Mavzu: Ma'muriy protses


Download 1.4 Mb.
Sana22.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1223121
Bog'liq
Ma\'muriy protses

Mavzu: Ma'muriy protses

Orziqulov Ozodbek


Demak, ma’muriy protsess jismoniy va yuridik shaxsning qaysidir ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini amalga oshirish uchun ma’muriy organga murojaat etishidan yoxud murojaatdagi iltimos qanoatlantirilmagan taqdirda yuqori turuvchi organ yoki sudga shikoyat qilish vaqtidan boshlanadi.
Ma’muriy-boshqaruvi protsessi deganda ma’muriy organlarning jismoniy va yuridik shaxslar bilan tashqi boshqaruv faoliyatiga kirishish jarayonidir. Ushbu jarayonni “ma’muriy protseduralar” deb ham ataladi. Misol uchun: davlat ro‘yxatidan o‘tish jarayoni.
Ma’muriy boshqaruv protsessi quyidagi xususiyatlarga ega:
boshqaruv-huquqiy tabiatga ega;
• davlat hokimiyati ijro etuvchi bo‘g‘inini amalga oshirishning yuridik shakli hisoblanadi;
• asosan ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi;
• ma’muriy huquq moddiy me’yorlarining amalda tatbiq etilishini ta’minlaydi.
Ma’muriy yustitsiyaviy protsess deganda ma’muriy organlarning jismoniy va yuridik shaxslar bilan ma’muriy-huquqiy faoliyat doirasida yuzaga kelgan ommaviy-huquqiy nizolarni ko‘rib chiqish va hal etish jarayonidir
Ma’muriy-yustitsiyaviy protsess bevosita ma’muriy (ommaviy) nizo bilan bog‘liq tushunchadir. Ma’muriy yustitsiyaviy protsessga oid eng asosiy qonun hujjatlaridan biri bu 2018-yilning 25-yanvar kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksidir.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling