Vii mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi. Ishsizlik


Mehnat taklifining o‗sishiga ta'sir qiluvchi omillar


Download 32.1 Kb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi32.1 Kb.
#1373611
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 Mavzu DM 2-1

Mehnat taklifining o‗sishiga ta'sir qiluvchi omillar


quyidagilardir:

    • aholi sonini belgilaydigan demografik omillar (tug‗ilish, o‗lim, tabiiy o‗sish, yosh va jins tuzilishi);

    • ishchi kuchining turli xil demografik va etnik guruhlarining iqtisodiy faoliyati darajasi;

    • pensiya yoshi: ilgari pensiyaga chiqish mehnat resurslari ta'minotini kamaytiradi, aksincha, keyinchalik pensiya mehnat xizmatlari taklifini oshiradi;

    • mehnatga layoqatli aholining immigratsiyasi;

    • ish kunining davomiyligi;

    • ish haqidan tashqari boshqa daromad manbalarining mavjudligi ishchi kuchi taklifining qisqarishiga olib keladi;

    • ish joyini tanlashda mehnat sharoitlarining maqbulligi.

36

Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.


Ishchi kuchi - a) insonning ish qobiliyati; b) inson hayoti uchun zaruriy ne‘matlarni ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan jismoniy va aqliy qobiliyatlari to‗plami; c) mamlakatdagi ishchilarning umumiy soni; d) aholining bir qismi, shu jumladan ish bilan band bo‗lganlar, o‗z- o‗zini ish bilan ta'minlaydiganlar va ish qidiruvchilar (ishsizlar).
Ishchi kuchiga bo‗lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo‗lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo‗lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‗lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:

Ishsizlik darajasi = (ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100


Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:
-friksion ishsizlik;
-tarkibiy ishsizlik;
-davriy ishsizlik.
Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta‘minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar joylarni o‗zgartirish, o‗quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo‗lib, ma‘lum bir darajada kerakli hisoblanadi.

Download 32.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling