Adti davolash ishi fakulteti 337-guruh talabasi Jumaboyev Mahammadjon


Download 0.53 Mb.
bet5/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1375383
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
davolash ishi 337.Jumaboyev.M

Avd olish davri

  • O’rtacha 8-12 kun, og’ir holatlarda 2-3 haftagacha davom etadi. Uning davomiyligi shifokorga o’z vaqtida murojaat qilish, o’z vaqtida davolashning boshlanishi, bemor kasallanishdan oldin vaktsina olinganligiga bog’liq.Qorin, oyoq-qo’llarning mushaklari taranglashib, taxta kabi qattiqlashib qoladi. Ba’zida kaft va oyoq panjasidan tashqari butun tananing rigidligi qayd qilinadi.
  • Mushaklarning spazmi nafas olish, yutinish, defekatsiya va peshob chiqarish, qon aylanishining buzilishi va ichki organlarda dimlanishlar rivojlanishiga, metabolizmning keskin oshishi va yurak faoliyatining yomonlashishiga yoki to’liq to’xtashiga olib keladi. Harorat 41-42 °C gacha ko’tarilishi mumkin.

Qayta tiklanish davri

  • Konvulsiyalar kuchi va sonining bosqichma-bosqich kamayishi bilan tavsiflanadi. U 2 oygacha davom etishi mumkin. Ushbu davrda turli xil asoratlar rivojlanishi xavfi yuqori bo’ladi.

O’lim sabablari

  • O’limning eng ko’p uchraydigan sababi nafas olish mushaklari spazmi tufayli bo’g’ilish, ikkinchi o’rinda yurak falajligi sanaladi. Ba’zi hollarda, o’lim sababi qoqsholdan keyin asorat sifatida rivojlanadigan miokard infarkti, pnevmoniya, sepsis, o’pka arteriyasi emboliyasi va boshqa kasalliklar tufayli sodir bo’lishi mumkin.

Bemor ixtisoslashgan shifoxonaga darhol gospitalizatsiyalanishi kerak.

Davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Infektsiyaning asosiy o’chog’ida patogenga qarshi kurash (yarani ochish, tozalash va aeratsiya qilish).

Qoqsholga qarshi zardob yuborish orqali qoqshol toksinini zararsizlantirish.

  • Talvasaga qarshi davo choralari (total miorelaksatsiya).

Ovoz o’tkazmaydigan aseptik boks.

Organizmning hayotiy funktsiyalarini ta’minlash (o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasi, yurak faoliyatini kuzatish).

Asoratlarni oldini olish va davolash (hamrohlik qiluvchi infektsiyalarga, trombozga qarshi kurash), konvulsiyalarda mexanik shikastlanishning oldini olish.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling