Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilish mustaqil ish bajardi Ergashev D. Tekshirdi Bobojonov R. Mavzu: Aerodromlarni qurishni tashkil etish asoslari


Qurilish ishlarini tashkil etish tamoyillari


Download 32.84 Kb.
bet3/3
Sana09.02.2023
Hajmi32.84 Kb.
#1181152
1   2   3
Bog'liq
Aerodrom 555

8.2.Qurilish ishlarini tashkil etish tamoyillari.
Aerodromlarni qurishni va mukammal kapital ta’mirlash loyihasi ikki bosqichda (texnikaviy loyiha va ish chizmalari) yoki bir bosqichda (texnik ish loyiha) bajariladi. Texnikaviy loyiha tarkibiga qurilishning tashkiliy loyihasi (QTL), texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar va qurilishining umumiy qiymatini belgilab beruvchi jamlama smetasi kiradi.
Qurilishning tashkiliy loyihasini (QTL) texnikaviy (texnik-iqtisodiy) loyiha ishlab chiqadigan loyihalash tashkiloti yaratadi.
Aerodrom qurilishining tashkiliy loyihasida quyidagilar bo‘lishi kerak:
ishlab chiqarish korxonalari (SBZ, ABZ va b.), temir yo‘l Hamda avtomobil yo‘llari, omborlar, qurilish boshqarmasi joylashtirilgan aerodrom qurilishining bosh rejasi;
asosiy qurilish, montaj va maxsus ishlar Hajmi Haqidagi ma’lumotlar; bu ma’lumotlarda ushbu ishlarning qurilish yillari bo‘yicha taxminiy taqsimoti keltirilishi, tayyorgarlik ishlari Hajmi ajratib ko‘rsatilishi va ishlarni bajarish texnologiyasiga doir asosiy qoidalar keltirilmog‘i lozim;
qurilish ishlarini olib borish uchun kerak zaruriy bo‘ladigan qurilish materiallari, buyumlari, mashinalari, uskunalari, transport vositalari va quruvchi kadrlarga bo‘lgan talab-eHtiyoj Haqidagi ma’lumotlar;
asosiy qurilish, montaj va maxsus ishlar hajmi qurilish yillari bo‘yicha taxminan taqsimlangan aerodrom qurilishining jamlama taqvimiy rejasi;
tushuntirish xati: unda ishlarni bajarishning qabul qilingan uslublari bayoni, moddiy texnikaviy resurslar, kadrlarga bo‘lgan eHtiyojning va ana shu eHtiyojni qoplash manbalariga bo‘lgan talabning asosi, qurilishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaqtinchalik inshootlar hamda yordamchi korxona va xo‘jaliklar ro‘yxati keltirilishi, qurilishning ushbu turining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi namunaviy loyihalar va boshqa echimlar ko‘rsatilishi kerak.
Tayyorgarlik davridagi ishlarni bajarish loyihasi (IBL) quyidagilarni o‘z ichiga olmog‘i darkor:
ishlarni bajarishning taqvimi yoki chiziqli ko‘rinishi (setevoy grafik);
mazkur davrda talab etiladigan qurilish qismlari, detallari, asosiy material va uskunalarni qurilish ob’ektiga keltirish jadvali;
aeroport butun maydonining qurilish bosh rejasi: unda vaqtinchalik, inshootlar, maydondan tashqaridagi va maydon ichidagi kommunikag‘iya va tarmoqlar qanday joylashtirilishi tushuntirilgan, tayyorgarlik davrida amalga oshiriluvchi ishlar ajratib ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;
vaqtinchalik namunaviy inshootlarni o‘zaro bog‘lash ish chizmalari, dispetcherlashtirish texnologik vositalarini montaj qilish chizmalari yoki sxemalari;
loyihaning asosiy echimlari asoslab berilgan tushuntirish xati.
Aerodrom uchun mo‘ljallangan ishlarni bajarish loyihasida quyidagilar bo‘lishi lozim:
alohida ob’ektlar bo‘yicha ishlarni bajarishning chiziqli ko‘rinishi yoki taqvimi, ishga tushadigan majmualar bo‘yicha bilan qurilishda esa majmuaga kiritiladigan ob’ektlarga mo‘ljallangan chiziqli ko‘rinish yoki taqvimiy jamlama kompleksi; unda ish chizmalari bo‘yicha asosiy ishlar va hajmi aniqlashtiriladi;
qurilish qismlari, detallari, uskunalar va asosiy materiallarning qurilish ob’ektiga etkazib berilish jadvali; unda etkazib beruvchilarning nomi ko‘rsatilgan Hamda transport vositalarida turib montaj qilishda butlash qaydnomalari va montajning soatlik jadvallari ilova qilingan bo‘lmog‘i kerak;
ishchilarning kasblar bo‘yicha ko‘chish jadvali;
asosiy qurilish mashinalari (ekskavtorlar, kranlar va b.) ning ish jadvali;
qurilish extiyojlari uchun zarur bo‘lgan doimiy va vaqtinchalik transport yo‘llari, elektr, suv hamda issiqlik ta’minoti tarmoqlari, mexanizag‘iyalashgan qurilmalar, omborlar va boshqa inshoot hamda qurilmalarning joylashuvi aniqlashtirilgan aerodrom qurilishining bosh rejasi;
yangi uslublarda bajariladigan ishlar va murakkab ishlar uchun texnologik kartalar; qolgan ishlar uchun aloHida bajarish sxemalari tuziladi yoki namunaviy texnologik kartalardan foydalaniladi.
Murakkab bo‘lmagan ob’ektlar qurilishiga oid IBP ishlarni bajarish taqvimiy rejasi, qurilish bosh rejasi va qisqa tushuntirish xatidan iborat bo‘lishi mumkin. IBL ob’ektda ishlar boshlanmasdan kamida 2 oy oldin tasdiqlangan bo‘lishi zarur.
Ishlarni bajarish loyiha (IBL)lari pudratchi qurilish va subpudratchi qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan yoki ularning buyurtmasiga binoan ixtisoslashgan loyihalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. Mazkur loyihalarni ishlab chiqish va o‘zaro bog‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Har ustama qaysi ixtisoslashgan qurilish-montaj tashkiloti tomonidan, o‘zining qo‘shimcha (ustama) chiqimlari Hisobiga amalga oshiriladi

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Поспелов ПИ., Федотов Г.А. - Изыскания и проектирования автомобилных дорог, И и ИИ част. - М.: Академия, 2011, учебник.
2. Ушаков В.А. - Строителства автомбилных дорог. - М.: Транспорт,
2013, учебник.
3. В. Маллиcк, Т. Эл-Корчи. - Павемент Энгинееринг: Принcиплес анд
Праcтиcе, Сеcонд Эдитион. - Тайлор анд Франcис Гроуп, 2013, учебник.
4. А.М.Алиев. - Строителство автомобилных дорог и аеродромов, 1-2
том. - М.: Интрансдорнаука, 2013, учебник.

Qo’shimcha adabiyotlar


5. Ковалев П.В. - Пособие по производственному контролю качества при строителстве автомобилных дорог. - М.: 2005, учебное пособие.
6. Под редакстии А.П. Василева. Справочная энстиклопедия
дорожника. Строителства и реконструкстия автомобилных дорог. М.: 2005.
7. А.В.Смирнов. - Конструкстии и технологии строителства автомобилных дорог в сложных природных условиях. - Омск.: СибАДИ. 2005, учебное пособие.
8. Силкин В.В. - Технология и организастия работ на производственны предприятиях дорожного строителства. М.: АСВ, 2005, учебное пособие.
9. ШНК 3.06.03-2008. Автомобилные дороги. 10. ГОСТ 9128-2009. Смеси асфалтобетонные дорожные, аеродромные
и асфалтобетон. Технические условия.
11. ГОСТ 8267-93. Щебен и гравий из плотных горных пород для
строителных работ. Технические условия.
12. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PF 4954-sonli “Yo’l xo’jaligini boshqarish tizimini.
Download 32.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling