Aforizm reja: Kislotalar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi


Download 496.93 Kb.
bet3/5
Sana08.01.2022
Hajmi496.93 Kb.
#247322
1   2   3   4   5
Bog'liq
KISLOTALAR SLAYD 2

Ikki asosli kislotalar – molekulasida ikkita vodorod atomi saqlagan kislotalar. Masalan: H2SO4Sulfat kislota,

H2CrO4 – Xromat kislota, H2MnO4 – manganat kislotalar kiradi.



Uch asosli kislotalar – molekulasida uchta vodorod atomi saqlagan kislotalar. Masalan:

H3AsO4Arsenat kislota,

H3PO4 – Ortofosfat kislota,

H3AlO3 – Alyuminat kislotalar misol bo‘ladi.



To‘rt asosli kislotalar – molekulasida to‘rtta vodorod atomi saqlagan kislotalar.

Masalan: H4P2O7 – Difosfat (Bifosfat yoki pirofosfat) kislota, H4SiO4 – Ortosilikat kislota,

H4MnO4 – Ortomanganit kislotalar kiradi.

KISLOTALARNING NOMLANISHI.

Kislotalar 1979 yilda IYUPAK qabul qilgan nomenklaturaga asosan nomlanadi.

Quyida ularning nomlanishini misollar asosida keltiramiz:

1. Kislorodsiz kislotalar kislota hosil qilgan element nomiga “id” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HF – ftorid, HCl – xlorid, HBr – bromid, H2S – sulfid, HCN – tsianid, HN3 – azid, H2Se – selenid, H2Te – tellurid, HSCN – rodonid .

2. Kislorodli kislotalar kislota hosil qiluvchi elementning oksidlanish darajasiga (valentligiga) asoslanib nomlanadi:

a) Eng past oksidlanish darajasida bo‘lsa “gipo” old qo‘shimchasi qo‘shiladi: HClO – gipoxlorit, HBrO – gipobromit, HIO – gipoyodit va h.z.,

b) O‘rtacha oksidlanish darajasida bo‘lsa “it” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HNO2 – nitrit, H3PO3 – fosfit, H3AsO3 – arsenit, H2SO3 – sul’fit, H2SeO3 – selenit, HClO2 – xlorit, HBrO2 – bromit va boshqalar...,

v) Yuqori oksidlanish darajasida bo‘lsa “at” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HNO3 – nitrat, H3PO4 – fosfat, H3AsO4 – arsenat, H2SO4 – sul’fat,

H2SeO4 – selenat, HClO3 – xlorat, HBrO3 – bromat,

g) Bir element bir xil oksidlanish darajasida turli kislotalar hosil qilsa, vodorod atomlari kamiga “meta”, ko‘piga “orto” old qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HBO2 – metaborat, H3BO3 – ortoborat, H2SiO3metasilikat,

H4SiO4 – ortosilikat, HPO3metafosfat, H3PO4 – ortofosfat va h.z.,

d) Kislota hosil qiluvchi element juda yuqori oksidlanish darajasida bo‘lsa “per” old qo‘shimchasi qo‘shiladi: HClO4 – Perxlorat kislota, HBrO4 – perbromat kislota, va h.z.

e) Ikki molekula bir xil kislota birikib, bir molekula suv chiqib ketishidan hosil bo‘lsa, bunday kislotalar “piro” old qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi:

H4P2O7 - pirofosfat (Bifosfat) kislota, H2S2O5 - pirosulfit (Karo) kislota,

H2S2O7 – pirosulfat (oleum) kislota.


Download 496.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling