Asosiy profilaktik tadbirlar bu jaroxatlarga erta muddatlarda ixtisoslashgan ishlov berish: jaroxat chekkalarini kesib olish, yot jismlarni olib tashlash, jaroxat cho’ntaklarini kesib ochish GAZLI GANGRENA - Anaerob (Bacterium perfringens, Vifrion Septicus, Hystoleticusap) qo’zg’atadigan infektsion kasallik. Ular o’zidan to’qimalar va qon tanachalarini eritib yuboradigan zahar chiqaradi. Chuqur yirtilgan, ezilgan, keng jarohatlarda kuzatiladi. Asosan yumshoq to’qimalarga, ko’proq yog’qatlamiga va muskullarga zarar yetkazadi. Bunda to’qimalar shishib ketadi, iriydi (nekroz), ichida gaz to’planadi, bemorning umumiy ahvoli og’ir bo’ladi. Kasallik og’ir va tez o’tib, ko’pincha o’limga sabab bo’ladi.
Qoqshol - Qoqshol (lot. Tetanus) — bu asab tizimining shikastlanishi va skelet mushaklarining tonik tirishishi va umumiy talvasalar bilan namoyon bo’ladigan sapronoz bakterial o’tkir yuqumli kasallik.
- Qo’zg’atuvchi qulay muhitga tushganda faol ko’payishni va qoqshol toksinini ajratishni boshlaydi. Toksin periferik asab tizimining harakatlantiruvchi tolalari va qon oqimi orqali orqa, uzunchoq miyaga va miya poyasining retikulyar shakllanishiga kirib boradi
Qoqshol toksini ikki turdagi modda saqlaydi: Tetanospazmin asab tizimiga ta’sir qilib, ko’ndalang-targ’il mushaklarning tonik tirishishlarini chaqiradi; - Tetanogemolizin qondagi eritrositlarning gemoliziga olib keladi.Mushaklarning rigidligi (tarangligi) shikastlangan oyoq-qo’ldan qarama-qarshi tomondagisiga, keyin gavda, bo’yin, boshga tarqaladi, so’ngra talvasalar paydo bo’ladi. Nafas olish a’zolari va yurak mushaklarining falajlanishi sodir bo’lishi mumkin.
Turlari Yuqish yo’liga yo’liga qarab: Travmatik qoqshol (yara, operatsiyadan keyin, tug’ruqdan keyin, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda, in’yektsiya, elektr toki bilan shikastlanish, kuyish va muzlashdan keyin va boshqalar). Organizmdagi lokalizatsiyasi bo’yicha: Umumiy yoki yalpi qoqshol (Brunner bosh qoqsholi yoki bulbar qoqshol).
Do'stlaringiz bilan baham: |