Adim Simet va hozirgi zamon. D. Rekardo talimotining ahamyati
Download 264.83 Kb.
|
yangi
Adim Simet va hozirgi zamon.D.Rekardo talimotining ahamyati.Adam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona chinovnigi oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta'lim oldi, u yerda falsafa, adabiyot, tarix fanlari bilan birga fizika va matematikani ham o`rgandi. A.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy leksiyalar o`qiy boshladi. Glazgo universitetining professori lavozimiga saylandi, keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759 yilda o`qigan leksiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bag`ishlangan o`zining birinchi "Axloqiy hissiyot nazariyasi" kitobini yaratdi. Uning iqtisodchi bo`lishiga Glazgodagi o`ziga xos siyosiy iqtisod klubidagi ishtiroki, qisman filosof va iqtisodchi David Yum bilan do`st bo`lganligi ta'sir etdi. Ammo u 1764 yilda universitetdagi ishini tashlab, bir ingliz aristokratning oilasiga tarbiyachi bo`lib keldi (gersog Baklyu). O`z tarbiyalanuvchisi bilan Yevropa bo`ylab sahatga chiqdi, Shveysariyada Volter, Fransiyada Didro, fiziokratlar F.Kenye va A.Turgo, D`Alamber, Gelvetsiy, Golbax va boshqa taniqli progressiv olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar olimning dunyoqarashini shakllantirishga katta ta'sir qildi. U 1766 yilda o`z yurtiga qaytdi va o`zining bosh asari - "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to`g`risidagi tadqiqot"ni yozishga kirishdi, bu asar 1776 yil martda Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy prinsiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi. A.Smitning bu asari besh kitobdan iborat bo`lib, birinchisida qiymat va qo`shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital jamg`arilishining shakllanishi davrida Yevropaning iqtisodiy rivojlanishi, uchinchisida - turli xalqlarda farovonlik, kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, to`rtinchisida - merkantilizm va fiziokratlarning ta'limotiga munosabati, beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilganBu ajoyib asar A.Smit tirikligidagi davrda to`rt marta, o`limidan so’ng oxirigacha uch marta takroran nashr etildi. Bu asardagi xulosalar keng jamoatchilikni faqat Angliyadagina emas, balki chet ellarda ham qiziqtirib qoldi. Rossiyada bu asarning tarjimasi birinchi marta 1802- 05 yillarda chop etildi. 1778 yilning boshida Edinburg shaxridagi bojxona kommissari lavozimiga tayinlandi va umri oxirigacha shu yerda ishladi. Zamondoshlarining eslashicha, A.Smit nihoyatda xushmuomalali inson bo`lgan, ammo shu bilan birga afsonoviy parishonxotir ham ekan. O`sib borayotgan sohibkorlar uchun bu asar ayniqsa asqotdi, feodalizm qoldiqlarini tugatish uchun qimmatli qurol bo`ldi. Yangi kapitalistik, ya'ni bozor iqtisodiyotining klassik ta'limoti yaratildi. A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat orasidagi munosabat klassik maktab qarashlarining asosini tashkil etadi. Bunda "iqtisodiy odam" tushunchasi keyinroq paydo bo`lishiga qaramasdan, uning kashfiyotchilari A.Smitga tayanganlar. A.Smit tadqiqot predmeti va metodologiyasi. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy-turmush darajasini oshirish muammolari A.Smit tadqiqotining predmetini tashkil etadi. qanday shartsharoitlar va qanday qilib va qanday qilib insonlar yuqoriroq moddiy turmush darajasiga erisha oladilar degan fikr asarning asosiy g`oyasini aks ettiradi. Download 264.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling