Sertifikatlashtirish to‘G‘risida 155-sonli shartnoma toshkent sh. 16-mart 2021-y


Download 168.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi168.96 Kb.
#1240112
1   2   3   4
Bog'liq
155 RIZQIROZ

5. Nizolarni hal etish 
5.1. Ariza beruvchi Markazning qarorlaridan norozi bo‘lgan hollarda ushbu qaror bo‘yicha “O‘zstandart” Agentligi yoki Sudga murojaat qilish 
huquqiga ega. “O‘zstandart” Agentligining qarori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Sudda ko‘rib chiqilishi mumkin. 
5.2. Ushbu Shartnoma bo‘yicha barcha hal etilmagan nizolar Markazning joylashgan joyi bo‘yicha iqtisodiy sudda ko‘rib chiqiladi. 
 
6. Fors-major 
6.1. Ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning to‘liq yoki qisman bajarilmasligi agar ushbu majburiyatlarning amal qilish vaqtida yengib bo‘lmas 
kuchlarning harakati oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa, yoki ushbu holatlar mazkur Shartnomani bajarmaslikka bevosita ta’sir qilgan bo‘lsa tomonlar 
majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar. 
6.2. Agar yengib bo‘lmas kuchlar natijasida obyektga jiddiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, Tomonlar, imzolangan vaqtdan boshlab ushbu Shartnomaning 
ajralmas qismi hisoblanadigan qo‘shimcha kelishuv tuzib, ish bajarishning yangi muddati va uning narxini kelishishlari lozim yoki amaldagi 
qonunchilikka muvofiq Shartnomani bekor qilish tartib-taomilini bajarishlari kerak. 
6.3. Agar ishlar yengib bo‘lmas kuchlarning harakati boshlanguncha amalda bo‘lgan ushbu Shartnomaga binoan belgilangan tartibda davom ettirilishi 
mumkin bo‘lsa, ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmas kuchlar va ularning oqibati amal qilishi davomidagi 
vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi. 
 
7. Shartnomaning amal qilish muddati va bekor qilish tartibi 
7.1. Ushbu Shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va Ariza beruvchiga berilgan sertifikatning amal qilish muddati tugaguncha amal 
qiladi. 
7.2. Ushbu Shartnoma mazkur shartnomada nazarda tutilgan holatlarda va qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinishi mumkin. 
8. Boshqa shartlar 
8.1. Ushbu Shartnomaga doir barcha o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar va tuzatishlar yozma shaklda rasmiylashtirilgan bo‘lsa va ikkala tomon tarafidan 
imzolangan bo‘lsa haqiqiy hisoblanadi. 
8.2. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan holatlarda Tomonlar Nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladilar. 
8.3. Tomonlar pochta (yuridik) manzillari va bank rekvizitlari o‘zgargan holatlarda bir-birlariga darhol xabar berishlari kerak. 
8.4. Ushbu Shartnoma 2 (ikki) nusxada o‘zbek tilida tuzildi, Tomonlarning har birida bir nusxadan saqlanadi va bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi. 

Download 168.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling