Yanvarda materikning janubiy qismi issiq bo’ladi, shimoliy qismi esa ancha sovuq bo’ladi. Afrikaning g’arbiy sohillari janubiy Atlantika antisikloni ta’sirida bo’lib, janubdan esadigan shamollar baland kengliklardan keladigan sovuq havo massalarining issiq materik ustiga kelishi natijasida g’arbiy sohildan to ekvatorgacha bo’lgan qismlarida yog’in hosil bo’lmaydi. Afrikaning shimoliy qismlari yaxlit bo’lganligidan janubiy qismiga nisbatan tez qiziydi va o’rtacha oylik harorat +35° -+40° S ni tashkil etadi. Yer sharidagi eng maksimal harorat +58° S ham shu hududda. Materikda yog’in juda notekis taqsimlangan, eng ko’p yog’in Kamerun tog’ massiviga 10000 mm atrofida tushadi. Ekvatordan shimol va janubga tomon 10 - 30° lar o’rtasida butun yil davomida yog’in juda kam tushadi. - Yanvarda materikning janubiy qismi issiq bo’ladi, shimoliy qismi esa ancha sovuq bo’ladi. Afrikaning g’arbiy sohillari janubiy Atlantika antisikloni ta’sirida bo’lib, janubdan esadigan shamollar baland kengliklardan keladigan sovuq havo massalarining issiq materik ustiga kelishi natijasida g’arbiy sohildan to ekvatorgacha bo’lgan qismlarida yog’in hosil bo’lmaydi. Afrikaning shimoliy qismlari yaxlit bo’lganligidan janubiy qismiga nisbatan tez qiziydi va o’rtacha oylik harorat +35° -+40° S ni tashkil etadi. Yer sharidagi eng maksimal harorat +58° S ham shu hududda. Materikda yog’in juda notekis taqsimlangan, eng ko’p yog’in Kamerun tog’ massiviga 10000 mm atrofida tushadi. Ekvatordan shimol va janubga tomon 10 - 30° lar o’rtasida butun yil davomida yog’in juda kam tushadi.
- SHimoli-g’arbiy va janubi-g’arbiy qismlarida yog’inning ko’p qismi qishda, janubi-sharqda esa yozda yog’adi. SHuning uchun ham materik iqlimi xilma-xildir.
- Ekvatorial iqlim mintaqasi: bu mintaqa Kongo havzasining anchagina qismini, shuningdek, Gvineya sohilining 7° - 8° shimoliy kengliklargacha bo’lgan hududlarni egallaydi. Kongo havzasida yer yuzasi kuchli qizib ketganidan havo massalari yuqoriga ko’tariladi va butun yil davomida konyuktiv yog’inlar yog’adi. Gvineya sohilida yog’inlarni ko’proq janubi-g’arbiy shamollar keltiradi va bu yerda yil davomida juda ko’plab yog’in yog’ishi kuzatiladi. Haroratning yil bo’yi +24, +28 S dan yuqori bo’lishi, bug’lanishidan ko’ra 1,5-2 marta yog’inning ko’p yog’ishi va nisbiy namlikning yuqori bo’lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |