining yo‘qligi jamiyatdagi loqaydlik holatini yanada kuchaytirdi. Ijtimoiy faollik o‘rnini sustkashlik, davlat va firqa siyosatiga ishonmaslik, befarqlik va sovuqqonlik egalladi.
Qayta qurish oshkoralik, demokratiya za fikrlar hilma-hilligining ma’lum ma’noda kuchayishiga imkon yaratdi. SHu bilan birga, bunday jarayonlarni madaniy shaklda xalqaro andozalar asosida olib borish imkoni bo‘lmadi. Buning ustiga Ittifoqqa nisbatan O‘zbekistonda respublika rahbariyati demokratiya va oshkoralikning kuchayishiga turli to‘siqlar qo‘ydi. Bunga ko‘proq kommunistik mafkuraning yakkahokimligi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi asoratlari ta’sir qilar edi. Natijada tom ma’nodagi oshkoralikka erishib bo‘lmadi, demokratiya esa amalda navbatdagi siyosiy o‘yinlar qo‘rinishini oldi. Fikrlar hilma-hilligining turli ko‘rinishlari esa yuqorining siyosiy va g‘oyaviy masalalarda hurfikrlilik va demokratiyani ta’kib etishi asnosida yuz berdi.
Ana shunday sharoitda O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati Markaz oldida o‘zining no‘noq va noshudligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteta rahbariyati Markazdan qochish, uni inkor etish siyosati o‘rniga ko‘proq unga yaqinlashish va mustahkam birlashish yo‘lini tanladi.
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitet birinchi kotiblari I.Usmonxo‘jaev va R.Nishonovda qat’iy jur’at, Ittifoq doirasida respublikaning tutgan o‘rnini ochiq-oydin aytish uchun mardlik va iroda etishmadi. Aksincha, bu rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari Markaz vazifalarini tezroq uddalash, respublikaning Ittifoqqa boqimanda ekanligi to‘g‘risidagi sohta fikrlarni tasdiqlash va takrorlashdan nariga o‘tmadilar. Ijtimoiy va ma’naviy sohada milliylikning har bir ko‘rinishi internatsionalizm mohiyatiga yot ekanligini isbotlashga harakat qilindi. Bu narsa o‘zbek tiliga munosabat, islom dini, milliy urf-odatlar, an’analar va diniy marosimlar, xususan, Navro‘z bayramiga munosabatda yaqqol ko‘rindi.



Download 384.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling