- Afsona masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, Sharq adabiyotida tarixiy shaxslar siymosini afsonaviy tusda yoritish yetakchi mezonlardan biri bo‘lgan. Masalan, payg‘ambar Muhammad alayhis-salom, hazrati Ali haqida, Xoja Ahmad Yassaviyu Amir Temur… haqida qanchadan-qancha afsona-rivoyatlar mavjud. Ularga suyanib biz bu buyuk zotlarni tarix sahifalaridan chiqarib tashlashimiz kerakmi?! Aksincha, afsonalar tagida ma’lum haqiqatlar bo‘ladi va uni biz teran anglab olmog‘imiz kerak. Sharq tarixining, adabiyotining ana shu xususiyatini, mantiqini V. V. Bartold keyinchalik tushunib yetib, Afrosiyobning tarixiy shaxs ekanini bilvosita (uning avlodlari orqali) bo‘lsa-da, tan olgan edi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |