Afg`oniston milliy davlatining tashkil topishi


Download 74.5 Kb.
bet1/4
Sana18.02.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1210281
  1   2   3   4
Bog'liq
XVII-XX ASR BOSHLARIDA AFG`ONISTON


XVII-XX ASR BOSHLARIDA AFG`ONISTON
Reja:
1. Afg`oniston milliy davlatining tashkil topishi.


2. Afg`onistonning xorijiy davlatlar bilan munosabatlari .


3. Birinchi ingliz –afg`on urushi.
AFG`ONISTON MILLIY DAVLATINING TASHKIL TOPISHI.
XVII asrning ikkinchi choragidan boshlab Afg`oniston Boboriylar sulolasi hukumronlik qilayotgan hindiston davlati tarkibiga kirar edi. Hirot va Sandahor esa safaiylar sulolasiga qarashli Eronning mulklariga aylangan edi.
XVIII asr boshlarida Boburiylar imperiyasi parchalanib ketayotgan bir paytda afg`onlarning ko`chmanchi ikki qabilasi gizoiylar va durroniylar safaviylarga qarshi urush boshladilar. 1722 yilda bu qabilalar Janubiy- Sharqiy Eronga bostirib kirib safaviylarni taxtdan ag`dardilar. 1736 yilda Turkmanlarning afshor qabilasidan bo`lgan Nodirqul “Nodirshoh” nomi bilan Eron taxtiga o`tirdi va 1738 yili Afg`on qabilalarini Erondan haydab chiqarishga muvaffaq bo`ldi. Nodirshoh o`z qo`shinlari safini Afg`onistonda yangi kuch (otryad) lar bilan to`ldirib Hindistonga yurish uyushtirdi. 1747 yil nodirshoh qatl etilgandan so`ng , uning imperiyasi inqirozga yuz tutib , parchalanib keta boshladi.
1747 yilda Afg`oniston tarixida birinchi marta milliy mustaqil davlat vujudga keldi. Mazkur davlatning asoschisi durroniylar qabilsining yo`lboshchisi , iste`dodli harbiy qo`mondon Ahmadshoh bo`ldi. Bu davlat tarkibida Afg`onistondan tashqari Xuroson 1748-1761 yillarda bosib olingan Kashmir , Sind va Panjob kiradi.
1773 yili Ahmadshoh Durroniy vafot etgach, uning taxt vorisi , o`g`li Temur va nevarasi Zamon hukumronligi davrida Afg`on davlatining tushkunlikka yuz tutishi boshlandi.
XIX asr boshida o`zaro urushlar va dehqonlar qo`zg`alonlari natijasida Afg`oniston davlati ancha zaiflashdi. Bu paytda mamalakatni Ahmadshohning nevaralaridan biri Shujoumulkelliklar kirib kela boshladilar. Ingliz- rus arqobati ham mamalakat taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling