Sertifikatlashtirish to‘G‘risida 155-sonli shartnoma toshkent sh. 16-mart 2021-y
Download 168.96 Kb. Pdf ko'rish
|
155 RIZQIROZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Shartnoma mazmuni
- 2. Tomonlarning majburiyatlari 2.1. Ariza beruvchi
SERTIFIKATLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA 155-SONLI SHARTNOMA Toshkent sh. 16-mart 2021-y. Keyingi o‘rinlarda “Markaz” deb yuritiluvchi, turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish organi bo‘lgan “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK nomidan, Ustav asosida ish ko‘ruvchi direktor N.N.Islomov bir tomondan va keyingi o‘rinlarda “Ariza beruvchi” deb yuritiluvchi _______________________ nomidan _______ asosida ish ko‘ruvchi _______________________ ikkinchi tomondan (birgalikda – Tomonlar deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning 10-iyulidagi 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida Nizomga (keyingi o‘rinlarda – Nizom), shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq ushbu shartnomani, keyingi o‘rinlarda “Shartnoma” deb yuritiladi, quyidagilar haqida tuzdilar: 1. Shartnoma mazmuni 1.1. Ushbu Shartnoma shartlari, Nizom talablari va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq Markaz Ariza beruvchining mehmonxona xizmatlarini (sertifikatlashtirish obyektini) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlashtirish o‘tkazadi, Ariza beruvchi ushbu Shartnoma shartlariga binoan sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarning haqini to‘laydi. 1.2. Ushbu Shartnoma bo‘yicha sertifikatlashtirish obyektining (xizmatlarning) normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash (keyingi o‘rinlarda – baholash) ushbu Shartnomaning maqsadlari uchun Markaz tomonidan o‘rnatilgan tartibda tuziladigan komissiya tomonidan o‘tkaziladi. 2. Tomonlarning majburiyatlari 2.1. Ariza beruvchi: 2.1.1. sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarga haq to‘lashni o‘z vaqtida amalga oshirishi lozim; 2.1.2. komissiya raisi va (yoki) a’zolari Ariza beruvchining kerakli hujjatlaridan bemalol foydalanishlarini va sertifikatlashtirish obyektining hududlariga erkin kirishlarini ta’minlashi lozim; 2.1.3. normativ hujjatlar talablariga binoan komissiya raisi va (yoki) a’zosining birinchi talabiga ko‘ra zarur hujjatlarni taqdim qilishi lozim; 2.1.4 o‘z imkoniyatlari chegarasida komissiya ishi uchun sharoit yaratishi, shu jumladan foydalanish uchun alohida ish joyi (isitiladigan, havo konditsiyalanadigan), ofis mebeli va texnik vositalar hamda aloqa vositalari ajratishi va komissiyaning sifatli ishlashi uchun zarur bo‘lgan boshqa sharoitlar yaratishi lozim; 2.1.5 zarur hollarda komissiya raisining talabiga binoan komissiya ishida boshqa shaxslar (mutaxassislar) ishtirokini ta’minlashi lozim; 2.1.6. sertifikatlashtirish vaqtida aniqlangan nomuvofiqliklarni Nizomda belgilangan tartib va muddatda bartaraf etishi lozim; 2.1.7. sertifikat berish to‘g‘risida qaror olingan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kun ichida Markazga sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llashga to‘lov hisobini taqdim etishi lozim; 2.1.8. sertifikat berish to‘g‘risida qaror olingan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kun ichida Markazga sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llashga to‘lov hisobini taqdim etishi, ushbu to‘lovni Markazning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan to‘lashi hamda Markaz bilan sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqini taqdim etish to‘g‘risida bitim (keyingi o‘rinlarda – bitim) imzolashi lozim; 2.1.9. sertifikatlashtirishga qo‘yiladigan, turizm xizmatlarini standartlashtirish sohasida normativ hujjatlarning boshqa talablariga rioya qilishi lozim. 2.2. Markaz: 2.2.1. Nizom va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatda sertifikatlashtirishni o‘tkazishi lozim; 2.2.2. Nizomda belgilangan tartib va muddatda sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilishi lozim; 2.2.3. Nizomda belgilangan tartib va muddatda sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorni Ariza beruvchiga yuborishi lozim; 2.2.4. sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan holatlarda Nizomda belgilangan tartib va muddatda bitim rasmiylashtirishi va sertifikat berishi lozim; 2.3.Tomonlar ushbu Shartnomaga muvofiq olingan ma’lumotlarning sir tutilishini ta’minlashi lozim. 2.4. Nizomning 10-ilovasiga binoan shakl bo‘yicha tuzilgan sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasi sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar o‘tkazilganligining tasdig‘i hisoblanadi. 2.5. Zarurat bo‘lganda Markaz yoki komissiya raisi boshqa mutaxassislarni sertifikatlashtirishda ishtirok etishga jalb qilish huquqiga ega. Download 168.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling