Afg`oniston milliy davlatining tashkil topishi


IKKINCHI INGLIZ - AFG`ON URUSHI


Download 74.5 Kb.
bet3/4
Sana18.02.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1210281
1   2   3   4
Bog'liq
XVII-XX ASR BOSHLARIDA AFG`ONISTON

IKKINCHI INGLIZ - AFG`ON URUSHI.
1878 yilda inglizlar Afg`onistonga yana hujum qildi. Sheralixonning o`g`li yoqubxon (1878-18800 taslimchilikdan iborat Gandamak bitimini imzoladi. Unga ko`ra Afg`onistonning tashqi siyosati Angliya nazorati ostida bo`lishi lozim edi. Bunga qarshi Qobulga Afg`on qoshinlari va aholi 1879 yilda qo`zg`alon ko`tardi. Ingliz rezindensiyasi egallandi. Inglizlar qaytadan Qobulga hujum qildilar. Amir Yoqubxon ularga asir tushdi. G`azablangan xalq va qo`shinlar undan yuz o`girdilar va partizanlik urushi boshlandi.
1880 yil boshida qo`zg`alonchilarga bosh bo`lgan Dostmuhammadhonning nabirasi Sardor Abdurahmon qo`shinlari Qobulni o`rab oldilar. Abdurahmon inglizlari yengib, Shimoliy Afg`onistonda (Afg`on Turkistonda) hukumron bo;ib oldi. Shu asmoda, siyosat maydoniga Sheralixonning o`g`li Ayubxon chiqdi.
U 1880 yil yozida Mayband yonida inglizlarni tor-mor qilib Qandahorni egalladi. Shundan so`ng inflizlar asosiy kuchlarini olib kelib janga tashladilar . Ayubxon yengilib Hirotga chekindi. Ammo Abdurahmon boshliq aholi va Afg`on qo`shinlari inglizlarni ham chekinishga
majbur qildi. Ular Qandahorni tashlab chiqdilar. Shunday qilib ikkinchi ingliz-afg`on urushi inglizlarning mag`lubiyati bilan tugadi.
Endi Abdurahmon Ayubxon bilan “hisob-kitob” qilishi kerak edi. 1880 yil kuzida Hirot yaqinida bo`lib o`tgan jangda Abdurahmonning qo`li baland keladi. Amir Abdurahmon (1880-1901) Afg`oniston hukumdori bo`lib qoldi.
Ammo Amir Abdurahmon ham ba`zi masalalarda inglizlarga yon berishga majbur bo`lgan, masalan 1893 yildagi Dyurand bitimi bilan u Afg`oniston janubida inglizlar ustunligini tan olgan.


XX ASR BOSHLARIDA AFG`ONISTON.
1901 yilda Amir Abdurahmon vafot etgach , o`rniga uning o`g`li Habibullo (1901-1919) amir bo`ldi. U Angliya bilan yaqinlashish tarafdori edi. 1904 yilda Angliya Qobulga Den missiyasini yubordi va aAfg`onistonga savdo nazoratini berishni taklif qildi. Bundan tashqari Afg`onistonga temir yo`l qurish masalasini qo`ydi. 1907 yilda bu bitim imzolandi va Afg`oniston Angliya manfaatlari mintaqasi deb e`lon qilindi.
XX asr boshida garchi zavod-fabrikalar bo`lmasada qishloq xo`jaligi mamalakati bo`lib qolayotgan Afg`onistonda savdo rivojlandi. Qishloq xo`jaligida “ixtisoslashuv” ro`y berdi. Shaharlarda aholi ko`payib kengaydi.
Biroq, nochorlik shunday darajada ediki soliqlarni pul bilan olishning iloji bo`lmaganidan, natura –mahsulot tarzida soliq to`lanardi. Temir yo`l haqidagi rejalar amalgam oshmadi. Afg`oniston qoloq, agrar, yarim mustamlaka mamakatligicha qolaverdi.
Boshqaruv va madaniy o`zgarishlar ro`y berdi. Jumladan, ma`muriy va harbiy xodimlar maktabi ochildi. Kitob chop etish yo`lga qo`yildi . gazeta (“Siroj ul axbori Af`oniya”- Afg`on xabarlari chirog`i) chiqa boshladi. Bularga Muhammad Tarziy boshchilik qildi.
Muhammad Tarziy “Yosh afg`onlar” harakatining boshlig`I bo`lib, mamlakatda respublika tuziminm uchun kurash olib bordi. Ularning dasturida maktab- maorif , madaniyat, fan, texnika sohalarini rivojlantirish asosida mamlakatni qoloqlikdan olib chiqish, konsititutsiya qabul qilish, mahsulot solig`ini bekor qilish, ichki to`lovlarni yo`qotish, qabilalar tengligiga erishish va boshqa ilg`or qarashlar ilgari surilgan edi. “Yosh Afg`onlar” butun umidlarini amir Habibullohning o`g`li Omonullohonga bog`ladilar, chunki u “Yosh Afg`on” lar ro`hida tarbiyalangan edi. Keyinchalik 1919-1929 yillar amir bo`lgan Omonullahon Sovet Rossiyasi bilan yaqinlashib, inglizlarga qarshi siyosat yurgazdi. U Afg`onistonda G`arb avvolo Rossiyadagi yangiliklarni qo`llamoqchi bo`lib, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Natijada 1929 yilda Afg`on qabilalari boshliqlarining Bachai Saqqo rahbarligidagi qo`zg`aloni bilan yosh Afg`onlar hukumati ag`darib tashlandi.
Afgʻoniston hududining 4/5 qismini togʻlar va yassitogʻliklar egallagan. Shimoli-Gʻarbida Paropamiz, Safedkoʻh, Bandi Turkiston, Shimoli-Sharqida Hindikush togʻ tizmalari, asosan, kenglik boʻylab yoʻnalgan. Markazining asosiy qismini Hazorajat va Gʻazni-Qandahor yassitogʻliklari egallagan boʻlib, ularga gʻarbiy hamda janubiy tomonlardan boshqa togʻliklarning tizmalari qoʻshilib ketgan (Bandi Bayon, Chixilabadalon, Zang tizmasi, Koʻhi Xurd, Mazor va boshqa). Mamlakat hududining janubiy va janubi-gʻarbiy qismlari baland tekisliklardan iborat boʻlib, ularda Registon va Garmsir qumli hamda tosh-gilli Dashti Morgʻo choʻllari joylashgan. Botiqlarda koʻllar va shoʻrxoklar mavjud (Sabari, Puzak, Gaudi-Zira va boshqalar). Afgʻonistonning janubi-sharqiy chegarasi boʻylab Sulaymon togʻlarining gʻarbiy tizmalari choʻzilgan. Afgʻonistonda foydali qazilmalar kam oʻrganilganiga qaramay, u yerda toshkoʻmir (Ish pushta, Kar kar, Darayi Soʻf, Karux va boshqa konlar), tabiiy gaz (Xoʻja gugurtak), temir rudasi (Palangsor), xrom rudasi (Shadal ketkay), oltin (Argandab, Sanglech, Nuraba), berilliy (Darayi-Pech, Darayi-Nur), qoʻrgʻoshin-rux (Farinjol, Mirzaka), mis rudasi (Jigdalay), osh va tosh tuzlari, oltingugurt hamda qimmatbaho tosh konlari mavjud. Hirot va Bomiyon viloyatlarida maʼdanli suv buloqlari ochilgan. Afgʻoniston hududining katta qismi quruq subtropik iqlim mintaqasida joylashgan boʻlib, iqlimi kontinental. Yozi issiq va quruq (iyulning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 32—35 °C, togʻlarda 10— 14 °C), kishi iliq, togʻlarda sovuq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 0ye dan 8 °C gacha; — 30 °C sovuqlar ham kuzatiladi, togʻlarda 0 °C dan past, ayozli kunlar koʻp boʻladi). Yillik yogʻin miqdori shimoliy hududlarda 170 – 280 mm, choʻl hududlarida 40 – 50 mm, togʻ yon bagʻirlarida 800 mm gacha boradi. Yirik daryolari — Amudaryo va uning irmogʻi — Panj hamda Hilmand, Farrohrud, Herirud, Murgʻob va boshqa Qobul daryosi Hind okeani havzasiga quyiladi. Daryolarning suvlaridan sunʼiy sugʻorishda hamda elektr energiya hosil qilishda foydalaniladi. Mamlakat sugʻorma dehqonchilik hududlarida boʻz va toʻq boʻz tuproq hamda sur-koʻngʻir tuproklar tarqalgan. Katta qismini qumli tuproq egallagan. Asosan choʻl va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Shimoli-sharqiy va sharqiy qismlaridagi togʻlarda keng bargli (2000–2400 m li balandlikda) hamda ignabargli (3300 – 3400 m gacha boʻlgan balandlikda) oʻrmonlar mavjud. Afgʻonistonda yovvoyi hayvonlardan boʻrisirtlontulkiqoplonayiqjayron va boshqalar uchraydi.
Hozirgi Afgʻoniston hududida miloddan avvalgi 1-mingʻ yillikda bir qancha mayda davlatlar boʻlgan. Baqtriya ularning eng kuchlisi edi. Ular uzoq asrlar davomida AhamoniylarsalavkiylarArab xalifaligig`aznaviylarmoʻgʻullartemuriylarboburiylarsafaviylar hukmronligi ostida boʻlgan. 1747-yilda Ahmadshoh Durroniy XurosonSeistonSindBalujistonPanjobKashmir va Balxni, shuningdek Amudaryoning soʻl sohilidagi ayrim hududlarni egallab, birinchi bor mustaqil Afgʻoniston davlatiga asos soldi. Lekin u 1818-yilda bir qator xonliklar (Kobul, Qandahor, Hirot va Peshovar)ga boʻlinib ketdi. 1825-yilda Kobul hokimi Doʻstmuhammad afgʻon yerlarini bir butun davlat qilib birlashtirishga harakat qildi, lekin bunga Angliyaning bosqinchilik urushlari toʻsqinlik qildi (1838 — 42, 1878 — 80 yillardagi urushlar). Angliya Afgʻonistonni oʻz mustamlakasiga aylantira olmadi, lekin 1879-yilda tashqi siyosat uning nazorati ostiga oʻtdi. 19-asr oxiri — 20 — asr boshlarida Afgʻonistonda markazlashgan davlatni shakllantirish jarayoni yakunlandi. Birinchi Jahon urushida Afgʻoniston oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. Qulay xalqaro sharoitning vujudga kelishi Afgʻoniston amiri Omonulloxonga 1919-yil 28-fevralda Afgʻonistonni mustaqil deb eʼlon qilishga imkon berdi. 1919 — 28 yillarda Omonulloxon mamlakatda qoloqlikni bartaraf qilish va ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. 1923-yilda Afgʻonistonning birinchi konstitutsiyasi eʼlon qilindi. 1929-yilda Angliya tomonidan uyushtirilgan isyon natijasida Omonulloxon taxtdan ketdi. Hokimiyatni muxolifat kuchlari rahbarlaridan biri, Bachai Saqo (amir Habibullo nomi bilan) egalladi va u barcha islohotlarni bekor qildi. Lekin shu yilning oʻzida Bachai Saqo hokimiyati agʻdarib tashlandi. Taxtga oʻtirgan Nodirshoh hukumati mamlakatni jadal rivojlantirish yoʻlini davom ettirdi. 1933-yil taxtga uning oʻgʻli Muhammad Zohirshoh oʻtirdi. II Jahon urushi davrida Afgʻoniston betaraflikni saqlab qoldi. Urushdan keyingi yillarda davlat tizimini demokratlashtirish, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish uchun muxolifat harakati kuchaydi (1947, 1950 — 51 yillardagi chiqishlar, 1965 — 66 yil Kobul shahridagi namoyishlar). 1973-yil 17-iyuldagi qon toʻkilmay oʻtkazilgan davlat toʻntarishi natijasida monarxiya tugatildi va mamlakat respublika deb eʼlon qilindi. Chuqur islohotlarni oʻtkazishga soʻz bergan Muhammad Dovud hukumati oʻz vaʼdasini bajarmadi. Mana shunday sharoitda 1978-yilning 27-aprelda yana davlat toʻntarishi amalga oshirildi. Hokimiyatga Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasining rahbari Nurmuhammad Taraqqiy boshchiligidagi kuchlar keldi va mamlakat Afgʻoniston Demokratik Respublikasi1987-yildan Afgʻoniston Respublikasi nomini oldi. N. Taraqqiy hokimiyati salkam bir yarim yildan keyin H. Amin tomonidan agʻdarildi, uning oʻzi oʻldirildi. Mamlakatda qirgʻinbarot boshlandi. Lekin H. Amin hokimiyati ham uzoqqa bormadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar:



Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling