12-amaliy mashg‘ulot. Muvofiqlikni baholashda xodimlarning layoqatliligiga qo‘yiladigan talablar


mutaxassislarni sertifikatlashtirish organi


Download 19.2 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi19.2 Kb.
#1644336
1   2   3
Bog'liq
12-amaliy mashg\'ulot

mutaxassislarni sertifikatlashtirish organi (bundan buyon matnda MSO deb yuritiladi) — mutaxassislarni sertifikatlashtirishga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs;
xodimlar — muvofiqlikni baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun tayyorgarlikka va malakaga ega bo‘lgan sertifikatlashtirilgan mutaxassislar;
mutaxassisni sertifikatlashtirish (bundan buyon matnda sertifikatlashtirish deb yuritiladi) — mutaxassisning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha faoliyat;
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlashtirilgan mutaxassisning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat.
Sertifikatlashtirish mutaxassisning muvofiqlikni baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun so‘ralgan sohada vakolatliligini rasmiy tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Sertifikatlashtirish amalga oshirilmagan muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida faoliyat yuritish taqiqlanadi.
MSO tomonidan mazkur MSO da ishlaydigan mutaxassislarni sertifikatlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oliy ma’lumotli, muvofiqlikni baholash sohasida mutaxassisligi bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan umumiy mehnat stajiga, shu jumladan so‘ralgan sohada mutaxassisligi bo‘yicha 1 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda laboratoriya mutaxassislari uchun oliy ma’lumot talab etilmaydi.
Mahsulotlarni sinash bo‘yicha so‘ralgan sohada mutaxassislar uchun mutaxassisligi bo‘yicha 3 oydan kam bo‘lmagan mehnat staji talab etiladi. Bunda muvofiqlikni baholash sohasida mutaxassisligi bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan umumiy mehnat stajiga ega bo‘lish haqidagi talab ushbu toifadagi mutaxassislarga tatbiq etilmaydi.
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish.
Sertifikatlashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
ushbu Nizomga muvofiq shaklda sertifikatlashtirishga ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) berish;
arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish;
sertifikatlashtirishni o‘tkazishga shartnoma tuzish;
sertifikatlashtirish bo‘yicha imtihon o‘tkazish;
sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilish;
muvofiqlik sertifikatini Sertifikatlashtirish milliy tizimi davlat reyestrida (bundan buyon matnda Davlat reyestri deb yuritiladi) ro‘yxatdan o‘tkazish va berish.
MSO tomonidan sertifikatlashtirish arizaga asosan amalga oshiriladi. MSO ni tanlash mutaxassis tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Mutaxassis MSO ga ushbu Nizomda ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda ariza beradi.
Mutaxassis sertifikatlashtirishga arizani, unga zarur hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda berishi mumkin.
Ariza elektron shaklda berilgan taqdirda MSO hujjatlarning skaner qilingan versiyasini qabul qiladi, so‘ngra ularni sertifikatlashtirish jarayonida asl nusxasi bilan taqqoslaydi. MSO elektron shakldagi ariza olingani to‘g‘risida mutaxassis xabardor qilinishini ta’minlaydi.
Arizaga:
mutaxassisning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va mutaxassis tomonidan maxsus kurslar o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari yoki ko‘chirmalari. Agar mutaxassis chet mamlakatlarda ta’lim olgan bo‘lsa, chet mamlakatlarda ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjatning va vakolatli davlat organi tomonidan berilgan, ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatning tan olinganligi yoki ekvivalentligi qayd etilgan guvohnomaning nusxalari;
mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan ko‘chirma, yoki muvofiqlikni baholash sohasida mutaxassisligi bo‘yicha mehnat stajini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
ish joyidan tavsifnoma;
3 x 4 sm o‘lchamidagi 4 ta fotosurat ilova qilinadi.
Mutaxassis o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha hujjatlarni taqdim qilishi mumkin.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun mutaxassis javob beradi.
MSO arizani ko‘rib chiqadi va taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, natijasi bo‘yicha 3 ish kuni mobaynida arizani qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Arizani qabul qilishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
mutaxassis mehnat stajining ushbu Nizom talablariga nomuvofiqligi;
ma’lumot bo‘yicha mutaxassisligining so‘ralgan sohaga nomuvofiqligi;
ushbu Nizomda ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;
arizaga ilova qilingan hujjatlar va ma’lumotlarning soxtaligi yoki noto‘g‘riligining aniqlanganligi;
MSO ga arizaning mazkur MSO da bevosita ishlaydigan mutaxassis tomonidan berilganligi;
arizaning ushbu Nizom bilan belgilangan boshqa talablarga nomuvofiqligi.
Arizani qabul qilish rad etilganda hujjatlar mutaxassisga qaytariladi.
Mutaxassis rad etish sabablarini bartaraf etgandan so‘ng qayta ariza berish huquqiga ega.
Ariza qabul qilingan holatda uni qabul qilgan kundan boshlab 10 kun ichida MSO va mutaxassis o‘rtasida sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma MSO va mutaxassisning ish beruvchisi o‘rtasida ham tuzilishi mumkin.
Sertifikatlashtirish sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan qiymat to‘liq to‘langandan so‘ng amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar qiymatining to‘lovi uning natijalaridan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish bo‘yicha imtihonni o‘tkazish uchun sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan qiymat to‘liq to‘langandan so‘ng 30 kun ichida MSO tomonidan komissiya tuziladi.
Komissiyaning shaxsiy tarkibi, a’zolarining huquq, majburiyatlari va javobgarligi MSO rahbarining qarori bilan belgilanadi.
MSO 10 kundan kam bo‘lmagan muddatda sertifikatlashtirish bo‘yicha imtihon o‘tkazilishidan oldin uning o‘tkazilishi sanasi va joyi to‘g‘risida mutaxassis va komissiya a’zolarini xabardor qilishi kerak.
Imtihon davlat tilida o‘tkaziladi. Imtihon MSO ning imkoniyatlari va texnik vositalaridan kelib chiqqan holda boshqa tillarda ham o‘tkazilishi mumkin.
Sertifikatlashtirish bo‘yicha imtihon o‘tkazish shakli mutaxassisning so‘ralgan sohasidan kelib chiqib, quyidagi turlarda aniqlanadi:
akkreditatsiyaning so‘ralgan sohasida — og‘zaki imtihon va testlash;
sertifikatlashtirish, muvofiqlikni deklaratsiyalash, inspeksiya nazorati, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyaning so‘ralgan sohasida — yozma imtihon va testlash;
mahsulot sinovi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertizaning so‘ralgan sohasida — testlash va MSO va laboratoriyaga ega bo‘lgan tashkilot o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomaga asosan o‘quv laboratoriyalari yoki akkreditatsiya qilingan yoxud attestatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida o‘tkaziladigan amaliy imtihon.
Sertifikatlashtirish bo‘yicha imtihon topshiriqlari uning o‘tkazilish shaklidan kelib chiqib, quyidagi sonda aniqlanadi:
og‘zaki imtihon — 7 ta (4 ta — so‘ralgan soha bo‘yicha, 3 ta — muvofiqlikni baholash sohasida) savol;
testlash — 50 ta (25 ta — so‘ralgan soha bo‘yicha, 25 ta — muvofiqlikni baholash sohasida) test;
yozma imtihon — 5 ta (3 ta — so‘ralgan soha bo‘yicha, 2 ta — muvofiqlikni baholash sohasida) savol;
amaliy imtihon — 3 ta (2 ta — so‘ralgan soha bo‘yicha, 1 ta — muvofiqlikni baholash sohasida) amaliy topshiriq.
Sertifikatlashtirish bo‘yicha imtihon o‘tkazilgandan so‘ng 1 kun ichida komissiya tomonidan o‘tkazilgan imtihon yakuni bo‘yicha uning natijalari ko‘rsatilgan bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bayonnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va MSO rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
O‘tkazilgan sertifikatlashtirish bo‘yicha imtihon natijalari yuzasidan MSO tomonidan muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Muvofiqlik sertifikatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda ushbu qaror qabul qilingan kundan 3 ish kuni ichida muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi, Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va mutaxassisga beriladi.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan kundan boshlab 3 yilni tashkil qiladi.
Muvofiqlik sertifikati blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Muvofiqlik sertifikati blankasi mazkur Nizomga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi va MSO ga “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi tomonidan beriladi.
Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda MSO ushbu qaror qabul qilingan kuni mutaxassisni bu haqda xabardor qiladi.
Imtihondan o‘ta olmagan mutaxassis ariza berish va shartnomani tuzish jarayonidan o‘tmagan holda muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 30 kun ichida 1-martadan ortiq bo‘lmagan holda qayta imtihon topshirish huquqiga ega. Qayta imtihon topshirish uchun haq to‘lanmaydi.
Agar mutaxassis qayta topshirilgan imtihondan ham o‘ta olmasa yoki imtihonni qayta topshirish muddatini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, u ushbu Nizomga muvofiq umumiy tartibda ariza berish huquqiga ega.
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar to‘plamlari, shu jumladan arizalar, imtihon savollari, o‘tkazilgan imtihonlar natijalari bo‘yicha bayonnomalar va muvofiqlik sertifikatlari nusxalari MSO da 4 yil davomida saqlanadi.
Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda mutaxassis “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir.
Shikoyatlarni qarab chiqish 2 hafta ichida amalga oshiriladi.
“Texnik jihatdan tartibga solish” agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.

Download 19.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling