Adobe photoshop rastrli dastur yordamida tasvirlarga ishlov berish


Download 261.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi261.74 Kb.
#1344307
  1   2   3
Bog'liq
2-AMALIY ISH



2-AMALIY MASHG`ULOT 
ADOBE PHOTOSHOP RASTRLI DASTUR YORDAMIDA 
TASVIRLARGA ISHLOV BERISH. 
Ishning maqsadi: Matbaa mahsulotlariga Adobe photoshop rastrli grafikasi 
yordamida ishlov berish 
 Ishning tartibi 
1. Rasmli mahsulotlarni qayta ishlash o’rganish
2. Rasmli mahsulotlarni tez va sifatli bezash ishlari o’rganish 
3. Adobe Photoshop rastrli dastur yordamida 3x4 rasm tayyorlash 
Amaliy mashg’ulotiga kerak bo’ladigan jihozlar 
1. Zamonaviy kompyuter va Adobe photoshop rastrli grafikasi dasturi 
yangi versiyasi. 
2. Skaner 
3. Sahifalash dasturlar versiyalari 
4. Rangli printer
5.Turli nashr maketlari va namunalari, nashrlarni bezash bo’yicha me’yoriy 
maretiallar 
Adobe Photoshop – bu yuqori malakaga oid rastrlash grafik muharriridir. 
Dasturning asosiy maqsadi – fotorealistik tasvirlarni nashr etish, retushlash – ya’ni 
tush yoki bo’yoq bilan sur’atlarni to’g’rilash, kollajlar yaratish, montaj qilish
fotosuratlarni badiiy ishlash, shuningdek, veb-sahifalar va PDF-taqdimotlarni 
yaratish va ularni bezatish.
Photoshop dasturi rastrlash tasvirlar bilan ishlash uchun barcha vositalarga 
egadir, qatlamlarni va konturlar bilan ishlanishini quvvatlaydi. Bu dizayner uchun 
bo’lgani kabi rassom va fotograf uchun ham qulay ish qurolidir. Bundan tashqari, 
Photoshop dasturi nashrgacha tayyorgarlikda, aynan tasvirlarni nashrga
tayyorlashda ko’plab texnik vazifalarni yechishga imkon beradi. 


Bundan yigirma yil avval yaratilgan Adobe Photoshop hanuzgacha rastrlash 
muharrirlar ichida birinchilikni qo’ldan boy bermay kelmoqda. Effektlar, filtrlar va 
tasvirni transo’lchamsiyalash komandalarining juda katta bo’lgan soni ushbu 
ilovani raqobatchilar uchun yetib bo'lmas darajadagi balandlikka ko'tardi. Biroq 
ta’kidlash joizki, dasturning mantiqiy va uning interfeysi Corel oilasining grafik 
muharririda bo’lgani kabi, tushunish uchun uncha oson emas. Aksincha, ba’zi 
foydali komandalar va filtrlar shu qadar uzoqlikka yashiringanki, ular faqat 
mutaxassislar uchun ochilishi mumkin. Buning ustiga sahifalovchi va dizayner 
uchun ushbu dastur havodek zarurdir. Shubhasiz, katta e’tibor talab etadi, biroq, 
tasvirlarni tonli va rang o’zgartirilishi, qatlamlar va rang rejimlari bilan ishlash, 
filtrlarni qo’llash kabi ba’zi foydali komandalar bilan o’rganishni chegaralashga 
urinib ko’rilishi mumkin. Dasturni yaratilish tarixiga murojaat qilsak, u 1987 
yildan boshlangan bo’lib, uning ishlab chiqilishi aka-uka Tomas va Jon Xollning 
nomi bilan bog’liq. O’sha vaqtlarda Jon Xoll “Industrial Ligtand Magic (ILM)” da 
“Yulduz urushlari” loyihasi uchun maxsus effekt yaratish ustida ishlar, uning akasi 
Tomas esa tasvirlarni ishlash jarayoni to’g’risida dissertatsiya yozayotgan edi. Tez 
orada ular hali mavjud bo’lmagan analoglar dasturini yaratish ustida o’z kuchlarini 
birlashtirdilar. Yigirma yil ichida Photoshop bir necha marta modernizatsiya 
qilindi va jiddiy o’zgardi. Bugungi kunda Adobe Systems kompaniyasi Photoshop 
CS4 grafik muharririning yangicha avlodini taklif etdi. («CS4» abbreviaturasi 
mahsulot «Adobe Creative Suite» dasturlar maketining to’rtinchi versiyasiga 
integrallanganligini anglatadi. 

Download 261.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling