Ado. Net vositalari orqali dbga ulanishlar, sql


Download 95.06 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi95.06 Kb.
#1414812
  1   2   3   4
Bog'liq
1-dars(Entity Framework) (2)


1-Amaliy mashg’ulot. Entity Framework ga kirish
Entity Framework – .NET Framework asosida ma’lumotlar bilan ishlashni ta’minlovchi maxsus ob’ektga yo’naltirilgan yondashuvni ifodalaydi. Agar an’anaviy ADO.NET vositalari orqali DBga ulanishlar, sql-buyruqlar va boshqa shu turdagi ob’ektlar orqali DB bilan ishlash amalga oshirilsa, Entity Framework orqali yuqori darajadagi abstraktsiya hosil qilinib, DB va undagi ma’lumotlarni saqlagichlar tipidan qat’iy nazar abstraktsiyani tashkil qilishga imkon yaratadi.
Entity Framework da fizik darajada jadval, indeks, birlamchi va ikkilamchi kalitlar bilan ish ko’rsak, konseptual darajada ob’ektlar ustida amal bajariladi.
Entity Framework - 1.0 versiya – 2008 yil yaratilgan bo’lib, chekli funksionalga ega bo’lib, oddiy ORMni va DB bilan ishlashda faqatgina Database First yondashuvni amalga taklif qilgandi.
2010 yilda 4.0 versiya yaratilgach, ushbu texnologiya DB bilan ishlashda yetakchi texnologiya sifatida ishlatilmoqda. Ushbu versiyada Model First va Code First kabi yondashuvlar yaratildi.
2012 yilda ishlab chiqilgan 5.0 versiyada qo’shimcha imkoniyatlar taklif qilindi.. 2013 yilda esa Entity Framework 6.0 yaratilib, ma’lumotlarga asinxron доступни taklif qiladi.
Entity Framework ning markaziy kontsepsiyasi sifatida element yoki entity ishlatiladi. Element – muayyan ob’ektni ifodalovchi ma’lumotlar to’plamidan iborat. Shuning uchun ushbu texnologiyada jadvallar o’rniga ob’ektlar va ularning to’plamlari ustida amallar bajariladi.
Ixtiyoriy elementхuddi real hayotdagi ob’ekt kabi bir qator xususiyatlardan iborat.Agar element insonni ifodalasa, biz unda ism, familiya, bo’yi, yoshi оg‘irligi kabi xususiyatlarni aniqlashimiz mumkin.
Xususiyatlar oddiy int tipiga mansub qiymatni ifodalamasligi ham mumkin. Xususiyat sifatida murakkab tuzilmaga ega bo’lgan kompleks tuzilma ham bo’lishi mumkin. Har bir elementda bir yoki bir qancha xususiyatlar mavjud bo’lib, xususiyatlar orasida elementni bir qiymatli aniqlovchi xususiyat ham mavjud bo’ladi. Ushbu turdagi xususiyatlarni kalitlar deb yuritiladi.
Shuningdek elementlar bir-biri bilan birga-bir, birga-ko’p va ko’pga- ko’p aloqada bo’lishi mumkin. Elementlar o’zaro birlamchi va ikkilamchi kalitlar orqali bog‘lanadi.

Download 95.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling