Adobe Photoshop rastrli grafik muharririda ishlash asoslari. Photoshop interfeysi
Download 363.17 Kb.
|
Adobe Photoshop - rastrli grafik muharririda ishlash asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy menyuning quyidagi bo‘limlari mavjud
- Uskunalar paneli
- Parametrlar paneli
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
PhotoShop dasturining interfeysiPhotoShop dasturining menyulari1. File (Fayl) 2. Edit (Tahrirlash) 3. Image (Tasvir) 4. Layer (Qatlam) 5. Type (Shrift) 6. Select (Ajratma) 7. Filter (Filtr) 8. 3D (Uch o’lchamli) 9. View (Ko‘rish) 10. Window (Oyna) 11. Help (Yordam) Asosiy menyuning quyidagi bo‘limlari mavjud:1) File (Fayl) - tasvirlar saqlanadigan fayllar ustida amallar; 2) Edit (Tahrirlash) - tasvirlarni tahrirlash amallari; 3) Image (Tasvir) – tasvirning umumiy parametrlarini o‘zgartirish; 4) Layer (Qatlam) - tasvir qatlamlari bilan ishlash; 5) Type (Shrift) - shriftlar bilan ishlash; 6) Select (Ajratma) - tasvir bo‘lagini ajratish va ajratmalar bilan ishlash; 7) Filter (Filtr) - tasvimi butunlay yoki qisman o‘zgartirish uchun xizmat qiladigan maxsus effektlami qo’llash uchun ishlatiladi; 8) 3D (Uch o’lchamli) - uch o’lchamli obyektlar bilan ishlash; 9) View (Ko‘rish) - ilovaning tashqi ko‘rinishi va undagi boshqarish obyektlarini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi; 10) Window (Oyna) - ilova oynalarini, birinchi navbatda, ilova palitralarini boshqarish uchun xizmat qiladi; 11) Help (Yordam) - turli yordamlami chaqirish uchun ishlatiladi.Uskunalar paneliUskunalar panelida foydalanuvchi tomonidan tasvirlar bilan ishlashda kerak bo‘ladigan uskunalar joy olgan. Uskunalar soni ko‘p bo‘lganligi sababli bitta tugma ostida odatda bir nechta uskunalar joylangan bo‘ladi. Bu uskunalarga klaviaturada bir xil harf mos qo‘yilgan. Bu harfni ketma-ket bir necha marta bosib, kerakli uskunani tanlab olish mumkin. Uskunalarga lotin alifbosining bosh harflari mos qo‘yilgan va ularni chaqirish uchun klaviatura tugmasi Shift tugmasi bilan birgalikda bosiladi. Bu esa klaviatura tugmasi tasodifan bosilib ketishi va uskuna ishga tushishining oldini oladi.Parametrlar paneliParametrlar panelida tanlangan uskunaning joriy parametrlari ko‘rsatiladi. Zarurat bo‘lganda bu yerda uskunaning parametrlarini o‘zgartirish mumkin.Palitralar sohasiPalitralar sohasi PhotoShopning qo‘shimcha imkoniyatlaridan foydalanishda juda qo‘l keladi. Zarur bo‘lganda u yerga palitra chaqiriladi. Kerakmas paytda palitralar olib qo‘yiladi va tasvir bilan ishlash uchun ko‘proq joy ochiladi. Palitralar ham uskunalar kabi bir nechtasi birlashtirilgan. Ulardan keraklisini ochish uchun palitra oynasining mos jildi ochiladi.E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!Download 363.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling