12-amaliy mashg‘ulot. Muvofiqlikni baholashda xodimlarning layoqatliligiga qo‘yiladigan talablar


Xodimlarning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish, shuningdek muvofiqlik sertifikatini bekor qilish


Download 19.2 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2023
Hajmi19.2 Kb.
#1644336
1   2   3
Bog'liq
12-amaliy mashg\'ulot

Xodimlarning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish, shuningdek muvofiqlik sertifikatini bekor qilish.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi xodim tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar buzilganda muvofiqlik sertifikatini bergan MSO va “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi tomonidan 10 kundan oshmagan muddatga, sud tomonidan 10 kundan oshgan muddatga to‘xtatib turiladi.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
xodim muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatishni so‘rab ariza bilan murojaat qilganda;
xodim normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni muntazam ravishda buzganda yoki bir marta qo‘pol tarzda buzganda;
MSO ning muvofiqlik sertifikatini berish haqidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati o‘tganda.
MSO ning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarori xodimga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligining muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. Sudning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar va tartibda yetkaziladi.
Xodim MSO, “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi yoki sudning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarorini olgan kundan e’tiboran 5 kun ichida muvofiqlik sertifikati keyinchalik “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yo‘q qilib yuborish uchun MSO ga qaytarilishi lozim.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi uni tugatish haqida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Muvofiqlik sertifikati u soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda muvofiqlik sertifikatini bergan MSO, “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi va sud tomonidan bekor qilinadi.
MSO ning muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarori xodimga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligining muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. Sudning muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar va tartibda yetkaziladi.
Xodim MSO, “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi yoki sudning muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarorini olgan kundan e’tiboran 5 kun ichida muvofiqlik sertifikati keyinchalik “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yo‘q qilib yuborish uchun MSO ga qaytarilishi lozim.
Muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqida MSO, “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi va sudning qarori qabul qilinganda muvofiqlik sertifikati u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan hisoblanadi.
MSO yoki “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligining muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish yoxud muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.


12-amaliy mashg‘ulotni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. Ekspert-auditorlar nima ishlarni bajaradi?
2. Mutaxassislarni sertifikatlashtirish qaysi nizom bo‘yicha tartibga solinadi?
3. Mutaxassislarni sertifikatlashtirish bosqichlari haqida to‘liq ma’lumot bering.
4. Sertifikatlashtirishga talabgor arizaga qanday hujjatlarni ilova qilishi lozim?
Download 19.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling