Adobe photoshop dasturning menyusi. Image, select va edit menyulari


Download 19.33 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi19.33 Kb.
#225589
Bog'liq
Adobe Photoshop dasturning menyusi. Image, Select va Edit menyulari.


ADOBE PHOTOSHOP DASTURNING MENYUSI. IMAGE, SELECT VA EDIT MENYULARI.

REJA:



  1. Image menyusining buyruqlari.

  2. Select menyusining asosiy buyruqlari.

  3. Edit menyusi.

Image menyusining buyruqlari

Rasm ranglarini, hajmini va boshqa xususiyatlarini o‘zgartirish uchun maxsus menyu bo‘limi Image buyruqlaridan foydalanish kerak. Bulardan eng asosiylari bilan tanishaylik:

• Rejim — Rejim (Mode) — buyrug‘i rasm rejimini o‘zgartirish. Asosiy rejimlar:

Grayscale — qo‘l rang holatiga o‘tkazish, Indexed Color — ko‘rsatilgan ranglar soni holatiga o‘tkazish (256 gacha), CMYK Color — to‘rtta asosiy ranglar orqali kodlash (moviy, sariq, qora va qizg‘ish ranglar), RGB Color — uchta asosiy ranglar orqali kodlash (qizil, yashil, ko‘k)

• Tahrirlash — Korektirovka (Adjust) — bu bo‘limda joylashgan buyruqlarni aksariyati rasmni ranglar ustidan har xil tahrirlash amallarni bajarish uchun yordam beradi.

Soha tanlash — bu fotomontajning eng asosiy harakatlardan biri. Shuning uchun bu harakatlarga doir bo‘lgan Select menyu bo‘lim buyruqlari bilan yaqinrok tanishamiz. Soha tanlash ish qurollar bilan biz yuqoridagi mavzularda tanishganmiz. Ushbu ish qurollar bilan rasmning ixtiriy soha tanlaganimizda, u punktir chiziqlar bilan chegaralanib ko‘rinadi. Agar shu tanlangan sohaga yana boshqa ixtiyoriy sohani qo‘shish uchun, Shift tugmasini bosib qo‘shimcha sohani tanlaymiz. Agar esa shu tanlangan sohadan bir qismini tanlangandan chiqarib olish uchun, Alt tugmasini bosib shu sohani tanlaymiz.



Select menyusining asosiy buyruqlari

Endi Select menyusining asosiy buyruqlari bilan tanishaylik.

• Hammasini tanlash — Vse (All) -{Ctrl+A}- butun rasm sohasini tanlash.

• Tanlashdan chiqarish — Razotmenit (Deselect) -{Ctrl+D}- Tanlangan sohani bekor qilish.

• Tanlashni og‘darish — Inversiya (Inverse) — Tanlangan sohani tanlovdan chiqarib, tanlanmagan sohani tanlash.

• Rang orqali tanlash — Diapazon svetov (Color Range) — Rang asosida tanlash. Sehrli tayoqcha yordamchi tugmaga o‘xshash holatida ishlaydi.

• Chegaralar — Rastushevka (Feather) — tanlangan sohaning chegaralari qalinligini aniqlash.

• O‘zgartirishlar — Izmenit (Modify) — tanlangan sohani har xil holatlar bilan o‘zgartirish. Asosiy holatlar:

Chegaralar — Ramka (Border) — Tanlangan soha chegaralari bo‘yicha siz ko‘rsatgan hajmda tanlangan ramka sohasini yaratadi.

Chegara silliqlashtirish — Sglajivaniye (Smooth) — Tanlangan sohaning burchakli chegaralarini yumshoq va silliqlashtiradi.

Kattalashtirish — Rastyanut (Expand) — Tanlangan sohani siz ko‘rsatgan masofani proporsional kattalashtiradi.

Kichiklashtirish — Svernut (Contract) — Tanlangan sohani siz ko‘rsatgan masofani proporsional kichiklashtiradi.

• Yonidagilarni qo‘shish — Smejnie pikseli (Grow) — Yonida joylashgan o‘xshash ranglarni ham tanlangan sohaga qo‘shish.

• O‘xshashlarni qo‘shish — Sxojiye pikseli (Similar) — ixtiyoriy joyda joylashgan o‘xshash ranglar sohalarini tanlangan soha.

• Tanlangan sohani uzgartirish — Preobrazovat videleniye (Transform Selection) — tanlangan sohani ixtiyoriy holatda cho‘zish va o‘zgartirish.

Edit menyusi

Tanlangan sohaning shaklini o‘zgartirish va u ustidan har xil amallarni bajarish mumkin. Buning uchun Redaktirovar — Edit menyu buyruqlari bizga yordam beradi. Masalan, tanlangan soha nusxasini xotiraga olish va qirqib olish (Kopirovat-Copy, Virezat-Cut), xotiradan chiqarish (Vstavit-Paste). Endi qolgan buyruklar bilan tanishaylik:

• Erkin o‘zgartirish — Svobodnoye preobrazovaniye (Free Transform)- ushbu buyruq natijasida tanlangan soha yoki rasm chegaralarida maxsus nuqtalar paydo bo‘ladi. Ular yordamida tanlangan sohani cho‘zish, egiltirish, aylantirish va boshqa harakatlarni bajarishimiz mumkin.

• O‘zgartirish — Preobrazovaniye (Transform)-ushbu buyruq ichida bir nechta imkoniyatlar mavjud:

Scale — Gorizontal va vertikal bo‘yicha o‘lchamlarni o‘zgartirish

Rotate — Aylantirish

Skew — Bir uchidan cho‘zish

Distort — Bir nechta uchidan cho‘zish

Perspective — Soha effekti

Flip Horizontal — Gorizontal aylantirish



Flip Vertical — Vertikal aylantirish

ADABIYOTLAR:



  1. D.V. Polyakov, I.Y. Kruglov ―Programirovaniye v srede TURBO PASKAL.M.:Izd-vo MAI,1992.

  2. S.I. Raxmonqulova ‖IBM PC shaxsiy kompyuterlarida ishlash. T.: Sharq, 1996.

  3. S.S. G‘ulomov va boshqalar. ―Iqtisodiy informatika. T.:, 1999.

  4. S.S. G‘ulomov va boshqalar. ―Axborot texnologiyalari va tizimlari. T.:,2000.

  5. V.Rijkov ―Microsoft Excel 2000‖. Sankt-Peterburg, Piter,2000.

  6. T.X. Xolmatov, N.I. Toylaqov ―Amaliy matematika, dasturlash va kompyuterning dasturiy ta’minoti. T.: Mehnat, 2001.

  7. M.Aripov, A.Haydarov ―Informatika asoslari. T.: ―O‘qituvchi, 2002.

  8. A.Abduqodirov, S.X.Yaqubov, G.X.Mamajonova ―Informatika‖ Qisqa kurs. T.: O‘qituvchi, 2002.

  9. F.Y. Polvonov ―Informatika O‘quv qo‘llanma. F.:, 2002.

  10. A.B. Axmedov, N.I.Toylaqov ―Informatika. T.: ―O‘zbekiston, 2002.

  11. U.Y. Yuldashev, R.R.Boqiyev, F.M. Zokirova ―Informatika. T.:, 2002.

  12. P. Karimov, S. Risqulov, A. Isabayev ―Dasturlash. T.: ―O‘zbekiston‖, 2003.

  13. T.X.Xolmatov, N.I. Toyloqov Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. T.:, 2003.

  14. M.M.Oripov ―Informatika informatsion texnologiyalar Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.:, 2005.

  15. S.K. Ro‘zmatov ―Kompyuter savodxonligi. T.:,2006.

Download 19.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling