Adti davolash ishi fakulteti 337-guruh talabasi Jumaboyev Mahammadjon


Download 0.53 Mb.
bet1/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1375383
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
davolash ishi 337.Jumaboyev.M

ADTI Davolash ishi fakulteti 337-guruh talabasi Jumaboyev Mahammadjon

Mavzu: O'tkir anaerob xirurgik infeksiya.Ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'ni xirurgik infeksiyasi

Anaerob infeksiya

  • Anaerob infeksiya (gaz-li infeksiya, gazli flegmona, xavfli shish) — jarohatlarning faqat kislo-rodsiz muhitda koʻpayadigan kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblar — anaeroblar bilan zararlanishi; koʻpincha jarohatlarga (asosan oyoq va dumbadagi) tuproq tushi-shidan paydo boʻladi, chunki tuproqda deyarli har doim anaerob infeksiya qoʻzgʻatuvchilari saqlanadi. Majaqlangan yoki ezilgan toʻqimalar koʻproq za-rarlanadi, chunki qon tomirlarga shikayet yetishi sabab-li jarohatlangan joyga kislorodga toʻyingan qon (arterial qon) kelishi toʻxtab qoladi. Anaerob infeksiyada yumshoq toʻqimalar tez shishib, unda gaz pufakchalari hosil boʻladi, keyinchalik toʻqimalar oʻladi .
  • Anaerob infeksiyaning dastlabki belgilari: jarohat ogʻriydi, toʻqimalar koʻpchib ke-tayotgandek tuyuladi, shish keladi, 1 — 2 kundan keyin gavda temperaturasi koʻtariladi. Anaerob infeksiya juda xavfli, shuning uchun bemorni darhol kasalxonaga yotqizish kerak.

O'tkir chirik infeksiyasi

Bu nekroz va toʻqimalar yemirilishining tez rivojlanishi xosdir. Bu ekssudat, badboʻy hidli yiring-qonli suyuqlikning paydo boʻlishi bilan davom etadi.

Etiologiyasi va patogenezi

Chirik infeksiya turli anaerob mikroblar (B. proteus, B. putrificus, Bacteroidis,), shuningdek Escherichie Coli, Pseudomonas aeruginosa tufayli paydo boʻladi. Infeksiyaga stafilokokk yoki streptokokkli infeksiyalar gaz (vodorod sulfid, metilmerkaptan) ajralib chiqishi va qoʻlansa hid bilan kechadigan toʻqimalar parchalanishi xosdir. Ekssudat loyqasimon, toʻq kulrang rangda, qon aralash boʻladi. Infeksiya ogʻiz boʻshligʻi, ichak, siydik yoʻllari orqali ekzogen, kamdan kam hollarda endogen yoi bilan yuqadi. Toʻqimalar nekrozi va anaerob sharoitlar infeksiyasining tarqalishiga imkon beradi.

  • Masalan, ogʻiz boʻshligʻi infeksiyasi ogʻir yutqin abssesslarini va boʻyinning chuqur flegmonalarini keltirib chiqarishi mumkin. Koʻpincha pastki jagʻ suyak usti abssessi yorib koʻrilganda badboʻy hidli boʻshliq aniqlanadi. Xuddi shunga oʻxshash infeksiya churra qisilib qolganda yoki koʻrichak chuvalchangsimon oʻsimtasi yalligʻlangan hollarda toʻgʻri ichak kletchatkasi atrofida ham rivojlanadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling