Adl ila olam yuzin obod qila…
Download 132.14 Kb.
|
ma\'naviyat o\'quvi
Ulkan qadam
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi asosida parlamentga va mahalliy kengashlarga ilk bor o‘tkazilgan saylov jarayonida orttirilgan tajriba milliy saylov qonunchiligi va amaliyotida ayrim bo‘shliqlar va yechimini kutayotgan muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Shu yil 8 fevral kuni imzolangan “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bu boradagi vazifalarni hal etishga qaratilishi bilan birga, fuqarolarning saylov huquqi kafolatlarini, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kengroq ta’minlashdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Ushbu qonunning mazmun-mohiyati va ahmiyatiga muxtasar to‘xtaladigan bo‘lsak, demokratik saylovlarning zarur va muhim shartlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi rahbarligida barcha darajadagi saylov komissiyalari tizimi mustaqilligini ta’minlash borasida ulkan qadam qo‘yilganini alohida ta’kdlamoqchiman. Jumladan, Markaziy saylov komissiyasi va saylov komissiyalari a’zolarining maqomi qonunan yanada mustahkamlandi. Saylov kodeksining tegishli modalariga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, Xalq deputatlari tuman, shahar (Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi bundan mustasno) kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tuzish amaliyotidan voz kechildi. Sababi - o‘zini oqlamadi. Bunday okruglar komissiyalari hududidagi uchastka saylov komissiyalari soni, mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, uchtadan oshmasdi. Muqoyasa uchun: parlament deputatlari saylanadigan okruglarning har biriga yuztagacha uchastka saylov komissiyasi to‘g‘ri keladi. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining optimallashtirilishi natijasida 54 mingdan ortiq a’zodan iborat 5739 okrug saylov komissiyasi endi tuzilmaydi. Bunday maqbullashtirish ortiqcha vaqt, mehnat va inson resurlarini jalb qilish tashvishiga chek qo‘yish bilan birga, ma’lumotlarga qaraganda, davlat byudjetining 33 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ini tejash imkonini ham beradi. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari instituti tugatilishi va ularning vakolatlari tuman (shahar) saylov komissiyalari zimmasiga yuklanishi munosabati bilan tuman, shahar saylov komissiyalari tarkibi 21 nafar a’zogacha kengaytirildi. Saylov kodeksining 25-moddasida “uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas”ligi alohida qayd etilgan. Bu ta’kidning boisi ma’lum: saylov jarayonida suiiste’molchilik, tanish-bilishchilik kabi salbiy holatlarning oldini olish. Ammo shifoxonalar, dam olish uylari, harbiy qismlar, mamlakatimizning chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari kabi muassasalarda, ularning qat’iy ichki tartib-qoidalari talablaridan kelib chiqqanda, saylov uchastkasi a’zolarini bunday tartibda tuzish qiyinligi ham ayon. Shu bois, kodeksning mazkur moddasi uchinchi qismiga: “bundan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, boshqa stasionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno”, degan qoida kiritildi. Endilikda chet davlatlarda istiqomat qilib turgan O‘zbekiston fuqarolarini, diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, saylovchilar ro‘yxatiga kiritish tartibi, xorijiy mamlakatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyida ko‘chma qutilar orqali ovoz berishning huquqiy asoslari mustahkamlandi. Shuningdek, siyosiy partiyalar faoliyatining moliyaviy shaffofligini ta’minlash maqsadida ular tomonidan saylovdan oldin oraliq va saylovdan so‘ng yakuniy moliyaviy hisobotlarni hamda Hisob palatasining partiyalar faoliyatini tekshirish natijalarini e’lon qilish tartibi joriy etildi. Aslini olganda, saylov qonunchiligiga saylov jarayonini takomillashtirishga qaratilgan har bir o‘zgartish yoki qo‘shimcha, u kimgadir “arzimasdek” tuyulsa-da, ulkan zahmat, chuqur tahlil va amaliy sinovlar evaziga amalga oshiriladi. Zero, milliy saylov tizimidagi o‘zgarishlar mamlakatda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va rivojlanish, siyosiy-huquqiy yuksalishning mantiqiy davomidir. Download 132.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling