Adobe After Effects dasturi haqida umumiy tushunchalar


Layer, Footage va Composition oynalari


Download 0.65 Mb.
bet5/6
Sana19.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1214812
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1524244275 71287

Layer, Footage va Composition oynalari
Composition oynasi (statistik va dinamik) filmning belgilangan kadrini aks ettirish uchu xizmat qiladi, qurilishi va vazifasiga ko’ra o’ziga xos media-fayllar proigrivateliga (Microsoft Windows Media Player yoki Quick Time) o’xshash. Boshqa yordamchi Layer va Footage oynalari ham taxminan shunday ko’rinishga ega bo’lib, Kompozitsiya tarkibiga kiruvchi yoki dastlabki materialga mos ravishda qatlamlardagi qandaydir tashkil etuvchilarni ko’rish uchun xizmat qiladi (2.11-rasm).

2.10-rasm. Bo’sh joriy kadrli Comp 1 kompozitsiyasi bilan berilgan Composition oynasi

2.11-rasm. Joriy kadrni kompozitsiyaning 2.12-rasm. Video faylni ko’rish alohida qatlamida ko’rish uchun xizmat uchun mo’ljallangan Footage oynasi qiluvchi Layer oynasi
Kompozitsiyani yoki uning alohida qatlamini, yoki dastlabki media-faylni tegishli oynada ochish uchun:

  • Composition (Kompozitsiya) oynasini ochish uchun - Project oynasidagi Kompozitsiya nomi ustiga sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi, shunda bir vaqtda Composition oynasi bilan birga Timeline oynasi ham ochiladi;

  • Layer (Qatlam) oynasini ochish uchun - Timeline oynasidagi kerakli bo’lgan Kompozitsiya qatlami ustiga sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi;

  • Footage (Media-fayl) oynasini ochish uchun - Project oynasidagi dastlabki material (video yoki audio fayl, rasm, rangli zastavka va b.)nomi ustiga sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi.

Composition va Layer oynalarining vazifasi bir tomondan Footage
oynasining o’zi, boshqa tomondan esa farq qiladi. Dastlabki ikkitasi foydalanuvchiga After Effects dasturida Kompozitsiyani tahrirlash jarayonini boshqarishi va ayni vaqtda mavjud bo’lmagan film kadrlarini aks ettirishi uchun, Footage oynasi esa dastlabki media-fayllarni ko’rish (bunda hech bir o’zgartirish imkoni bo’lmaydi) uchun xizmat qiladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling