Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt


Nokia MGTS bilan hamkorlik qilgan


Download 470.37 Kb.
bet2/7
Sana13.02.2023
Hajmi470.37 Kb.
#1193260
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt

7. Nokia MGTS bilan hamkorlik qilgan.
1989-yilda Nokia MGTS bilan hamkorlikda qo‘shma korxona «AMT» tashkil etgan, u Moskvada uyali aloqa, peyjing va PBX xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Keyinchalik Nokia ulushi MGTS'ga sotib yuborilgan
8. Xelsinki shahridan GSM telefonlarida birinchi pullik qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan. 1991-yilda GSM standartli uyali telefonda birinchi pullik qo‘ng‘iroq amalga oshirildi. Aytish kerakki, tarmoqning o‘zi Nokia tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalardan qurilgan. Bu qo‘ng‘iroqni Finlyandiya Bosh vaziri Xarri Xolkeri amalga oshirgan.

9. Dunyoga mashhur shior darhol paydo bo‘lmagan.
1992-yilda «Connecting people» («Odamlarni birlashtirish») degan mashhur ibora kompaniyaning reklama shiori sifatida paydo bo‘lgan.

10. Nokia telefonlarining shu qadar mashhur bo‘lib ketganidan kompaniya ularni yetkazib berishga ulgurmagan.
Fin brendining dunyoda o‘ta ommalashib ketishi 1990-yillarning o‘rtalarida katta logistika inqiroziga olib keldi. Kompaniya qurilmalarni yetkazib berishga ulgurmagan, yetkazib berish muddati esa cho‘zilib ketgan - bularning barchasi kompaniyaning obro‘siga putur yetkazdi. Logistika infratuzilmasini o‘z vaqtida almashtirish kompaniyani inqirozdan saqlab qolgan.

11. Nokia ringtonini mashhur musiqachilar bastalashgan.
Standard ringtonlar orasida «The Village», «Stones» va «Close my eyes» larni topishingiz mumkin. Bu qo‘shiqlar aynan Nokia sharofati bilan mashhurlikka erishgan Plain Jane Automobile Indian-rock guruhining qo‘shiqlari edi.

12. Mashhur ringtonga melodiya 1902-yilda yozilgan.
Butun dunyoda taniqli bo‘lgan rington 1902-yilda ispan musiqachisi Fransisko Tarrega tomonidan yozilgan Gran Vals gitara asarining eski musiqasiga asoslangan.
U 1994-yilda Nokia 2100 seriyali telefonlarida paydo bo‘lgan, ammo u «Nokia tune» nomini, faqatgina 1998-yilga kelib Fin brendining telefonlari bilan birlashgandan keyin olgan.


Download 470.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling