Afina” o’quv markazi. Barcha abiturentlarga talaba bo’lish nasib qilsin! 1-mavzu


Download 0.62 Mb.
bet42/42
Sana09.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#258286
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
7-jahon test 2017(1)

tuzuvchi
44-mavzu: OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI MADANIYATI

1. Usmonlilar jamiyatida qaysi asrlarda madaniyatning turli sohalari ravnaq topib, mamlakatda shoira Mehri xotun va shoir Mulla Mahmud kabi qator iqtidorli shoirlar yetishib chiqdi

a)XV asr oxirida

b) XVI asr oxirida

s) XIV asr asr oxirida

d) XVII asr asr oxirida

2.U o‘z faoliyati davrida 300 dan ortiq inshootlar: masjidlar, madrasalar, saroylar, favvoralar, hammom va ko‘priklar qurilishiga boshchilik qilgan.U kim?

a) Piri Rais b) Xoja Sinon



s) Xoja Xalifa d) Evliya Chalabiy

3. Kimning asarlari, uning O‘rta, Qora va Egey dengizlari atlasi – «Bahriya» dunyo fanidagi katta yutuq bo’lgan.

a) Piri Rais b) Xoja Sinon

s) Xoja Xalifa d) Evliya Chalabiy

4. Yevropa manbalari asosida bitilgan ko‘p jildli asarlarida arab va jahonning turli mamlakatlari haqida bayon qilinadigan asarlar berilgan qatorni toping?

a) Evliya Chalabiyning «Sayohatnoma»

b) Xoja Xalifaning «Jahonnoma»

s) Piri Rais “Bahriya” d) a va b

5.Buyuk Sechjon (1418-1450) davrida qaysi sohalarda yuksalish bo’ldi?

1.soliq tizimida islohot o’tkazadi, 2.hammom va ko‘priklar qurilishiga boshchilik qilgan 3.koreys madaniyati va san’ati gullab yashnaydi 4. milliy koreys unversitetiga asos solinib,unda mumtoz xitoy adabiyoti o’rgatilgan 5. geografiyaning taraqqiyoti 5.davlat boshqaruvi takomillashtiriladi

a)1,3,4,5 b) 1,3,4,5

s) 1,2,3,4 d) 2,3,4,5

6. Budda ibodatxonasi hisoblangan -Pulguksa kimning davrida qurilgan?

a) Buyuk Sechjon b) Chandragupta s) Muso II d) Buyuk Karl

7.Qirol Sechjon ishtirokida yomg’irni oldindan aniqlaydigan asbob,shamol tezligi va yo’nalish belgilaydigan asbob,quyosh va suv soatlari,yulduzlar xaritasi hamda nima tuzildi.

a) astronomoik jadval b) taqvim s) yozuv d) “nol”ni anglatuvchi belgi

8. . Mayyalarning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti milodiy asr boshlarida nimani yaratish imkonini beradi.

a) astronomoik jadval b) taqvim s) yozuv d) “nol”ni anglatuvchi belgi

9.Mayyalar hayotida jamoa a’zolariga dehqonchilik ishlarini bajarish muddatlarini belgilab berganlar, qilqalam bilan iyerogliflarni bitib, rasmlar bilan bezatgan.Bu kasb egalari….?

a) podsho b) olimlar

s) kohinlar d) bashoratchilar

10. Matematikaga «nol»ni anglatuvchi belgi mayyalar tomonidan qaysi xalqlardan ham avval kiritilgan.

a) arablar b) hindlardan s) yahudiylardan d) rimliklardan

11.Qaysi rasadxonada kohinlar sayyoralarning Quyosh tevaragida aylanishi vaqtini hisoblab chiqqanlar hamda Quyosh va Oyning tutilishini oldindan aytib bera olganlar.

a) Pulguksa b)Chichenitsa s) Kusko d) Tenochtitlan

12.Qaysi xalqlarda saroy va ibodatxonalarning derazalari bo’lmasdan,ular eshiklar orqali yoritilgan hamda tekis va ravon ko’chalri toshdan bunyod etilgan.

a) asteklarda b) mayyalarda s) inklarda d) hindlarda



13. Qaysi xalqlarda mayyalar ixtirosi asosida o‘zlarining quyosh taqvimini yaratganlar. Piktografik yozuv shakllangan, dini ko‘p xudolikka asoslangan ,urush xudosi sharafiga hatto odamlar ham qurbonlik qilingan.

a) asteklarda b) mayyalarda s) inklarda d) hindlarda



14. Ma’lumotning umumiy mazmunini rasm orqali yoki rasmlarni ketma-ketligi orqali eslab qilish maqsadida tasvirlash usulidagi yozuv -…?

a) Piktografik yozuv b) iyeroglif yozuvi s) mixxat yozuv d) tugunli xat



15. Qayerda zodagonlarning farzandlari va oddiy xalq bolalari uchun alohida-alohida maktablar bo‘lgan.

A) Pulguksa b)Chichenitsa s) Kusko d) Tenochtitlan



16. Zodagonlarning farzandlari esa tarix, husnixat, o‘qish, hisoblash, astronomiya, she’riyat, notiqlik san’atlari asoslarini o‘rganishgan. Xalq bolalari uchun maktablarda …?

a) dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ish.

b) dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ish



s) harbiy ish va me’morchilik

d) ularga o’qishga ruxsat berilmagan



17. Qaysi poytaxt shaharda har yili madhiya, qissalar yozadigan shoir-qo‘shiqchilar ko‘rik-musobaqalari o‘tkazilib, g‘oliblar mukofotlangan.

a) Pulguksa b)Chichenitsa

s) Kusko d) Tenochtitlan

18. Zodagonlarning bolalari maxsus maktablarda o‘qigan. Yozuv bo‘lmagani sababli bolalar nimalarni o’rgangan.



1.dini, boshqaruv tartibi, 2.qonunlari va udumlariga oid ma’lumotlarni yodlaganlar 3. dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ish 4. dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ish

a) 1,2 b)2,3 s) 3,4 d)1,4

19.Inklarning o’ziga xos “tugunli xati” bo’lib,uning siri faqat kimlarga ma’lum bo’lgan.

a) podsho b) olimlar

s) kohinlar d) ruhoniylar

20.Inklarning qaysi ilm-fan sohalarida chuqur bilimlari bo’lgan.



1.matematika,astronomiya 2.geografiya,botanika 3.tibbiyot,botanika 4.adabiyot,fiqh 5. Geometriya,matematika

a)1,2,3 b) 1,3,5

s) 2,3,4 d) 3,4,5
21. Aksumda qaysi asrdayoq mahalliy yozuv islohoti o‘tkaziladiva Bu alifbo qaysi dalatda hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan.

a)III asr Marokashda b) IV asr Efiopiyada

s) V asr Misrda d) VI asr Tunisda

22. G‘arbiy Sudan xalqlari madaniyatining yuksak taraqqiyotida qaysi xalqlarning ta’siri kattadir.

a) yahudiylarning b) arablarning



s) hindlarning d) turklarning

23. G‘arbiy Sudanda musulmon maktab va madrasalari ochiladi.Tombuktu madrasasida ilohiyotdan tashqari qanday fanlar o‘qitilardi.

a) tarix, fiqh, matematika, astronomiya

b) geografiya,botanika,tibbiyot

s)yunon adabiyoti,fiqh,tarix



d) matematika, astronomiya,botanika

24.Benindagi shoh saroyidan jezdan ishlangan podsho va a’yonlarning bo‘rtma rasmlari topilgan. Ularda nimalar aks ettirilgan.

a)ov va urushlar, saroy hayoti sahnalari

b) ov va urushlar,oddiy xalqning hayoti sahnalari

s) qo’shni davlarlarning boj to’lovlarini olib kelish sahnalri

d) ibodat marosimlari va saroy hayoti sahnalar



25. Benindagi shoh saroyida jangchi nog‘orachi tasviri nimadan ishlangan.

a)temirdan b) jezdan s)oltindan d) yog’ochdan





MUROJAAT UCHUN : +99891 595 11 99 , +998995569667

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling