Afg`oniston milliy davlatining tashkil topishi


AFG`ONISTONNING XORIJIY DAVLATLAR BILAN MUNOSABATLARI


Download 17.39 Kb.
bet2/3
Sana14.01.2023
Hajmi17.39 Kb.
#1093164
1   2   3
Bog'liq
XVIII-XX asr boshlarida Afg`oniston

AFG`ONISTONNING XORIJIY DAVLATLAR BILAN MUNOSABATLARI.
1800 yil so`ngida rus podshohi Pavel I napaleonga maktub bildirdi. Napaleon ham bunga javoban o`zining Hindistonga yurishini O`rta Osiyo orqali , quruqlikdan o`tish haqidagi rejalarini ma`lum qildi. Bu rejaga ko`ra fransuz-rus qo`shinlari Afg`oniston yerlaridan o`tib, Hindistoga hujum qilish lozim edi.
Ammo 1801 yilda rus podshohi Pavel I ning o`ldirilishi va uning o`rniga taxtga o`tirgan Aleksandr I ning tutgan siyosati tufayli bu rejalar amalgam oshmay qoldi. Aleksandr I Napaleon bilan Til`zitda uchrashgandan keyin (1807 yil) bu masala yana ko`tarildi. 1808 yilda napoleon Eronga geniral Gordonni jo`natdi. Bundan hadiksiragan ingliz maxsus missiya yuborildi. 1809 yili yozida (17 iyul) Ingliz va Afg`on hukumatlari Napaleonga qarshi o`zaro hamkorlik to`g`risida shartnoma imzoladilar
“ Doimiy tinchlik va do`stlik to`g`risida” gi bu o`ziga xos bitimni tasdiqlagan Afg`oniston hukumdori Shujoumulk keyinchalik tarix taqozosi bilan mamlakatdan quvildi va “Ost-Ind” komissiyasidan panoh topdi.
Bu davrda taxti uchun kurash olib brogan hukumdor orasida Do`stmuhammadhon o`z idorasi , tadbirkorligi va jasurligi bilan
shuhrat qozondi. Qobul amri Do`stmuhammadhon (1826-1863) Uzoq kurashdan so`ng , ikkinchi bora 1826 yili Qobulni qo`lga kiritdi va shu yili Afg`on amiri tojini kiydi.
Ingliz mustamlakachilari Do`stmuhammadhon davlatiga qarshi sikxlarni, so`ngra Eronliklarni gij- gijladi. Lekin,shunga qaramay Do`stmuhammadhon Afg`on yerlarini katta qismini o`z amirligiga qo`shib olishga muvaffaq bo`ldi.
BIRINCHI INGLIZ - AFG`ON URUSHI.
Buyuk Britaniya va Afg`oniston o`rtasida ziddiyatlar birinchi ingliz-afg`on (1838-1842) urushini keltirib chiqaradi. O`z navbatida inglizlar amir Do`stmuhammadhonning o`rniga o`z “odamlari Shujoulmulkni taxtga ko`tarib Afg`onistonni shu yo`l bilan qaram qilib olmoqchi edilar.
Inglizlarning bosqinchilik intilishlari amir Do`stmuhammadhonni tashvishga soldi va u bu intilishlarga zarba berishda Rossiya va Eronda yordam olishga umid bog`lab, ular bilan deplomatik aloqalar o`rnatdi. Ammo Rossiya yaqin Sharq masalalari bilan band bo`lganligi tufayli Afg`oniston masalasida Angliyaga yon bosdiva Afg`oniston bilan diplomatic aloqalar o`rnatishga to`sqinlik qildi.
Birinchi inliz-afg`on urushida Angliya harbiy jihatdan ancha ustun ekanligiga qaramay, muvaffaqiyat qozonolmadi. Chunki Afg`onlar Ingliz bosqinchilariga qarshi milliy mustaqillik, umumxalq urushini olib bordilar. 1841 yili Shujoulmulk o`ldirildi. Inglizlar tor-mor qilindi. Pirovardida Angliya Afg`oniston bilan sulh bitimini imzolashga va bu davlatning milliy mustaqilligini tan olishga majbur bo`ldi.
Amir Do`stmuhammadhon 1840-1860 yillar davomida Afg`oniston hududini Qndahor, Hirot,Balx, Qunduz, Andxoy va Hilm muzofotlarini bosib olish hisobiga ancha kengaytirildi. Uning vafotidan so`ng taxtga o`g`li Sheralixon (1863-1879) o`tirdi.
Rossiyaning O`rta Osiyoni bosib olishi , Angliyaing O`rta Sharq jumladan, Afg`onistonga suqilib kirishi xalqaro vaziyatni ancha keskinlashtirdi. Rossiya va Angliya o`rtasidagi mustaqil Afg`oniston hukumati qatnashtirilmagan muzokaralar (1869-1873) natijasida Afg`oniston va chor Rossiyasi chegaralari Amudaryo sohillari bo`ylab belgilanadi.

Download 17.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling