Advokatura institutining ijtimoiy mohiyati
Download 21.35 Kb.
|
Адвокатура 17.12
“Advokatura institutining ijtimoiy mohiyati” nimada? Advokatura – bu har qanday davlatning eng muhim huquqiy instituti bo‘lib, fuqarolarning va ular birlashmalarining asosiy huquqlari himoyasini amalga oshiradi. Har bir fuqaroning o‘z farovonligiga, tadbirkorlikning muvaffaqiyatiga ishonchi uning qanchalik kuchli, tashkillashtirilgan, qonunan himoyalanganligiga bog‘liqdir. Biroq, jamiyatdagi huquqiy nigilizm holatida, advokaturaga va advokatga munosabat, ma'lum darajada salbiy bo‘ladi, bu ayniqsa huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan bo‘lishi kuzatiladi. Advokat aksariyat hollarda jinoyatchini yoki nohaq ishni himoyalovchi shaxs sifatida qabul qilinadi. Shu bilan birga,advokaturaning asosiy mohiyati butun jamiyatga yuridik ko‘mak berishdan iborat,zero advokat qonunni beboshdoqlikdan himoya qiladi, shu sababli advokatning faoliyati ham muayyan fuqaro yoki tashkilotning manfaatlariga, ham umumiy suratda davlat va jamiyatning ommaviy-huquqiy manfaatlariga mos keladi. Keyingi vaqtlarda buni ko‘pchilik anglab yetdi va jamiyatda advokaturaga munosabat, asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, o‘zgarmoqda. Advokatura sohasiga ozgina to‘xtaladigan bo‘lsak, advokatura advokatlarning uyushgan koʻngilli jamoat tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 116-modda 2-qismida sud va tergov ishini yuritish har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi, fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga, jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat koʻrsatishi belgilangan. Advokatura tashkil etish va ish tartibi qonun bilan belgilanadi. “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunda (1996-yil 27-dekabr oyida qabul qilingan) ta’kidlanishicha, advokatura huquqiy muassasa hisoblanib, u advokatlik faoliyati hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shugʻullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, koʻngilli, kasbiy birlashmalarini oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam koʻrsatishini hamda oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tegishli bobida koʻrsatilgan Konstitutsiya va qonunning ustunligi toʻgʻrisidagi prinsip hamda mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga oshirilishini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan shaxs oʻz advokatlik byurosini ochib yakka tartibda faoliyat koʻrsatishga yoxud ixtiyoriylik asosida boshqa advokatlar bilan hay’atlar va firmalar tuzishga haqli ekanligi yuqorida ta’kidlangan “Advokatura to‘g‘risida”gi qonun orqali ko‘rishimiz mumkin. Advokatlar byuro, hay’at va firmalari, shuningdek, advokatlar birlashmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda roʻyxatga olinadi. Advokatlar byurosuni, hay’atini va firmalarini tuzish, ular tuzilishi, shtatlari, vazifalari, mablagʻ sarflash tartibi, rahbar organlarining vakolatlari, ularni saylash tartibi hamda advokatlar byuro, hay’at va firmalarining faoliyatiga doir boshqa masalalar ularning ustavlari (nizomlari) bilan tartibga solinishini ham ko‘rib o‘tdik. Advokatura notijorat tashkilot hisoblanib, faoliyatni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi. Advokatura mablagʻlari, davlat bilan advokatura oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida (1998-yil 25-dekabr oyida qabul qilingan) belgilab qo‘yilgan. Advokaturalar qonunda belgilangan tartibda advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkinligini ham ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari bilamizki, har bir huquq sohasining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Shu bilan bir qatorda, advokatura institutining ham jamiyatda muhim o‘rni mavjud. Qolaversa, bu soha borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning ta’kidlashicha: “Qonun normalari ustun bo‘lgan davlatlar har doim oldinda bo‘ladilar”. Jamiyatdagi insonlarning buzilgan huquqlarini tiklash advokatura sohasi bu borada o‘z ishini amalga oshirib kelmoqda. Jamiyatimizda turli xil toifadagi shaxslar o‘zining kundalik ish kunida, ish joyida, oilasida va shunga o‘xshash turli xil muammolarga duch kelishadi. Vaholanki, jamiyatning har bir a’zosi ham o‘z huquqlarini va qonuniy manfaatlarini qanday qilib himoya qilish kerakligini bilishmaydi. Shu sababli ham jamiyatimizda advokatura institutini yaxshilab, soha vakillarini ko‘paytirishimiz kerak bo‘ladi. Hozir yurtimizda advokatura sohasini rivojlantishda bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda qonun normalari ham ishlab, o‘zgartirilib borilmoqda. Bunga misol qilib aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PF-5441-sonli farmonini keltirishimiz mumkin. Ushbu farmonning asosiy maqsadi shuki, himoyachilarning (advokatlarning) maqomini yuksaltirish g‘oyasi targ‘ib qilingan. Masalan, advokaturaning o‘z himoya ostidagi shaxslar bilan audio, vedioyozuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus xonalarda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz uchrashishlari ta’minlandi hamda advokatlat (himoyachilar) O‘zbekiston Respublikasi JPKning 19-moddasiga ko‘ra sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kerish huquqi tanlandi. Yana bir o‘zgarish mavjud bo‘lib, endiliklar advokatlar o‘z xonadonida hech qanday to‘siqlarsiz advokatlar byurosini tashxis qilishi, to‘siqlarsiz advokatura byurosi tashxis qilish mumkin. Vaholanki, bundan tashqari tartib advokatlar uchun bir qancha qiyinchilikalar tug‘diradi. Masalan, o‘z turar joyining bir qismini noturar joyga aylantirishi edi. Demak, umumiy qilib xulosa qiladigan bo‘lsak, jamiyatimizda advokatura institutini rivojlantirishimiz zarurligini, insonlarning noqonuniy buzilib kelayotgan huquqlarini himoya qilib berish oraqali amalga oshirish kerakligini, qolaversa, asta sekinlik bilan advokatura sohasida o‘zgarishlar amalga oshirilayotganligini, bu islohotlarni amalga oshirishning asosiy maqsadi advokaturaning o‘rni va maqomini kuchaytirish ishlari olib borilayotganligini yuqorida ham ko‘rib chiqdik. Download 21.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling