Adsl-modemni ulash


Download 82.64 Kb.
Sana17.06.2020
Hajmi82.64 Kb.
#119550
Bog'liq
ADSLni sozlash


ADSL-modemni ulash

 

Agar uy yoki ofisingizda faqat 1 ta telefon ishlatilsa, u holda eng sodda sxemadan foydalaniladi:



 

 

ADSL-сплиттер разделяет частоты голосового сигнала от частот, используемых ADSL-модемом. Таким образом, исключается взаимное влияние модема и телефонного аппарата.



 

ADSL-splitter tovush signali chastotasini ADSL-modem ishlatadigan chastotadan ajratish vazifasini bajaradi. Sirtdan qaraganda ADSL-splitter kichikroq quti ko'rinishida, 3 ta RJ-11 (telefon «yevrorozetka») tipidagi ulanish qismiga ega bo'lib, unda «Line», «Phone» va «Modem» yozuvlari bo'ladi. Shahar ATSning telefon liniyasi splitterni «Line» qismiga ulanadi. Telefon apparati «Phone» qismiga va nihoyat ADSL-modemning «ADSL» qismi splitterning «Modem» qismiga ulanadi.

 

Izoh: Modem modelidan kelib chiqib uning «ADSL» ulanish qismi boshqacha, masalan, «DSL» yoki «xDSL» deb nomlangan bo'lishi mumkin.

 

Keyin esa Ethernet kabel` yordamida ADSL-modemni komp`yuterga ulash lozim. Bunda Ethernet kabelning bir uchi ADSL-modemning «Ethernet» qismiga, boshqa uchi komp`yuterning tarmoq kartasiga ulanadi.



 

Bir necha telefon apparatidan foydalanilganda ulanish sxemasi quyidagicha bo'ladi:



 

Ya'ni, ofis yoki uyda mavjud bo'lgan barcha telefonlar splitterning «Phone» qismiga ulangan bo'lishi shart. Qolgan ulanishlar esa yuqori bayon etilganidek bajariladi. Agar siz ofis yoki uyda mini ATSdan foydalansangiz, u holda telefon liniyasi avval splitterga, splitterdan esa kabel` o'z navbatida mini ATSga ulanishi kerak.

 

Agar ulanishning ushbu sxemasi noto'g'ri amalga oshirilsa, telefonda gaplashilayotgan payt ATSdagi qurilmadan modem “uzilib” qolishi mumkin.



 

 

xDSL ulanishni sozlash

 

Komp`yuterni sozlash Ethernet tarmoq kartasining TCP/IP protokol parametrlarini sozlashdan iborat bo'lib, ushbu tarmoq kartaga ADSL-modem ulangan bo'ladi. Komp`yuterga o'rnatilgan operatsion tizim turi va kirish texnologiyasidan kelib chiqib sozlash o'ziga xos yo'l bilan bajariladi.



 

Windows 2000, WindowsXP OTni sozlash

 

Dastlab TCP/IP protokolining “Свойства” (Xususiyatlar) oynasini ochish kerak:



 

  • Ish stolidagi “Сетевое окружение” (Tarmoq doirasi) yorlig'i ustida sichqoncha o'ng tugmasi bosiladi;

  • “Свойства” menyusi tanlanadi;

  • Paydo bo'lgan oynada “Сетевое подключение” (Tarmoqqa ulanish) yorlig'i ustida sichqoncha o'ng tugmasi bosiladi (agar tarmoqqa ulanish bir nechta bo'lsa, u holda ADSL-modemga ulangan tarmoq kartasining mos yorlig'i ustida sichqoncha o'ng tugmasi bosiladi);

  • “Свойства” menyusi tanlanadi;

  • Paydo bo'lgan oynadagi ro'yhatdan “Протокол Интернета (TCP/IP)” (Internet protokoli (TCP/IP) bandi tanlanadi (sichqoncha chap tugmasi bosiladi);

  • “Свойства” tugmasi bosiladi.

 

So'ngra TCP/IP protokol parametrlari kiritiladi:

 


  • “Получить IP-адрес автоматически” (IP-manzilni avtomatik olish) bandi tanlanmaydi (sichqoncha chap tugmasi bosilib undagi nuqta belgisi boshqa bandga o'tkaziladi) va mos satrlarga sizga ulanish paytida berilgan IP-manzil, “маска подсети” (tizimosti niqobi) va shlyuz yoziladi;

  • “Использовать следующие адреса DNS-серверов:” (DNS-serverlarning ushbu manzillari ishlatilsin) bandi tanlanadi (ustida sichqoncha chap tugmasi bosiladi);

  • “Предпочитаемый DNS-сервер” (Ma'qul DNS-server) bandining kiritish satriga IP-manzil “10.33.128.107” yoziladi (raqamlar orasidagi nuqtalar yozilmaydi);

  • “Альтернативный DNS-сервер” (Muqobil DNS-server) bandining kiritish satriga IP-manzil “10.8.4.2” yoziladi (raqamlar orasidagi nuqtalar yozilmaydi);

  • “OK” tugmasi bosiladi;

  • “OK” tugmasi bosiladi.

 

 

Windows 7 ОТни созлаш

 

Dastlab TCP/IP protokolining “Свойства” (Xususiyatlar) oynasini ochish kerak:



 

  • Ekranning pastki chap burchagidagi “Пуск” (Ishga tushirish) menyusi bosiladi va “Панель управления” (Boshqarish paneli) tanlanadi;

  • Paydo bo'lgan oynada “Сеть и Интернет” (Tarmoq va Internet) tanlanadi;

  • • “Использовать следующие адреса DNS-серверов:” (DNS-serverlarning ushbu manzillari ishlatilsin) bandi tanlanadi (ustida sichqoncha chap tugmasi bosiladi);

  • Chap tomondagi paneldan “Изменение параметров адаптера” (Adapter parametrlarini o'zgartirish) tanlanadi;

  • Paydo bo'lgan oynadagi “Подключение по локальной сети” (Lokal tarmoq orqali ulanish) yorlig'i ustida sichqoncha o'ng tugmasi bosiladi va “Свойства” tanlanadi;

  • “Протокол интернета версии 6(TCP/IPv6)” qarshisidan galochka olib tashlanadi;

  • “Протокол интернета версии 4(TCP/IPv4)” tanlanadi va “Свойства” tugmasi bosiladi.

 

So'ngra TCP/IP protokol parametrlari kiritiladi:

 


  • “Получить IP-адрес автоматически” (IP-manzilni avtomatik olish) bandi tanlanmaydi (sichqoncha chap tugmasi bosilib undagi nuqta belgisi boshqa bandga o'tkaziladi) va mos satrlarga sizga ulanish paytida berilgan IP-manzil, “маска подсети” (tizimosti niqobi) va shlyuz yoziladi;

  • “Использовать следующие адреса DNS-серверов:” (DNS-serverlarning ushbu manzillari ishlatilsin) bandi tanlanadi (ustida sichqoncha chap tugmasi bosiladi);

  • “Предпочитаемый DNS-сервер” (Ma'qul DNS-server) bandining kiritish satriga IP-manzil “10.33.128.107” yoziladi (raqamlar orasidagi nuqtalar yozilmaydi);

  • “Альтернативный DNS-сервер” (Muqobil DNS-server) bandining kiritish satriga IP-manzil “10.8.4.2” yoziladi (raqamlar orasidagi nuqtalar yozilmaydi);

  • “OK” tugmasi bosiladi;

  • “Подключение по локальной сети - Свойства” oynasida “Закрыть” (Yopish) tugmasi bosiladi. Tarmoq qurilmasining sozlanmalari kuchga kirishi uchun komp`yuterni qayta yuklash SHART EMAS.

 

 

Windows 8, 8.1 OTni sozlash

 

Dastlab TCP/IP protokolining “Свойства” (Xususiyatlar) oynasini ochish kerak:



 

  • Ekranda panel` paydo bo'lishi uchun “Пуск” (Ishga tushirish) menyusida sichqoncha kursori ekranning tepa o'ng burchagiga olib boriladi. U yerda “Поиск” (Qidirish) menyusi tanlanadi;

  • Paydo bo'lgan oynada “Панель управления” (Boshqarish paneli) tanlanadi;

  • “Панель управления”da – “Центр управления сетями и общим доступом” (Tarmoqlar va umumiy kirishni boshqarish markazi) tanlanadi;

  • “Центр управления сетями и общим доступом”da – “Изменение параметров адаптера” (Adapter parametrlarini o'zgartirish) tanlanadi;

  • Paydo bo'lgan oynadagi “Подключение по локальной сети” (Lokal tarmoq orqali ulanish) (Windows 8 da bu ulanish “Ethernet” deyiladi) yorlig'i ustida sichqoncha o'ng tugmasi bosiladi va “Svoystva” tanlanadi;

  • “Протокола интернета версии 6(TCP/IPv6)” qarshisidan galochka olib tashlanadi;

  • “Протокол интернета версии 4(TCP/IPv4)” bandi ustida sichqoncha chap tugmasi 2 marta bosiladi.

 

So'ngra TCP/IP protokol parametrlari kiritiladi:

 


  • “Получить IP-адрес автоматически” (IP-manzilni avtomatik olish) bandi tanlanmaydi (sichqoncha chap tugmasi bosilib undagi nuqta belgisi boshqa bandga o'tkaziladi) va mos satrlarga sizga ulanish paytida berilgan IP-manzil, “маска подсети” (tizimosti niqobi) va shlyuz yoziladi;

  • “Использовать следующие адреса DNS-серверов:” (DNS-serverlarning ushbu manzillari ishlatilsin) bandi tanlanadi (ustida sichqoncha chap tugmasi bosiladi);

  • “Предпочитаемый DNS-сервер” (Ma'qul DNS-server) bandining kiritish satriga IP-manzil “10.33.128.107” yoziladi (raqamlar orasidagi nuqtalar yozilmaydi);

  • “Альтернативный DNS-сервер” (Muqobil DNS-server) bandining kiritish satriga IP-manzil “10.8.4.2” yoziladi (raqamlar orasidagi nuqtalar yozilmaydi);

  • “OK” tugmasi bosiladi;

  • “OK” tugmasi bosiladi.

 

 

Windows 10 OTni sozlash

 

Dastlab TCP/IP protokolining “Свойства” (Xususiyatlar) oynasini ochish kerak:



 

  • “Пуск” (Ishga tushirish) menyusidan “Параметры” bo'limi tanlanadi;

  • Paydo bo'lgan oynada “Сеть и Интернет” (Tarmoq va Internet) tanlanadi;

  • Paydo bo'lgan oynada “Ethernet” bandi tanlanadi va “Настройка параметров адаптера” (Adapter parametrlarini sozlash) bosiladi;

  • Paydo bo'lgan oynadagi “Подключение по локальной сети” (Lokal tarmoq orqali ulanish) (bu ulanish “Ethernet” deb nomlangan bo'lishi ham mumkin) yorlig'i ustida sichqoncha o'ng tugmasi bosiladi va “Свойства” tanlanadi;

  • “Протокола интернета версии 6(TCP/IPv6)” qarshisidan galochka olib tashlanadi;

  • “Протокол интернета версии 4(TCP/IPv4)” bandi ustida sichqoncha chap tugmasi 2 marta bosiladi.

 

So'ngra TCP/IP protokol parametrlari kiritiladi:



 

  • “Получить IP-адрес автоматически” (IP-manzilni avtomatik olish) bandi tanlanmaydi (sichqoncha chap tugmasi bosilib undagi nuqta belgisi boshqa bandga o'tkaziladi) va mos satrlarga sizga ulanish paytida berilgan IP-manzil, “маска подсети” (tizimosti niqobi) va shlyuz yoziladi;

  • “Использовать следующие адреса DNS-серверов:” (DNS-serverlarning ushbu manzillari ishlatilsin) bandi tanlanadi (ustida sichqoncha chap tugmasi bosiladi);

  • “Предпочитаемый DNS-сервер” (Ma'qul DNS-server) bandining kiritish satriga IP-manzil “10.33.128.107” yoziladi (raqamlar orasidagi nuqtalar yozilmaydi);

  • “Альтернативный DNS-сервер” (Muqobil DNS-server) bandining kiritish satriga IP-manzil “10.8.4.2” yoziladi (raqamlar orasidagi nuqtalar yozilmaydi);

  • Shundan so'ng “Подтвердить параметры при выходе” (Chiqishda parametrlarni tasdiqlash) bandiga galochka qo'yiladi va “OK” tugmasi ushbu oynada va keyingi oynada bosiladi.

Download 82.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling