Adobe Illustrator


Jamiyat rivojlangan sayin, informasiyalar miqdorining osha borishini qanday izoќlaysiz?


Download 1.45 Mb.
bet127/144
Sana13.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1349946
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   144
Bog'liq
Adobe Illustrator

Jamiyat rivojlangan sayin, informasiyalar miqdorining osha borishini qanday izoќlaysiz? Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari mamlakatimizda jahon axborot makoniga integratsiyalashish ishlarini jadallashtirish maqsadida AKTni jamiyatning barcha jabhalariga keng joriy qilishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda odamlar eng yangi texnologiyalar yordamida erkin muloqot qilayotgan bugungi globallashuv asrida ushbu sohada puxta o'ylangan davlat siyosatini amalga oshirish nihoyatda muhimdir. Bu borada jamiyatimizni yanada rivojlantirish va uning jahon axborot aloqasi tizimiga integratsiyalashuviga kompleks yondashish zarur. Davlat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini bosqichma-bosqich integratsiyalash asosida Milliy axborot tizimini shakllantirish, davlat organlariga o'z vazifalarini bajarish tezligi va sifatini oshirish imkonini beradigan faoliyatni avtomatlashtirish bo'yicha axborot tizimini yaratish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish hamda joriy qilish borasidagi muhim vazifalar sirasiga kiradi. Tadbirkorlik subyektlari va aholiga ko'rsatilayotgan interfaol davlat xizmatlari ro'yxatini kengaytirish va sifatini oshirish, axborot resurslaridan, jumladan, qishloq joylarda foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunda Milliy axborot tizimining axborot xavfsizligi, uning resurslarini himoya qilishga ham e'tibor kuchaytirilmoqda.Davlatimiz rahbarining qarori bilan 2012-2014 yillarda O'zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va joriy qilish dasturi tasdiqlangan bo'lib, unda tashkiliy chora-tadbirlar, AKT infratuzilmasini, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, hukumat portali, davlat organlari veb-saytlari va interfaol xizmatlarni takomillashtirish, axborot xavfsizligini ta'minlash, tijorat tuzilmalari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalarini qo'llash, aholi, shu jumladan qishloq aholisi o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ommalashtirish ishlari batafsil va yillar bo'yicha aniq belgilab berilgan. Jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish zaruruyati qayerdan paydo bo’ldi, uning asosiy sabablari nimada?Birinchidan - zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish, jumladan, davlat muassasalari va xo’jaliklar, idora va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun kompyuterlashtirilgan axborot xizmatini yo’lga qo’yish. Ikkinchidan - iqtisodiyot, fan, texnika, ta’lim va ijtimoiy sohalarda kompyuter texnikalari hamda texnologiyalarini keng qo’llash va zamonaviy kompyuterlashtirilgan axborot tizimlarini shakllantirish. Uchinchidan - respublikamizni jahon axborot tizimlari va xalqaro kompyuter tarmoqlariga ulanishini ta’minlash hamda o’zaro axborot almashinishini keng yo’lga qo’yish;


  • Download 1.45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   144




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling