Adobe after effects dasturidan foydalanib video kurslardan foydalanish texnologiyasi
Download 15.85 Kb.
|
tavsiyanoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAVSIYANOMASI Mavzuning dolzarbligi.
- Ishning maqsadi va vazifalari. 1.
- Ilmiy rahbar: Davlatova S Talaba: Karimov S
Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti 4-kurs talabasi Karimov Sa’dullo 5110700- “Informatika o`qitish metodikasi” ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olish uchun “Adobe after effects dasturidan foydalanib video kurslardan foydalanish texnologiyasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga TAVSIYANOMASI Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon o’quvchilari juda ziyrak, sertalab, qiziquvchan hisoblanishadi. Bola tarbiyasida, uning bilim olishida video materiallarning o‘rni juda katta. Dars jarayonlarida video materiallardan ko’proq foydalanish o’quvchilarning aqliy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish uchun jiddiy ahamiyat kasb etib beradi. Intellektual o‘yinlar va viktorinalarga boy video darsliklarni ko’proq tayyorlash ta’lim sifatini yanada oshirishi aniqdir. Bolalarning ingliz tilini o‘rganishlariga ko‘maklashadigan dasturlarni ham yaratish va ulardan foydalanishni o’rgatish bitiruv malakaviy ishining dolzarbligidan dalolat beradi. Ishning maqsadi va vazifalari. 1.Ta’lim jarayonida video mahsulotlaridan foydalanish. 2.Videorolik tayyorlash qoidalari bilan tanishish. 3.Adobe After Effects, Adobe Premiere Pro va Adobe Audition dasturlarining imkoniyatlari bilan tanishish. Ishning amaliy ahamiyati. Adobe After Effects dasturi yordamida yaratilayotgan videodarsliklar bolalarning yanada yaxshi bilim olishida muhim o‘rin tutadi. Xulosa va takliflar: BMIning birinchi bobida televideniya haqida to‘liq ma’lumotlar keltirilgan. Tasvirga olish jarayonida foydalanilgan qurilmalar, Adobe After Effects, Adobe Audition va Adobe Premiere Pro dasturi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Adobe After Effects Adobe Audition va Adobe Premiere Pro dasturlari yordamida video rolik tayyorlash, tayyorlash vaqtida effektlar qanday qilib ishlatilganligi ko‘rsatib berilgan. Bundan tashqari har bir bob yakunida xulosalar keltirilgan. Shuningdek, kompyuter texnologiyalarini qo‘llash va ulardan foydalanish bo‘yicha hayot faoliyati xavfsizligi haqida tavsiyalar berilgan. Bitiruv malakaviy ishi yakunida umumiy xulosa keltirgan. Ushbu keltirilgan masalalarning yechimini topishda bir nechta adabiyotlardan foydalangan. Ilmiy rahbar: Davlatova S Talaba: Karimov S Download 15.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling