12-amaliy mashg‘ulot. Muvofiqlikni baholashda xodimlarning layoqatliligiga qo‘yiladigan talablar
Download 19.2 Kb.
|
12-amaliy mashg\'ulot
12-AMALIY MASHG‘ULOT. MUVOFIQLIKNI BAHOLASHDA XODIMLARNING LAYOQATLILIGIGA QO‘YILADIGAN TALABLARReja: 1. Ekspert-auditorlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. 2. Xodimlarni sertifikatlashtirishdan o‘tkazish. 3. Xodimlarning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish, shuningdek muvofiqlik sertifikatini bekor qilish. Ekspert-auditorlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatga faol qatnashuvchi shaxs bu ekspert-auditordir. U odatda sifat tizimlarini, ishlab chiqarishni va mahsulotni sertifikatlashtirishda sinov laboratoriyalarini akkreditlashda va boshqa ishlarda qatnashishi mumkin. Ekspert-auditor deb, sertifikatlashtirish soxasida muassasi va korxonalar faoliyatini baholash va nazorat qilish hududiga ega bo‘lgan attestatlangan shaxsga aytiladi. Ekspert-auditor sifatida Texnik jihatdan tartibga olish agentligi tomonidan belgilangan tartibda attestatlangan fan, sanoat, maishiy xizmat, institutlar va boshqa tashkilotlarning vakillari hamda belgilangan hujjatlar bilan ishlashda yetarli chuqur bilimga ega bo‘lgan xususiy shaxs ham bo‘lishi mumkin. Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi: - mahsulot, jarayon, xizmatlarni, sifat tizimlarni va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish; - sertifikatlashtirilgan mahsulot, jarayon va xizmatlarning tavsiflarini hamda sertifikatlashtirilgan sifat tizimlarini va ishlab chiqarishning turg‘unligini nazorat qilish; - sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlash idoralari, sinov laborotoriyalarini (markazlarini) va ularning faoliyatini nazorat qilish; - sertifikatlashtirishda tavsiyalar berish. O‘zstandart agentligi (hozirgi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi) bosh direktorining 2015-yildagi “Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi O‘zbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi, “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli “O‘zbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni (bundan buyon matnda mutaxassislar deb yuritiladi) sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Download 19.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling