Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati


Download 13.87 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi13.87 Kb.
#245955
Bog'liq
4-Maktab Navoiy bayyonnomasi 34362


Xonqa tuman 4-son umumiy o’rta talim maktabining “Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati” bilan tadbir

BAYONNOMASI

8 fevral 2021 yil Qoraqosh qishlog’i






Qatnashdilar:

Maktab direktori va o’rinbosarlari, o’qituvchilar va o’quvchilardan jamoasi

KUN TARTIBI:



Soz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bagishlab otkazilgan mushoira kechasi togrisida

ESHITILDI:

Yig’ilishni maktab direktori X.Jumamuronov ochiq deb e’lon qilib so’zni kun tartibidagi masala bo’yicha maktab MMIBDO’ G’.Xolmurotov berdi. G.Xolmurotov so’zga chiqib, Respublikamizning barcha ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilayotgan, so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab, bir qator tadbirlar Navoiyxonlik kechalari o’tkazilayotganligini va bizning maktabimizda xam bu sana yuqori saviyada tashkil qilinib o’tkazilganligini bildirdi. Shu munosabat bilan maktabning o’quvchilari o’rtasida “Navoiyga ta’zim” mavzusida Navoiyxonlik mushoira kechasi bo’lib o’tganligini va bu kechada o’quvchilar faol ishtirok etganliklarini aytib o’tdi. Kechani maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi R.Jumaniyozova va F.Panayeva tomonitan tashkil qilinganligi va tadbir davomida o’qituvchilar A.Navoiy g’azallari bilan aytiladigan qo’shiqlar kuylanganligini aytib o’tdi.

Bundan tashqari tuman markaziy axborot resurs markazi xodimlari tamonidan mazkur tadbirni ko’rgazmalar bilan boyitganligini xam aytib o’tdi. So’z mulkinig sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan Navoiyxonlik mushoira kechasi belgilangan yuqori saviyada o’tkazilganligini bildirdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori X.Jumamurotov so’zga chiqib, so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi Respublikamizda keng nishonlanishi, Respublikamizning bir qator joylarda uning nomi bilan tashkil qilingan muzeylar, xiyobonlar, qishloqlar to’g’risida fikrlarini aytib, A.Navoiy ijodidan misralar keltirib, u yozib qoldirgan dastonlar, g’azallar xozirgi kunda xam o’z kuchini yo’qotmaganligini to’g’risida o’zining fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yuqoridagilarni tinglab va atroflicha muhokama qilib, yig’ilish

QAROR QILADI:



  1. Kun tartibidagi masala so’z mulkinig sultoni mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir to’g’risidagi MMIBDO‘ G’.Xolmurotovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Tadbirda faol ishtirok etgan o’quvchilarga maktab ma’muriyati tamonidan faxriy yorliq va estalik sovg’alari bilan tag’dirlansin.

  3. Maktab kutubxonasida Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan burchak tashkil qilinsin.

  4. Ushbu qarorni nazorat qilish maktab MMIBDO’‘ G’.Xolmuronov va Yoshlar yetakchisi M.Abdirimjvga yuklatilsin

Maktab direktori: X.Jumamurotov

MMIBDO’: G’.Xolmurotov
Download 13.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling