Аerоdrоmlаrni lоyihаlаsh, qurish vа ekspluаtаtsiya qilish fanining ishchi o‘quv dasturi


Download 216.5 Kb.
bet2/16
Sana30.04.2023
Hajmi216.5 Kb.
#1409565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2022- sirtqi Aerodromlar ishchi Aya va Aykt lar uchun

Fanning maqsad va vazifalari
“Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish” fanini o‘qitishdan maqsad - aerodromlarni loyihalash, qurish texnologik jarayonlarini tashkil qilish va samarali ekspluatatsiya qilishda ilg‘or texnologiyalarni, zamonaviy va innovatsion materiallarni qo‘llash uslublarini, qoidalarini hamda fanning nazariy asoslarini talabalarga o‘rgatish, hamda shunga mos bilim, ko‘nikma va malaka, kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
Fanning vazifasi - aerodromlarni o‘zbekiston Republikasi tabiiy- iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishning samarali bo‘lgan ilg‘or texnologiyalarini, uslublarini va innovatsion materiallarni qo‘llashni talabalarga o‘rgatish va amaliyotga joriy qilishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga kuyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba:
- aeroport va aerodromlarni loyihalashdagi asosiy vazifalar, aeroport turlari va tarkibiy qismlari, aerodromning asosiy qismlari, er ishlarini bajarish ketma-ketligi, texnologik jihatdan aerodromlar qoplamalari tasnifi, uchishlarni tashkip etish va bajarishning asosiy qoidalari, uchish qoidalari, xavfsiz balandlikka ko‘tarilish va eshelonni o‘zgartirish, aerodromni ekspluatatsion saqpashda ta’sir qipuvchi asosiy yuklamalar, havo kemalarini uchishida, qo‘nishida, to‘xtab turish joylariga yurgizib borishda aerodrom qogshamalariga ta’sir etuvchi yuklamalar, yog‘ingarchilik vayaxmalakning aerodrom ekspluatatsion sharoitiga ta’siri, aerodromlarni qishki saqlashning asosiy qoidalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
aerodromlarni loyihalashtirishning qonun-qoidalarini, aeroportning muxandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini, suv chetlatish drenaj tizimining elementlari va tuzilishini, aerodrom sun’iy qoplamalarining tuzilishini, aerodrom qoplamlariga havo kemalari g‘ildiraklarining ta’sirini, aerodrom qoplamalarining havo kemalarini o‘tkazish qobiliyatini, sun’iy qatlamlarning ko‘ndalang va bo‘ylama kesimlarini loyihalashtirishni, joyni kurilishga tayyorlash bo‘yicha ishlarning tarkibini, o‘simlik gruntini ko‘chirib olish ishlarini, o‘ymalarga ishlov berish usullarini, ko‘tarmani tiklashda bajariladigan ishlar tarkibini, ko‘tarmani tiklash ishlarini tashkil etishni, yaxmalakka qarshi kurashish vositalari va usullarini bilishi vaulardan foydalana olishi;
-uchish-qo‘nish tasmalarida suv chetlatish kollektorlarini loyihalash, aerodrom qoplamlarini hisoblash, aerodrom qurilishi ishlarini tashkil etish, asfaltbeton va sementobeton qoplamalarini qurish ishlarini va sifat nazoratini tashkil etish, aerodrom qoplamalari mustahkamligi va ravonligini ta’minlash, aerodrom qoplamalarini joriy va mukammal ta’mirlash texnologiyalarini tashkil etish, aerodrom xizmati bazalarini tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
-IKAO usuli orqali va havo kemasining yakka g‘ildiragiga ekvivalent yuklanishlarni anikdash, aerodrom qoplamalarini loyihalashda ularni tarkibi va havo kemalaridan to‘shadigan og‘irlikni jadalligini hisoblash, aerodrom to‘shamalari asosi va qoplamasini qurishda ishlarni tashkil etish, sun’iy uchish-ko‘nish tasmalari, yurgizib borish yo‘lakchalari, havo kemalarining turar joylari va perronlarni markirovka qilish kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim.



Download 216.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling