Vii mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi. Ishsizlik
Download 32.1 Kb.
|
7 Mavzu DM 2-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi
VII MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTINING DAVRIY RIVOJLANISHI. ISHSIZLIK1.Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari Uzoq muddatli davrda doimiy iqtisodiy o’sish tendentsiyasi aniq namoyon bo’ladi. Biroq, qisqa muddatli davrda uning rivojlanishi iqtisodiy kon'yunkturadagi ko’tarilish va pasayish to’lqinlari bilan tavsiflanadi. Makroiqtisodiy dinamikaning to’lqinli tabiatining qonuniyatlari iqtisodiy (faollik) siklning muammosi sifatida qaraladi. Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o’tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi. Iqtisodiy sikl, bir tomondan, iqtisodiyot rivojlanishidagi notekislikni aks ettiradi, ikkinchidan, bu iqtisodiy rivojlanishning sababi va natijasidir, iqtisodiyotning rivojlanishini belgilaydigan doimiy dinamik xarakteristikasi sifatida ko’rib chiqishga imkon beradi. Iqtisodiy davrlar to’rtta bosqichni o’z ichiga oladi: «cho’qqi‘, pasayish (resessiya), pasayishning quyi nuqtasidagi turg’unlik, ko’tarilish bosqichi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo’lib, u «cho’qqi‘ deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to’liq bandlik, ishlab chiqarish to’la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning baho darajasining o’sish holati kuzatiladi. Keyingi bosqich pasayish (resessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o’sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzo davom esagina baxoning o’sish darajasi sustlashishi mumkin. Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turg’unlik davri boshlanadi. Ko’tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta- sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanish va to’liq bandlik darajasiga erishiladi. 32 Iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo’lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko’ra o’zaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to’g’ri bo’ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodchilar uch omilni ko’rsatadi: texnika va texnologiyalarda ro’y beradigan o’zgarishlar; 2)siyosiy va tasodifiy vaziyatlar; 3) monetar omillar. Barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bog’liq, degan fikrni qo’llab-quvvatlaydilar. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta‘sir etuvchi omillarni o’rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta‘kidlanadi1. Quyidagi 19.1-jadvalda ularning ko‗pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan. Download 32.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling