Buxgalteriya balansi moddalari bilan moliyaviy hisobotning boshqa shakllari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik
Download 9.28 Kb.
|
lukabujet
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Buxgalteriya balansi turlariReja:1.Buxgalteriya balansi haqida tushuncha va uning moddalari2.Moliyaviy hisobot va uning turlari3.Buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotlar o’rtasidagi bog’liqlikMarkazlashtirilgan rejali iqtisodiyot o’ziga xos xususiyatlari buxgalteriya balansining tuzilishi va uning ko’rsatkichlarida ham bevosita o’z aksini topgan. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning buxgalteriya balanslari xalq xo’jaligi tarmoqlari va mulkchilik shaklidan kelib chiqib belgilangan. Shuningdek, ularda markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot o’ziga xos xususiyatlari o’z aksini topgan edi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining amal qila boshlashi, buxgalteriya hisobi va uning natijaviy ko’rsatkichlarini o’zida ifoda etuvchi buxgalteriya balansini ham tubdan qayta ishlashni hamda yangi iqtisodiy munosabatlarga moslashtirishni talab qila boshladi. Korxonalar faoliyatiga 1991-yildan yangi buxgalteriya balansi joriy qilindi. Ushbu buxgalteriya balansi tuzilishi va shakl jihatidan oldingi buxgalteriya balansidan tubdan farq qiladi. Yangi buxgalteriya balansi umuman olganda bozor iqtisodiyoti talablariga moslashgan bo’lib, aktiv tomonida hisobot 31 kunigacha bo’lgan korxona mulki qiymati va qarz munosabatlari bo’yicha olishga tegishli summa aks ettiriladi. Hozir amaliyotda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansi qator ijobiy xususiyatlarga ega bo’lib, ular quyidagilarda o’z aksini topgan. Birinchidan, balansning aktiv va passiv tomonlari bo’limlarining sonini o’zgarishi hamda korxona mablag’lari va ularni qoplash manbalarining tegishli turlari bo’yicha jamlashni amalga oshirish imkoniyatini vujudga keltirdi. Ikkinchidan, korxona balansida ko’rsatilayotgan mablag’lar va ular manbalarining ma’nosini yanada aniqroq ifodalash maqsadida, ayrim bo’limlarining talqini o’zgartirildi. Buxgalteriya balansi bo’limlari va moddalarining tavsifi Hozir amaliyotda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlari ham ikki bo’limdan iborat. Buxgalteriya balansi aktivida mablag’lar quyidagi bo’limlar bo’yicha guruhlangan. 1-bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar; 2-bo’lim. Aylanma aktivlar. Balans passivida mablag’lar manbalari quyidagi bo’limlar bo’yicha guruhlangan: 1-bo’lim. O’z mablag’lari manbalari; 2-bo’lim. Majburiyatlar. Balans aktivining 1-bo’limi “Uzoq muddatli aktivlar”da uzoq foydalaniladigan tusdagi aktivlar (moddiy-ashyoviy vositalar, qimmatli qog’ozlar, uzoq muddatli investitsiyalar) aks ettiriladi. Balansda ular quyidagi moddalar bo’yicha guruhlangan: Asosiy vositalar - uzoq vaqt mobaynida (bir yildan ortiq) o’zgarmas shaklda ishlaydigan, qiymati birlik uchun belgilangan limitdan yuqori, o’z qiymatini qismlab yo’qotadigan moddiy-ashyoviy boyliklar. Balansda ular dastlabki qiymati bo’yicha, eskirishi qoldiq qiymat bo’yicha ham ko’rsatiladi. Nomoddiy aktivlar - yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan, binolar, inshootlar, aqliy mulk, tovar zaxiralari, ixtirolar, “nou-xau” va boshqalardan foydalanishga doir mulkiy huquqlar. Balansda ular dastlabki va qoldiq qiymat bo’yicha, shuningdek ularning eskirishi bo’yicha aks ettiriladi. Korxonalar mablag’ining bir xil summasi ikki ko’rinishda: tarkibiga va joylashuviga ko’ra, shuningdek yuzaga kelish manbalari bo’yicha ko’rsatiladi. Тarkibiga ko’ra - korxona mablag’larini tashkil etgan qismlar, ya’ni asosiy vositalar, tovar zaxiralari, pul mablag’lari va sh.k.larning jamuljamini anglatadi. Mablag’larnipg joylashuviga ko’ra - mablag’larning qayerda asosiy vositalar, aylanma vositalar, kassa, hisob-kitob schyotida va sh.k.da joylashganligini ko’rsatadi. Mablag’larning har bir summasi (asosiy vositalar, tovar zaxiralari, naqd pullar) o’z yuzaga keladigan manbalariga (mazkur korxona muassislarining o’z mablag’lari, jismoniy va yuridik shaxslardan (banklardan) olingan qarzlar) ega. 2. O’z mablag’lari summasi, odatda, uzoq muddatli aktivlar summasidan ortiq bo’lishi kerak: 1BP > 1BA Aytib o’tilganidek, buxgalteriya balansida korxona mablag’lari va ularning manbalari muayyan sanaga (chorak va yil boshi hamda oxiriga) ko’rsatiladi. Bu aktiv ma’lumotlari passiv ma’lumotlari bilan bevosita bog’liqligini va o’zaro teng bo’lishi kerakligini anglatadi. Buxgalteriya balansi moddalarining umumiy ichki o’zaro bog’liqligini ko’rib chiqamiz: 1. Balans aktiviniig barcha bo’limlari summasi uning passivi barcha bo’limlari summasiga teng: 1BA+2BA = 1BP + 2BP Korxonaning o’z mablag’laridan asosiy vositalar sotib olish va uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar joylash maqsadida, qolgan qismidan esa - aylanma mablag’larni (ishlab chiqarish zaxiralari, sarf-xarajatlar, pul mablag’lari va sh.k.) qoplash uchun foydalaniladi. O’z mablag’larining uzoq muddatli aktivlardan kam ekanligi korxona aylanmadan tashqari aktivlarni qoplash uchun qarz olingan mablag’ summasidan foydalanilganidan dalolat beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu g’ayritabiiy holat deb qaralib, odatda, korxona to’lovga qodir emas deb topiladi. Moliyaviy hisobotlar ular kompaniyaning ma'lum bir yildagi moliyaviy ishlarining aniq tasviridir. Ular kompaniyaning buxgalteriya tahlilchilari tomonidan tuzilgan moliyaviy ma'lumotlardan foydalangan holda tayyorlanadi. Ular buxgalteriya hisobining belgilangan tamoyillariga rioya qilgan holda xabar qilinishi va barcha darajalarda muvofiqligi uchun standartlashtirilishi kerak. Moliyaviy hisobotlar muntazam ravishda tuziladi. Ular kompaniyaning moliyaviy holati, rentabelligi va faoliyati to'g'risida aniq tasavvur hosil qilish uchun ko'rsatiladigan daftarlarning barcha qiymatlarini yozma xulosasi. Moliyaviy hisobot nima uchun kerak? Ular tashkilotlarning o'z tarixlarini ochib berishlari uchun vositadir. Barcha kompaniyalar ishlab chiqishi kerak bo'lgan to'rtta asosiy moliyaviy hisobot mavjud. Ular birgalikda tashkilotning kuchi va rentabelligini ko'paytiradi. Daromadlar to'g'risidagi hisobot - bu tashkilotning foydasini ko'rsatadigan moliyaviy hisobot. Pul oqimlari to'g'risidagi hisobotda ma'lum vaqt ichida korxonaning pul daromadlari va daromadlari oshkor qilinadi. Balans tashkilotning moliyaviy ahvolini ham, to'lov qobiliyatini ham ochib beradi. Boshqa tomondan, kapital to'g'risidagi hisobot ma'lum bir davrda, masalan, chorakda yoki semestrda mavjud bo'lgan taqsimlanmagan foydaning o'zgarishini ko'rsatadi. E’tiboringiz uchun rahmat!Download 9.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling