Afrika materigining iqlimi va ichki suvlari


Download 2.25 Mb.
bet5/6
Sana12.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1701072
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Afrika materigining iqlimi va ichki suvlari

Nil daryosi materikda va yer yuzasidagi eng uzun daryo. Uzunligi 6671 km, havzasining maydoni 2870 km2. Bu daryo 2000 m balandlikdan boshlanadi. Asosan SHarqiy Afrika tog’laridan oqib chiqadi. Asosiy irmog’i Kagera daryosi. Nil Viktoriya ko’lidan oqib chiqadi va Alberto ko’liga quyiladi. Shu masofada daryo tog’ orasidan o’tadi va serostona sharsharalar hosil qiladi. Sharsharaning eng kattasi 40 m balandlikdagi Merchison sharsharasi. Tog’ orasidan Baxril Jabal nomi bilan chiqib daryo sekin oqa boshlaydi va o’zandan shaxobchaga ajraladi. Shu qismda daryoga yirik irmoq Baxril-Gazal va Sobat daryosi quyiladi va Oq Nil nomini oladi. Xartum shahri yaqinida Oq Nil Ko’k Nil bilan qo’shiladi va shu yerda Nil nomini oladi. Ko’k Nil Oq Nilga nisbatan ancha qisqadir. Daryo delta hosil qilishi bilan tugaydi va deltaning maydoni 24000 km2 ni tashkil etadi. Daryoda doimiy ravishda suv bo’lib turadi. Daryoga bir nechta to’g’on va suv omborlari qurilgan.

  • Nil daryosi materikda va yer yuzasidagi eng uzun daryo. Uzunligi 6671 km, havzasining maydoni 2870 km2. Bu daryo 2000 m balandlikdan boshlanadi. Asosan SHarqiy Afrika tog’laridan oqib chiqadi. Asosiy irmog’i Kagera daryosi. Nil Viktoriya ko’lidan oqib chiqadi va Alberto ko’liga quyiladi. Shu masofada daryo tog’ orasidan o’tadi va serostona sharsharalar hosil qiladi. Sharsharaning eng kattasi 40 m balandlikdagi Merchison sharsharasi. Tog’ orasidan Baxril Jabal nomi bilan chiqib daryo sekin oqa boshlaydi va o’zandan shaxobchaga ajraladi. Shu qismda daryoga yirik irmoq Baxril-Gazal va Sobat daryosi quyiladi va Oq Nil nomini oladi. Xartum shahri yaqinida Oq Nil Ko’k Nil bilan qo’shiladi va shu yerda Nil nomini oladi. Ko’k Nil Oq Nilga nisbatan ancha qisqadir. Daryo delta hosil qilishi bilan tugaydi va deltaning maydoni 24000 km2 ni tashkil etadi. Daryoda doimiy ravishda suv bo’lib turadi. Daryoga bir nechta to’g’on va suv omborlari qurilgan.

  • Kongo daryosi Afrika daryolari ichida uzunligi jihatidan 2-o’rinda turadi, lekin havzasining maydoni va sersuvligi jihatidan 1-o’rinda, dunyoda 2-o’rinda turadi. Lualaba Kongoning boshlanish qismi hisoblanadi. Daryoning uzunligi 4320 km, havzasining maydoni esa 3,7 mln. km . Kongo daryosi dunyoda yagona ekvatorni 2 marta kesib o’tuvchi daryo hisoblanadi. Yirik irmoqlari Ubangi va Kasai. Kongoning o’rta oqimidagi o’zani 20 km gacha yetadi. Daryoda 32 ta sharsharalar bor. Daryo sohil bo’yi tekisligida kengayadi va o’zan chuqurligi 70 m gacha etadi. Quyilishida u tarmoqlarga bo’linadi.
  • Niger daryosi uzunligi, maydoni jihatidan Kongo va Nil daryolaridan keyin turadi. Uzunligi 4060 km, havzasining maydoni 2 mln. km . o’rtacha yillik suv sarfi 12 ming m3. Daryo Shimoliy Gvineyadan boshlanib, dastlab shimoli-sharqqa, so’ngra Sahroi Kabir chegarasida janubi-sharq tomon suriladi. Yirik irmog’i Benue hisoblanadi. Quyilishida yirik delta hosil qiladi.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling