Adl ila olam yuzin obod qila…
Download 132,14 Kb.
|
ma\'naviyat o\'quvi
Kelib ayni inson-u insoni ayn,
Jahon vorisi Shoh Sulton Husayn. Ki to bo‘lsa gardung‘a davvorliq, Anga boqiy o‘lsun jahondorliq. Xaloyiqqa bu shahdin o‘lsun nishot, Dame bo‘lmasun xoli andin bisot. “Mahbub ul-qulub”da ham, “Munshaot”da ham “Bir soatlik adolat ikki dunyo (insonlar va jinlar dunyosi) ibodatidan yaxshiroq” hadisini keltirib, adolatning maqomi qay darajada ulug‘ ekanligini ta’kidlaydi shoir. Alisher Navoiy tili zolim, johil, fisq-u fasodchi podshohlar haqidagi to‘rtinchi faslda o‘tkir tig‘ kabi jaranglaydi. Uni shunday yakunlaydi: “Tengri mundoq balolarni Adam chohidin vujud taxtgohig‘a kelturmasun va yo‘qluq zindonidin borliq shahristonig‘a yetkurmasun». She’riyattuyg’ular gulshani, davrning aks sadosi. Unda shoir nigohi bilan borliq va olamni tuyishning qalb o’rtanishlari aksini ko’rish mumkin. Xalq ruhiga ozodlik, vatanparvarlik tuyg’ularini singdirishda she`riyatning roli va o’rni beqiyosdir. She`riyat o’ziga xos timsollar, ramz va istioralar, ohanglar orqali kishi ruhida shunday buyuk tuyg’ular uyg‗otadiki, ularni qilich va qurol kuchi bilan ham yo’q qilib bo’lmaydi. Shaxs omili davrni, jamiyatni yangilashga, unga yangi ruh va kayfiyat bahsh etishga doimo intiladi. Bu har qanday zamon va makon bo’lmasin shaxsga xos xususiyatdir va shu bilan birga zamon va makon bilan ham bir-birini taqozo etuvchi omil hamdir. Ko’rib turgan real voqelikni qayta yangilash ishtiyoqi, ayniqsa, ijodkor shaxsida yaqqol namoyon bo’ladi. Ijodkor asari – she`rida o’z qalb to’lqini va epkinlariga hamohang u yashagan davrning shiddatli ritmi aks etib bo’y ko’rsatib turadi. Erkin Vohidov o’zbek xalqi qalbida sermazmun she`rlari bilan chuqur iz qoldirgan, o’z ijodida Vatanga bo’lgan muhabbatni tarannum etgan vatanparvar shoirlarimizdan biri, noyob iste`dod sohibidir. Erkin Vohidov asarlarining mavzu, ma`no doirasi keng. Uning ijodida Vatan, xalq tarixi, taqdiri tasviri, ona yurti, uning boy, shonli tarixi bilan faxrlanish tuyg’usi muhim o’rin tutadi. Shoir she`rlarida vatanparvarlik, vatanga sadoqat ruhi furib turadi. Bu tuyg’u, ayniqsa, ―O’zbegim‖ qasidasida o’zining yorqin ifodasini topdi. 60-yillarda ―O’zbegim‖ qasidasi shoir she`riyatining eng avj pallasi bo’lgan. Darsliklardan joy olgan bu asar millatning sha‘ni-g’ururi toptalgan, tarix darsliklarida xalqimizning shonli o’tmishi qora bo’yoqlar bilan bo’yalgan, har tongda kuylanadigan davlat madhiyasi ulug’ otaga, partiyaga hamdu sanolar bilan boshlanadigan zamonlarda kechmishning shonli sahifalarini ulug’lovchi O’zbegim qasidasi g’ayrirasmiy milliy madhiyaga aylandi. Shu tariqa O’zbegim‖ 60-yillari birin-ketin chop etilgan beshta she`rlar to’plami, ―Nido, ―Palatkada yozilgan doston‖lardagi ijodiy izlanishlarning muayyan yakuni bo’ldi. Qasidani o’qir ekansiz, o’zbekning Pomiru Tyanshonga tengdosh, Ming asrlar ichra pinhon tarixi birma-bir ko’z oldingizdan o’tadi. Qasidaning ilk satrlaridanoq vatanga, o’zbek xalqi, uning buyuk tarixiga bo’lgan muhabbat, hurmat-ehtirom, g’urur va iftixor tuyg’ulari yaqqol sezilib turadi: Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon o’zbegim Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tyanshon, o’zbegim. O’zbekning tarixi ming yillar davomida pinhon bo’lib keldi. U Pomiru Tyanshan tog’lari bilan tengdosh. Ularning sir-sinoatlari kabi yurtimizning sir- sinoatlari shunchalik ko’pdir. Afrosiyob Samarqandning qadim yodgorligi. Biz ko’rmagan asrlarni ko’rgan Afrosiyob o’zbeklarning buyuk o’tmishini so’ylasin deya o’zbekni tarix shodasining bitta marjoniga qiyoslaydi. So’ylasin Afrosiyobu So’ylasin O’rxun xati Ko’hna tarix shodasida Bitta marjon, o’zbegim. Tariximizga, adabiyotimiz tarixiga bir nazar tashlaydigan bo’lsak, yetuk shoir-u, shoiralarimizning ijod namunalarini ko’rib ulug’ iqtidor egalarining avlodlari ekanliginmizga yana bir karra amin bo’lamiz. Ammo ana shunday iqtidor egalari hayot so’qmoqlarida zamon qurboniga aylanishdi. O’zbekning erkin malikasi, buyuk shoira Nodira va uning fojiasi o’tmishimizning bir guli so’lishini Erkin Vohidov mahorat bilan tasvirlagan. She`riyatning gulshanida So’ldi mahzun Nodira Siym tanni yuvdi ko’z yosh, Ko’mdi armon, o’zbegim. Buyuk shoir Firdavsiy ―Shohnoma‖ asarining muallifi. U ―Shohnoma asarida xalqlar tarixini yoritgan, ammo shoir e`tiroficha, mingta Firdavsiy ham o’zbek xalqining buyuk o’tmishini qog‗ozga solishga ojizlik qiladi. O’zbekning buyuk tarixga ega ekanligini ko’rsatib, bir bor chekkan ohini mingta dostonga qiyoslaydi. Tarixing bitmakka xalqim, Mingta Firdavsiy kerak. Chunki bir bor chekkan ohing Mingta doston, o’zbegim. So’z mulkining sultoni Alisher Navoiyning ulug’ligini yana bir bor bayon qiladi. Yurtimiz hech bir yurtdan kam emas. Uning buyukligini dunyoga ko’rsatuvchi ulug’ ajdodlari, Navoiydek siymolari bor. Bundan faxrlanmaslikning, ko’ksi osmon bo’lmaslikning hech iloji yo’q. Menga Pushkin bir jahonu Menga Bayron bir jahon. Lek Navoiydek bobom bor Ko’ksim osmon, o’zbegim. Shoir o’z qasidasini xalqiga armug’on etib, bu uning bergan oq sut-u tuz hurmati ekanligini ta`kidlaydi. Bu bilan Vatanni Onaga qiyos etgan bo’lsa ajabmas. Bu qasidam senga, halqim, Oq sut-u tuz hurmati. Erkin o’g’lingman qabul et, O’zbegim, jon o’zbegim She`rda yurtiga bo’lgan cheksiz muhabbati, ojiz kunlariga achinish hissi, buyuk insonlaridan faxrlanish o’zbekligidan g’ururlanish tuyg’ulari aks ettirilgan. Vatan nima o’zi aslida?!... Biz tug’ilib o’sgan tuproqmi?! Zamin yo hududmi?! Shunday bo’lsa, u nimasi bilan muqaddas va mo’tabar, nimasi bilan qutlug’ va ulug’?! Nega inson uni qadriyat sifatida e`tirof etadi? Shoir qalbida bunga javoban yana bir she`rida quyidagi misralar yangraydi: Yo’q, mo’tabar emas asli er, Qutlug’ emas tuproq hech qachon. Muborakdir inson to’kkan ter, Mo’tabardir qutlug’ toza qon Aslida yerning, tuproqning mo’tabar va hech qachon qutlug’ emasligini e`tirof etayotgan shoir bu tuproq, yer-u zamin inson omili bilan bog’liq ekanligini ta`kidlaydi. Zaminu yer, bu tuproq inson to’kkan ter, ya`ni insonning shu Vatan uchun, tug’ilib o’sgan yurt, diyori uchun chekkan zahmatlari, ko’rsatgan fidoiyliklari, qahramonliklari, nainki uning tug’ilib o’sgan go’shasi, balki umri davomida Vatan deb atalmish ma‘voni tushunish u uchun bosib o’tilgan yo’lning inson bilan chambarchas bog’liq holda anglanishini ta`kidlaydi. Yeru tuproqning muqaddas va mo’tabarligi, qutlug’ va ulug’ligi sababini ajdodlarining tuproqqa to’kilgan teri va qoni barobarida tushuntiradi. Erkin Vohidovning 1974-yilda yozilgan ―O’zbekiston she`ri Sovet O’zbekistonining 50 yillik yubileyiga bag’ishlangan faxriya bo’lib, she`rning ibtidosidanoq anglashilib turibdi. Shoir tug’ilib o’sgan yurtining to’yi, shodiyonasi sabab qo’lga qalam olganligini, yurtining vasfini qog’ozga tushirayotganligini ilk misralardayoq aytib o’tadi. Yurtim, Seni yana oldim qalamga To’ying, shodiyonang bahona bo’lib Yana kelib qo’nding tonggi misramga Falak nisor etgan durdona bo’lib. Iqbol peshonamga bitgan oshyonim — O’zbekistonim. 1924-yil 31-oktabrda O’zbekiston SSR Inqilobiy Komiteti (revkom) tuzildi, u O’zbekiston respublikasi tuzishni boshqarib bordi . ―Asli ellik emas, ellik ming yoshing‖ deganda shoir sho’ro hukumati tomonidan 1924 yilda tashkil etilgan O’zbekistonning yoshi, tarixi uzoq moziylarga qadar ekanligini ―ellik ming yoshing tarzida ifoda etib o’tadi. Asli ellik emas, ellik ming yoshing, Kechmishing tarixlar nariyog’ida. To’marisdek ona Kayxisrav boshin Qon to’la sanochga solgan chog‗ida, Spitamen kamon tutib dastida Maroqandni saqlab turganda uzoq, Yovni adashtirib o’lim dashtida Ko’krak ochib qah-qah urganda Shiroq, Hali o’zbek emas, lekin olamga Mashhur eding soqu sug’d ona bo’lib. Iskandarni majruh etgan kamonim — O’zbekistonim. Yurtning shonli tarixga ega ekanligini tilga olib, elu ulusi, vatani, xalqi uchun jon fido etgan, mard, jasur, elining asl qahramonlarni bir-bir tilga olib o’tadi. Shoir Ona yurtini ―Iqbol peshonasiga bitgan oshyonga, jahon ichra tengsiz jahonga, alp pahlavonga, Iskandarni majruh etgan kamonga, buyuklar tan bergan buyuk dostonga, Barchinning ko‗ksida qolgan armonga, Barnodek, Anbardek dili so’zonga, do’stlik ipak yo’li ochgan karvonga, parvonadek kuyib o’rtangan jonga, taqdir sahrosida zoru sarsonga, kulib turgan, yorug’, munis makon‖ga qiyoslab, unga ―o’lkam, onajonim, yuragim, jonim‖ deya murojaat etadi o’z yurtidan yuksak faxr hissini tuyadi. Shoir baxti shundaki, uning har bir asari qa‘ridan san`atkorning betakror uslubi, ovozi, o‗zligi aniq, tiniq bilinib, eshitilib, ko‗rinib turadi. Vatan mehri, Vatan sog’inchi, Vatan borligi uchun tinmay mehnat qilib, elu yurtga foydasi tegadigan inson bo’lishni xohlaydi. Erkin Vohidov o’zbek adabiyoti uchun o’ziga xos ijod maktabini yaratdiki, bu maktab xalqimiz tomonidan qizg’in qarshi olindi. Xalqchil ohanglarga yo’g’rilgan bu maktab davr muhitini yorib o’tib, xalqimiz qalbiga yetib bordi va elimizning eng ardoqli ma`naviy xazinasiga gavhar bo’lib qo’shildi. Uning yozganlarida insonlar ruhining tub tubigacha yetib boruvchi samimiy ohanglar ufurib turadi. Bu ohanglar xalqchil ruh bilan sug’orilgan bo’lib, xalqning ma`naviyatini yuksalishiga xizmat qiluvchi qimmatbaho bir manbaga aylanib ulgurdi. Vatan madhini kuylagan, yurt, xalq dardini o’zining dardi deb bilgan va o’z ijodida takrorlanmas satrlarda ifoda eta olgan shoir sifatida yuksak cho’qqilarni zabt etdi. Download 132,14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling