Қадимги Хитойда фалсафий қарашларнинг шаклланиши Немис мумтоз фалсафаси ва унинг ўзига хос хусусияти
Download 11.13 Kb.
|
2 5251544417914849495
BI-50 Nomozov Shoyim Вариант-14 1. Қадимги Хитойда фалсафий қарашларнинг шаклланиши 2. Немис мумтоз фалсафаси ва унинг ўзига хос хусусияти. JAVOBLAR 1. Xitoy falsafasi o‘zining gullab-yashnagan vaqtiga «urushuvchi davlatlar» deb atalgan davrda erishdiki, uni Xitoy falsafasining «oltin davri» (er.av. VI-III asrlar) deb atadilar. Asosiy falsafiy yo‘nalishlar quyidlagilardan iborat edi: in-yan, konfutsiychilik, daosizm, ismlar maktabi, moizm, legizm. Konfutsiychilik axloqiy qoidalar va ijtimoiy boshqaruv masalalariga diqqat-e'tiborni qaratdi. Konfutsiychilik uchun eng mukammal namuna o‘tmish edi. Konfutsiy (er.ol. 551-449 yy.) o‘zi haqida shunday degan edi: «Eskini bayon qilaman va yangini yaratmayman». U va uning izdoshlari jamiyatning parchalanib ketishidan bezovta bo‘lganliklari sababli asosiy e'tiborni insonni o‘z atrofdagilarga va jamiyatga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga qaratdilar. Shaxs o‘zi uchun emas, balki jamiyat uchun shaxsdir. Konfutsiychilik axloqi insonni uning ijtimoiy vazifasi bilan bog‘liq ravishda tushunadi, ta'lim va tarbiyani esa, insonni ana shu vazifasini bajarishga olib keladigan narsa sifatida idrok qiladi. Konfutsiychilik Sharq xalqlari ongida shunday axloqiy me'yorlarni shakllantirdiki, o‘zining omma ongiga ta'sir kuchi jihatidan uni Injildagi 10 diniy buyruq bilangina solishtirish mumkin. Bu avvalo besh muqimlik yoki besh fazilat - insonparvarlik, burchga sodiqlik, tavfiqlilik, aqlga muvofiqlik, haqiqatgo‘ylikdir. Shuningdek, konfutsiychilik besh aloqa qoidasini, ya'ni jamiyatdagi munosabatlar tizimini ham ishlab chiqdi - bular davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi, ota-onalar bilan bolalar, er va xotin, kattalar bilan kichiklar va do‘stlar o‘rtasidagi munosabatlardir. Xo‘jayinga sodiqlik va vafodorlik eng muhim va ustun sanalar edi. Konfutsiychilikning asosiy axloqiy-siyosiy qoidalari quyidagilardan iborat edi: • «xalqni shafqat bilan boshqarish va xalq ichiga xulq-atvor qoidalari yordamida tartibni joriy qilish»; • «osmon irodasidan qo‘rqish» va «o‘lganlar ruhini hurmat bilan yodga olish»; • «tug‘ma bilimlarga ega bo‘lganlar» (mukammal donishmandlar) va «o‘qish-o‘rganish natijasida bilimga ega bo‘lganlar» mavjudligini tan olish, ya'ni o‘qish-o‘rganish tufayli bilimlarni kasb etish imkoniyati borligi va ta'lim-tarbiyaning buyuk rolini qayd etish; • «Oltin o‘rtamiyonalik yo‘li», «ikki qarama-qarshi qirrani qo‘lda ushlab, ammo xalq uchun o‘rtachasidan foydalanish»33 qoidasini qo‘llash, ya'ni qarama-qarshiliklarni yumshatish va murosasozlik nazariyasiga rioya etish. 2. GEGEL (Hegel) Georg Vilgelm Fridrix (1770. 27. 8, Shtutgart — 1831. 14. 11, Berlin) — yirik nemis faylasufi, nemis mumtoz falsafasining eng mashhur vakili. 1788—93 yil larda Tyubingen in-tida taxsil olgan. Bu yerda falsafa va ilohiyotni oʻrgangan. Bernda (1793—96), Frankfurtmaynda (1797—1800) zodagon oilalarda oʻqituvchi, Iyena (1801—07), Geydel-berg (1815—18) universitetlarida prof., Nyurnberg gimnaziyasida (1807—16) direktor, ayni paytda, "Bamberg gazetasi" da muharrir, Berlin universiteti prof. (1818-28), rektori (1829-30). G. oʻz taʼlimotini butun Gʻarb falsafasi rivojining yakuni, deb hisoblagan boʻlsada, aslida, uni Yangi davr Yevropa falsafasi taraqqiyotining soʻnggi, yuqori bosqichi deyish mumkin. G. falsafiy taʼlimotida barcha tabiiy va ijtimoiy hodisa hamda jarayonlarning tubida "olamiy ruh", "olamiy aql", "mutlaq ruh", "mutlaq gʻoya", deb atalmish mavhum ruhiy ibtido borligini asoslashga harakat qilgan. Mazkur ruhiy ibtido shuning uchun ham olamiy, mutlaqki, uning mavjudligi hech qanday boshqa narsaga bogʻliq boʻlmay, u tabiat va jamiyat vujudga kelgunicha mavjud boʻlgan. Bu maʼnoda, "olamiy", "mutlaq" ruh tushunchasi "ilohiy ong" tushunchasiga hamohang va mutanosibdir. Faylasufning eʼtirof etishicha, falsafaning mazmuni, uning ehtiyoj va manfaatlari dinning ehtiyoj hamda manfaatlari bilan tamomila mushtarak, umumiydir; dinga xos narsa abadiy haqiqat, xudo va uni anglashdir; falsafa dinni qay darajada kashf qilsa, oʻzini shu darajada namoyon etadi va aksincha, u qay darajada oʻzini namoyon etsa, dinni shu darajada kashf qiladi; din va falsafa oʻzaro mutanosibdir. G. ning fikricha, agar xudo dinda eʼtiqod shaklida tasavvur qilinsa, u falsafada mantiqiy yoʻl bilan bilinadi. G.ning taʼkidlashicha, xudo barcha narsalarda mavjud boʻlib, u faqat sof tafakkurdagina, oʻzining mohiyatiga mutanosib shaklda, mukammal namoyon boʻladi. G. falsafasida yakun topgan mutlaq bilim xudoning inson timsolidagi "oʻzini oʻzi bilishdan" boshqa narsa emas. Download 11.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling