Adobe Photoshopda matn bilan ishlash uchun uskunalar panelidagi Type (matn) uskunalar guruhidan foydalaniladi. Ushbu guruhdagi birinchi ikkita uskuna vektorli, qolgan ikkitasi piksilli shrift xususiyatiga ega. Horizontal Type (gorizontal matn) rangli, alohida qatlamda hosil bo’luvchi gorizontal matn terish imkonini beradi. Ushbu matn ustida tahrirlash ishlarini olib borish mumkin. Xuddi oldingi uskuna kabi xususiyatga ega, faqatgina matn vertikal holatda joylashadi. Horizontal Type Mask (gorizontal matnli niqob) va Vertical Type Mask (vertical matnli niqob) gradient yoki rang bilan to’ldirish mumkin bo’lgan sohani belgilaydi. Ushbu uskunadan foydalanilganda matnni tahrirlash imkoni bo’lmaydi. Matn ko`rinishi va shrift o`lchamini tanlash - Photoshopda shrift o`lchamini tanlash
- Matn ko`rinishini tanlash
ASOSIY MATN Asosiy matn bilan ishlash uchun avval matn terish sohasini belgilab olish kerak. Buning uchun Type uskunasini tanlab, asosiy sohada matn chegarasi sichqoncha yordamida belgilanadi. Natijada asosiy sohada matn terish uchun shtrixlangan soha paydo bo’ladi. Matnni terish jarayonida matn ushbu soha ichida joylashadi, so’zlarni keyingi satrga olinish avtomatik xolda ro’y beradi. “Enter” tugmasi faqatgina matn boshidan terish uchun bosiladi. Agar matn bloki ichiga terilgan matn sig’masa, u holda matn blokining quyi o’ng burchagida “+” belgisi paydo bo’ladi.
ASOSIY MATN HOSIL QILISHGA MISOL
Sichqoncha yordamida amalga oshiriladi.
CTRL +sichqoncha yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |