Adobe Photoshop dasturi haqida ma’lumot


Download 231.16 Kb.
bet3/4
Sana19.04.2023
Hajmi231.16 Kb.
#1364608
1   2   3   4
Bog'liq
adobe

3.Adobe Photoshop dasturining ishchi muhiti.
Yordamchi sohalarni kichiklashtihshimiz ham mumkin. Bu-injng uchun sohaning yuqorisidagi kichkinalashtirish (свернуть) [tugmasidan foydalanamiz. Yordamchi sohalarda bizga eng kerakligi |bu ish qurollari (Панель инструментов
Toolbox) va qatlamlar sohasidir (Слои - Layers). Yangi PhotoShop faylini yaratish yoki eski faylni qayta ochish uchun Fayl menyusidagi Создать va Открыть buyruqaridan foydalanamiz. Fayl yaratganimizda ekranda quyidagi oyna hosil bo'ladi.
Bu oynada uning nomini Name, turini Preset, enini Width, bo'yini Height, sifatini Resolution, ranglar holatini, orqa (fon) rangini tanlashimiz kerak bo'ladi. Hammasini tanlagach OK tug-masini bosamiz va natijada ekranda yangi bo'sh ish sohasi hosil qilinadi.
Kompyuter grafikasi 2 xil bo’ladi: vektorli va rastrli (nuqtali). Vektorli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Illustrator, Corel Draw va Macromediya Flash dasturlarni aytish mumkin. Ushbu dasturlarda rasmlar har xil chiziqlar va qiyshiq vektorlardan iborat bo’ladi.
Vektorli grafikada yaratilgan rasmlar logotip, illyustratciyalar va zastavkalar yaratishda foydalaniladi. Rastrli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarni aytish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat-piksellardan iborat bo’lib mozaika holatida rasmni hosil qiladi. Rastrli grafikadan rakamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi.
Kompyuter grafikada dyuymdagi piksellar soni (ppi) asosiy shart bo’ladi. Piksellar soni qancha ko’prok bo’lsa, tasvir shuncha sifatliroq bo’ladi. Masalan, agar ppi=72 bo’lsa, u holda 1 kvadrat dyuymga 5184 piskel joylashadi va uning hajmi 6 Kb bo’ladi, agar esa ppi=144 bo’lsa u holda 1 kvadrat dyuymga 20736 piskel joylashadi va endi uning hajmi 21 Kb ga teng bo’ladi. Shu bilan birga monitorning ko’rsatish va printerning chiqarish sifati-dyuymga piskellar soni (dpi) (72 yoki 96 dpi) va dyuymga chiziqlar soni (Ipi) (300-2400 dpi lazerli, sepuvchi printerlar uchun va 75-200 lpi matritcali printerlar uchun), hamda kompyuter ranglar sifati (2, 16, 256, 32 000, 16 000 000 ranglar soni) ham katta ahamiyatga ega bo’ladi. Rang holatlari-ranglarni chiqarish va ko’rsatish yo’li. Rang holatlari 2 xil bo’ladi: RGB (qizil, zangori, ko’k) monitorlarda tasvir ko’rsatishda foydalaniladi, CMYK (havorang, purpur, sariq, qora) bosmada foydalaniladi. RGB holatidagi ranglar soni CMYK holatiga qaraganda ko’proq.

Download 231.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling