Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilish mustaqil ish bajardi Ergashev D. Tekshirdi Bobojonov R. Mavzu: Aerodromlarni qurishni tashkil etish asoslari
Download 32.84 Kb.
|
Aerodrom 555
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Aerodrom qurilishi ishlarini tashkil etishning umumiy tamoyillari.
Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilish MUSTAQIL ISH Bajardi Ergashev D. Tekshirdi Bobojonov R. Mavzu:Aerodromlarni qurishni tashkil etish asoslari Reja:
8.2.Qurilish ishlarini tashkil etish tamoyillari. 8.3.Qurilishni material‑texnik ta’minotini tashkil etish. 8.4. Qurilish mashinalarini tanlash va ularni otryadini shakllantirish 1. Aerodrom qurilishi ishlarini tashkil etishning umumiy tamoyillari. Aerodromlar qurilishining o‘ziga xos asosiy xususiyati ishlarning nisbatan uncha katta bo‘lmagan maydonda mujassamlanganligidadir. Bu Hol qurilish bosh rejasining mukammal ishlab chiqilishini va avtomobillar keladigan yo‘llar aniq tashkil etilishini talab qiladi. Aerodrom qurilish ob’ekti sifatida ko‘p majmuali bo‘lib, u erda ko‘plab ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari ishlaydi. Qurilish maydonlarining va aerodrom Qurish ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, aerodrom Qurish ishlarining umumiy tavsifi aeroportlar-aerodromlar sinfiga ko‘ra ancha farq qiladi. Masalan, er qazish va tekislash ishlari V-D sinfi uchun 60 ming m3 dan 1-A sinfi uchun 600 ming m3 gacha o‘zgaradi, ya’ni 10 baravar ko‘p; sun’iy qoplamalar maydoni, yuqorida keltirilgan sinflar uchun mos ravishda 53 dan 760 m2 gacha, ya’ni deyarli 14 baravar o‘zgaradi. Katta va kichik chuqurlar Hamda ko‘tarmalar uchish maydonida notekis joylashadi va ularning o‘zaro joylashuvi bir-biriga yaqin yoki tarqoq Holda bo‘ladi. Aerodromlar loyihalari bo‘yicha erning tik yo‘nalishda tekislash va tuproqni surish ishlarini statistik ishlash natijalari shuni ko‘rsatadiki, maydoni 0,1 - 4,0 ga bo‘lgan yaxlit joylar 85% ni, er qazish ishlarining umumiy hajmi esa ko‘pi bilan 50% ni tashkil etar ekan. Yer qazish ishlarining qolgan 50% maydoni 4 ga dan katta bo‘lgan yaxlit joylarning 15% foiziga to‘g‘ri keladi. Bitta aerodrom qurilishida quyidagi asosiy ishlar bajarilishi lozim: - o‘simlik o‘sadigan 50-150 ming m3 Hajmdagi tuproqni kovlab olish, 75-100 metr masofaga surib borish va bir erga vaqtincha to‘plab qo‘yish, er qazish ishlari bajarib bo‘lingandan so‘ng, uni mustaHkam chim qoplamalar talab etiladigan joyga yoyish; Yerrni kovlab 60-600 ming m3 (ayrim Hollarda esa 1-2 mln. m3 gacha) Hajmli chuqurlar (rezervlar) Hosil qilish, kovlangan tuproqni 200-1500 metr masofaga surib borib, bir erga to‘plash, o‘yilgan tuproqni qatlam-qatlam joylashtirish va talab etilgan zichlikka erishguncha zichlash; Tuproq uyumi va chuqurning sirtini, shuningdek uchish maydonini tekislash va chim qoplama hosil qilish maqsadida agrotexnika ishlarini amalga oshirish; Xandaqlar kavlash va agar zarur bo‘lsa, ularning devorlarini mustaHkamlash, zax qochirish quvurlarini yotqizish va xandaqlarni yana tuproq bilan to‘ldirib, zichlash, zovur zax qochirish tarmog‘i, quduqlar, ariqlar hamda qurilish inshootlari qurish. Jadval 1.
Aerodromning sinfiga qarab 50-760 m2 maydonda asos va qoplama, VPP, MS tutashmalari, tuproqli joylari bo‘lgan perronlar hamda rd xoshiyalari qurish; 32-35 ming m2 kattalikda avtomobillar keladigan va ichki aeroport yo‘llari Qurish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini bajarish; Ko‘rsatilgan aerodrom qurish ishlarining sermehnati aerodrom qoplamalari qurishdir. Bu ish aeroport qurish ishlari umumiy qiymatining 40 foizigachasini boradi, vaholanki er qazish va tekislash ishlari 5% gacha boradi, xolos. YAxlit sement-beton qoplamali A sinf aerodromini Qurishda 300 ming m3 gacha sement-beton qorishmasi tayyorlash va yotqizish talab qilinadi. Sement-beton to‘ldirgichlarini olib kelish va ishlov berish uchun (ularni konlardan qazib olishni hisobga olmaganda) aerodrom qurilishi umumiy xarajatlarining 25% dan ortig‘i talab qilinadi. Ishlab chiqarish korxonasining omborlari materiallar zaxirasi chaqiqtosh zaxirasi 50-60 ming m3, kum - 30-40 ming m3, sement -12-15 ming tonna. Atrof muhitni muhofaza qilish muammosi, birinchi navbatda, aerodromlarni loyihalashda hal etilmog‘i va ularni qurish hamda foydalanish chog‘ida ta’minlanmog‘i zarur. Bu muammo aerodromchi muhandislaridan, loyihalash bosqichidan to qurilish bosqichigacha doimiy diqqat-e’tiborni taqozo etadi. Aerodrom qurish ishlari qurilish ishlab chiqarishi me’yorlari va qoidalariga, standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga, shuningdek qurilish montaj ishlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda amalga oshirish, moddiy texnikaviy hamda transport ta’minotini tashkil qilish, ishlarni mexanizag‘iyalash, mehnatni tashkil etish, tezkor rejalashtirish-dispetcher xizmatini uyushtirish, kabilarga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim. a) kompleks mexanizag‘iyalashgan (avtomatlashtirilgan) jarayon yoki qurilish ishlari turini bajarish tannarxi; tegishli ish turining o‘lchov birligi (1 m3 tuproq, 1 m2 aerodrom qoplamasi) uchun aniqlanadi: Bu yerda: - brigadadagi qurilish jarayonini bajarishda qatnashadigan barcha mashinalarning mashina-smena qiymatlari yig‘indisi; Q - brigada bir smenada amalga oshiradigan ishlar Hajmi; b) kompleks mexanizag‘iyalash va avtomatlashtirish vositalari sotib olishga kapital mablag‘lar; v) ishchilarning, tannarxni hisoblab chiqarishda qabul qilingan o‘lchov birligi uchun aniqlanadigan mehnat sarfi. Sanoat va qurilishning ko‘pgina tarmoqlarida ishlarni tashkil qilishning oqim (potok) usulidan ham foydalanilmoqda. ushbu usul aerodromlar qurilishida eng ilg‘or sanalib, ishlab chiqarish jarayonini tarkibiy jarayonlarga ajratish, bajaruvchilar o‘rtasida mehnatni taqsimlab, ishlab chiqarish maromini yaratish, qurilish jarayonlarini vaqt va fazo bo‘yicha moslashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tuzilmasi va mahsuloti turiga ko‘ra xususiy, ixtisoslashgan, ob’ektlar bo‘yicha va kompleks oqimlar bo‘ladi. Xususiy oqim-bir ish amalini (tuproqni olib kelish, yoyib tekislash, zichlash va hokazo) bir necha ish maydonchalari (zaxvatlari) da birin-ketin bajarishdan iborat bo‘lgan oddiy oqimdir. Ixtisoslashgan oqim – xususiy oqimlar majmuasi bo‘lib, ular yagona ko‘rsatkichlar va oqim sxemasi shuningdek, qurilishining umumiy mahsul masalan er qazish ishlari tugalangan uchastka, aerodrom qoplamasi yoki zax qochirish - suv chetlatish kabilar bilan o‘zaro birlashtiriladi. Ob’ektlar bo‘yicha oqim - ixtisolashgan oqimlar majmui bo‘lib, ular birgalikda ishlab chiqargan mahsulot: tayyor bo‘lgan aerodrom, angar yoki binodan iborat. Kompleks oqim-aeroportning muxandislik inshootlari ko‘rinishidagi umumiy mahsulot asosida birlashgan, tashkiliy jiHatdan o‘zaro bog‘langan ob’ekt oqimlari guruhi. Tashkiliy-texnikaviy tayyorgarlik ko‘rilgandan keyingina yangi aerodromlar qurish va borlarini qayta qurishga kirishish lozim. shundagina qurilish montaj ishlarini reja asosida avj oldirish va amalga oshirish, qurilish ob’ektlarini rejada belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish, ishlar tannarxini kamaytirish hamda sifatini oshirish mumkin bo‘ladi. Aerodrom qurilishining moddiy-texnikaviy ta’minoti aerodromning quriladigan muhandislik inshootlarini ishlab chiqarish-texnologiya jihatidan butlash, aerodrom qurish ishlarining ishlab chiqarish texnologiyasiga muvofiq keluvchi qurilish buyumlari, materiallari hamda muhandislik uskunalari etkazib berish asosida qurilishning moddiy-texnikaviy bazasi vositasida amalga oshiriladi. Qurilishda mehnatni tashkil qilish ishchi kuchidan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish jarayonida ishchilarni joy-joyiga qo‘yish, mehnatni taqsimlash va kooperag‘iyalash, uni me’yorlash hamda rag‘batlantirish, ish o‘rinlarini tashkil qilish va ularga xizmat ko‘rsatish, bexatar mehnat sharoiti yaratish chora-tadbirlari tizimini nazarda tutadi. Qurib bitkazilgan inshootning sifati davlat qabul komissiyasi ob’ektni qabul qilib olayotganda baholanadi. Bunda loyiha, materiallar, buyumlar, muHandislik uskunalari va qurilish - montaj ishlari sifatining baholari inobatga olinadi. Loyihalar sifati texnikaviy, iqtisodiy va texnologik echimlarning samaradorligiga qarab baholanadi. Materiallar, buyumlar, muxandislik uskunalari sifati ularni tayyorlovchi korxonalarda, sanoat maHsulotini attestag‘iyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi tarmoq yo‘riqnomalariga binoan baholanmog‘i kerak. Qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati ishlab chiqarish nazorati natijalariga ko‘ra aniqlanadi va maxsus yo‘riqnomaga muvofiq baholanadi. Qurilish-montaj tashkilotlarida ishlab chiqarish nazorati dastlabki amallar bo‘yicha va qabul (sifatni baholagan holda) nazoratlarini o‘z ichiga olishi zarur. Qabul nazorati qurib bitkazilgan korxona, bino va inshootlar yoki ularning qismlari, shuningdek ko‘zga ko‘rinmaydigan ishlar hamda ayrim muhim konstrukg‘iyalar sifatini tekshirish va baholash uchun amalga oshirilmog‘i darkor. Ko‘zdan yashirin barcha ishlar qabul qilinishi va ular tekshirilganligi haqida dalolatnoma tuzilishi shart. yashirin ishlarni tekshirish dalolatnomasi mustaqil bajaruvchilar bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilib tugallangan jarayon uchun tuzilmog‘i lozim. agar keyingi ishlar uzoq tanaffusdan so‘ng bajariladigan bo‘lsa, yashirin ishlarni tekshirish dalolatnomasi bevosita navbatdagi ishlarni bajarish oldidan tuzilishi kerak. Qurilish-montaj tashkilotlarida, qurilish sifati ishlab chiqarish nazoratidan tashqari, maxsus nizomlar asosida ish ko‘ruvchi davlat va muassasa nazorat organlari tomonidan ham nazorat qilinadi. Qurilish tashkilotlarida qurilish sifati nazorat qilinishini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy, texnikaviy va iqtisodiy chora-tadbirlar ishlab chiqilmog‘i zarur. Bu chora-tadbirlarda, xususan, qurilish laboratoriyalari, geodeziya xizmatlari tashkil qilish, bajaruvchilarining malakasi va maHoratini oshirish nazarda tutilmog‘i darkor. Download 32.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling