Adobe Photoshop rastrli grafik muharririda ishlash asoslari. Photoshop interfeysi


Download 363.17 Kb.
bet3/3
Sana05.05.2023
Hajmi363.17 Kb.
#1432690
1   2   3
Bog'liq
Adobe Photoshop - rastrli grafik muharririda ishlash asoslari

PhotoShop dasturining interfeysi

PhotoShop dasturining menyulari


1. File (Fayl)
2. Edit (Tahrirlash)
3. Image (Tasvir)
4. Layer (Qatlam)
5. Type (Shrift)
6. Select (Ajratma)
7. Filter (Filtr)
8. 3D (Uch o’lchamli)
9. View (Ko‘rish)
10. Window (Oyna)
11. Help (Yordam)

Asosiy menyuning quyidagi bo‘limlari mavjud:

1) File (Fayl) - tasvirlar saqlanadigan fayllar ustida amallar; 2) Edit (Tahrirlash) - tasvirlarni tahrirlash amallari; 3) Image (Tasvir) – tasvirning umumiy parametrlarini o‘zgartirish; 4) Layer (Qatlam) - tasvir qatlamlari bilan ishlash; 5) Type (Shrift) - shriftlar bilan ishlash; 6) Select (Ajratma) - tasvir bo‘lagini ajratish va ajratmalar bilan ishlash; 7) Filter (Filtr) - tasvimi butunlay yoki qisman o‘zgartirish uchun xizmat qiladigan maxsus effektlami qo’llash uchun ishlatiladi; 8) 3D (Uch o’lchamli) - uch o’lchamli obyektlar bilan ishlash; 9) View (Ko‘rish) - ilovaning tashqi ko‘rinishi va undagi boshqarish obyektlarini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi; 10) Window (Oyna) - ilova oynalarini, birinchi navbatda, ilova palitralarini boshqarish uchun xizmat qiladi; 11) Help (Yordam) - turli yordamlami chaqirish uchun ishlatiladi.

Uskunalar paneli

Uskunalar panelida foydalanuvchi tomonidan tasvirlar bilan ishlashda kerak bo‘ladigan uskunalar joy olgan. Uskunalar soni ko‘p bo‘lganligi sababli bitta tugma ostida odatda bir nechta uskunalar joylangan bo‘ladi. Bu uskunalarga klaviaturada bir xil harf mos qo‘yilgan. Bu harfni ketma-ket bir necha marta bosib, kerakli uskunani tanlab olish mumkin. Uskunalarga lotin alifbosining bosh harflari mos qo‘yilgan va ularni chaqirish uchun klaviatura tugmasi Shift tugmasi bilan birgalikda bosiladi. Bu esa klaviatura tugmasi tasodifan bosilib ketishi va uskuna ishga tushishining oldini oladi.

Parametrlar paneli

Parametrlar panelida tanlangan uskunaning joriy parametrlari ko‘rsatiladi. Zarurat bo‘lganda bu yerda uskunaning parametrlarini o‘zgartirish mumkin.

Palitralar sohasi

Palitralar sohasi PhotoShopning qo‘shimcha imkoniyatlaridan foydalanishda juda qo‘l keladi. Zarur bo‘lganda u yerga palitra chaqiriladi. Kerakmas paytda palitralar olib qo‘yiladi va tasvir bilan ishlash uchun ko‘proq joy ochiladi. Palitralar ham uskunalar kabi bir nechtasi birlashtirilgan. Ulardan keraklisini ochish uchun palitra oynasining mos jildi ochiladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 363.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling