Adl ila olam yuzin obod qila…
Izchil islohotlar samaralari
Download 132.14 Kb.
|
ma\'naviyat o\'quvi
Izchil islohotlar samaralari
Joriy yilning 31 may kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ham 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan demokratik yo‘nalishdagi ana shunday izchil islohotlar berayotgan samaralardan biridir. Qayd etish zarurki, ushbu qonun loyihasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashilotining (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) saylovlar bo‘yicha missiyasining mamlakatimiz saylov tizimi va qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalariga binoan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan edi. Bu qonun ijodkorligi tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi hamda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni ochiq, shaffof va mustaqillik prinsiplari asosida o‘tkazishda xalq hokimiyati va siyosiy plyuralizmning huquqiy asoslarini mustahkamlash va saylov tizimini bosqichma-bosqich modernizasiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlarga uyg‘undir. Amaldagi saylov qonunchiligining tahlillari saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish hamda saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar berish borasida muayyan muammolar borligini ko‘rsatdi. Jumladan, ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga oid qoidalarda saylovoldi targ‘ibotini o‘tkazish uchun ham mahalliy hokimliklardan ruxsat olinishi shartligi belgilangan. Yangi qonun asosida Saylov kodeksining 48-moddasiga kiritilgan qo‘shimchaga binoan endi ushbu talab bekor qilindi: “Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilishi joyi va vaqti haqida tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o‘tkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi”. O‘tgan parlament saylovi oldidan siyosiy partiyalar va ularning nomzodlari tomonidan saylovchilar ishtirokida yuzlab ana shunday ommaviy tadbirlar o‘tkazilganini hisobga olsak, mavjud muammoning g‘oyat demokratik o‘zanda hal etilgani, talay byurokratik to‘siqlar barham topgani ayon bo‘ladi. Download 132.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling