Aes. Energiya manbalari muammolari aes qurilishidan O‘zbekiston qanday manfaat ko‘radi — ekspert bilan intervyu
- Nima uchun Germaniyada yadroviy reaktorlarni yopish dasturi qabul qilingan?
Download 131.17 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- - O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha qanday takliflaringiz bor
- Nima uchun Germaniyada yadroviy reaktorlarni yopish dasturi qabul qilingan?
- Germaniyada jami 17ta reaktor mavjud. Ba’zilari hozirda har xil sabab bilan to‘xtatilgan, misol uchun ta’mirlashga. Qolganlari esa 2022 yilga borib to‘xtatilishi kerak. Germaniyadagi energiya manbalari shunday bo‘linganki, shimolda muqobil energiya ulushi kuchli, aksariyat yadro reaktorlari esa mamlakat janubida joylashgan. 2022 yilga borib haqiqatan barcha reaktorlar to‘xtatiladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq javob yo‘q, Chunki misol uchun, Bavariya hukumati ba’zi reaktorlardan foydalanish muddatini 2022 yildan keyinga uzaytirib berishni so‘ramokda. Bu davlatda sanoat juda kuchli rivojlangan va yadro energetikasining ulushi 20-22 foizni tashkil qiladi. Savol tug‘iladi, AESlarning ulushi katta bo‘lsa, sanoatga katta elektr manbalari kerak bo‘lsa, nemislar nima uchun yadro energetikasidan voz kechishga qaror qilishdi? Nemislar yadrodan voz kechish uchun bir nechta muhim qadamlarni bosib o‘tishdi: - ishlab chiqarish sohalaridagi energiyatalab texnologiyalar yangi tejamkor uskunalarga almashtirilmoqda; - muqobil energiya manbalariga e’tibor kuchaydi va davlat oxirgi yillarda bu sohaga katta mablag‘ sarflamoqda va bu manbalarning samaradorligi oshib bormoqda; - nemislarning AESlar xavfsizligiga ishonchi sezilarli darajada pasaydi va ko‘pchilik aholi hukumatning yadro energiyasi ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish rejasini qo‘llab-quvvatlayapti. - O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha qanday takliflaringiz bor? - O‘zbekistonda AES qurilishi masalasi to‘g‘risida odamlar ikki guruhga bo‘linib qoldi. Ba’zilar qarshi, ba’zilar bu qarorni qo‘llab-quvvatlayapti. Bu tushunarli holat. Lekin hammamizning maqsadimiz bitta – O‘zbekistonda sanoatni rivojlantirish orqali ishsizlikni kamaytirish, xalq farovonligini oshirish. Shu maqsad bizni birlashtirishi kerak. «O‘zatom», «O‘zbekenergo» va ushbu loyiha bilan shug‘ullanayotgan davlat tashkilotlari xodimlari bir tomondan va xolis mutaxassislar boshqa tomondan ishchi guruhini tashkil qilishi va AES qurilishi loyihasini amalga oshirish vazifalari, loyihaning moliyaviy shartlari, infrastruktura masalasi, kadrlar tayyorlash jarayoni kabi masalalarni birgalikda ko‘rib chiqishini taklif qilaman. Ba’zan shunday loyihalar bo‘ladiki, tezlik ularning oxirgi natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. AES qurilishi ana shunday loyihalar sirasiga kiradi. Bu kabi loyihalarni chet elda yillab tayyorlashadi. Sabablari tushunarli – loyiha juda qimmat va o‘ziga yarasha xavfli. «Rosatom» biz uchun еtkazib beruvchi, sotuvchi tashkilot va biz esa mijoz sifatida ulardan zarur ma’lumotlarni so‘rab va muhim narsalarni tekshirib olishimiz kerak. Misol uchun, «Rosatom» Finlyandiyada qurayotgan AESning birinchi okrugi reaktorining payvandlash ishlari sifatini xolis tashkilotlar tekshirib, o‘z xulosalarini berdi. Biz o‘zimiz hozircha bunday nozik va muhim qurilishlarni tekshira olmaymiz. O‘zbekiston Yadro fizikasi instituti reaktorida tajriba sifatida energiya chiqarish akademik tadqiqot sifatida yaxshi amaliyot. Lekin amalda AES qurish, uning kamchiliklarini quruvchi tashkilotga ko‘rsatish va ularni nazorat qilish umuman boshqa ish va mas’uliyat demakdir. O‘zbekistonda bu sohada еtarli darajada tajribali mutaxassislar kam, shuning uchun mutaxassislarni tashqaridan jalb qilish lozim. Mening taklifim, O‘zbekistondagi AES qurilishi jarayonini va qurilish sifatini xolis, tajribali tashkilot tekshirib turishi kerak. Download 131.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling