Aes. Energiya manbalari muammolari aes qurilishidan O‘zbekiston qanday manfaat ko‘radi — ekspert bilan intervyu


Download 131.17 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi131.17 Kb.
#1491436
  1   2   3   4   5   6   7

AES. Energiya manbalari muammolari
AES. ENERGIYA MANBALARI MUAMMOLARI
AES qurilishidan O‘zbekiston qanday manfaat ko‘radi — ekspert bilan intervyu

Shu yilning 19 oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasida birinchi AES qurilishi loyihasining amalga oshirilishiga start berishdi.
«Buyuk kelajak» ekspert kengashi a’zosi Qahramonjon Nasirov «Kun.uz»ga bergan intervyusida AES qurilishi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi tashabbusiga qanday qaraysiz?
- Energetika sohasidagi investorlar bilan ishlaydigan mutaxassis sifatida O‘zbekiston uchun yadro energiyasi foydali va kerakli deb hisoblayman. Shuning uchun mamlakatimiz prezidentining O‘zbekistonda yadro energetikasini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorini o‘qib, xursand bo‘ldim. Bu qarorni O‘zbekiston energetikasini, sanoatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim va tarixiy qaror deb bilaman.
Afsuski, bizda yurtimizda quriladigan AES to‘g‘risida, bu stansiyaning parametrlari to‘g‘risida ma’lumotlar kam. Shuning uchun quyida keltiriladigan ba’zi fikrlarni ushbu AES to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida yozilgan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda bildiramiz.
Ommaviy axborot vositalaridan bilamizki, O‘zbekistonda quriladigan AESning qiymati 11 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. «Rosatom» amalga oshirayotgan boshqa ana shunday loyihalar yoki dunyoda qurilayotgan boshqa AESlar narxi bilan solishtiradigan bo‘lsak, bu yaxshi narx. Agarda buning ichida AES bilan bog‘liq infrastrukturalarga kiritiladigan investitsiya ham bo‘lsa , unda bu biz uchun a’lo qiymat hisoblanadi. 
Fursatdan foydalanib aytmoqchimanki, AES qurilishi borasidagi bir qancha mavzular to‘g‘risida gapirilmayapti, xolis mutaxassislarning fikrlari yoritilmayapti. Misol uchun, AES qurilishining moliyaviy tomonlari, «Rosatom» tashkilotining boshqa AES qurilishi loyihalaridagi muammolari O‘zbekistonda qaytarilmaydimi, ekologiya, suv masalasi, radioaktiv materiallarni saqlash va boshqa mavzular.
Bular haqida ochiq hamda batafsil yozish va gapirish prezidentimiz qaroriga qarshi chiqish degani emas. Aksincha, bular ommaga mazkur qarorning qanchalik muhim ekanligini tushuntirishga, loyihani samarali va unumli amalga oshirishga yordam beradi deb o‘ylayman.

Download 131.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling